Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


Download 131.69 Kb.
bet19/88
Sana05.01.2022
Hajmi131.69 Kb.
#214920
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
Bog'liq
2 5226836931349842463

20.Ongli va ongsiz xatti-harakat

Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o’rni va vaqtini mo’ljal qilish, yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi kabilarni ham ko’rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi.

Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo’lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir. Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shaklanishi namoyon bo’lishining muqarrar sh arti til hisoblanadi. Nutq jarayoni faoliyatida odam bilimlar hosil qiladi. Kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan tilda mustahkamlab unga etkazgan inson tafakkuri, boyliklari bilan o’z hayotini boyitadi. A.I.Gertsen shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo’lsa ham odam ato zamonlariga borib etadigan dahshatli shajaragatayanadi: sohil bo’yidagi to’lqin kabi orqamizda butun boshli okean-butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi: shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g’oyalari...til, alohida ob’ektiv, sistematik unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Kokret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo’lib qoladi.»

Ulug’ mutafakkirlar – «Til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lganongdir...» deb qayd etgan edi. Ong tushunchasi psixologiyada. Psixotriada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo’lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. SHu ma’noda ong marksizm klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy mahsul bo’lib anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir.





Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling