Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi
- Shartli va shartsiz reflekslar xarakteristikasi
Download 131.69 Kb.
|
2 5226836931349842463
23- Shartli va shartsiz reflekslar xarakteristikasi
Nerv tizimining faoliyati reflektor printsipida amalga oshadi. Refleks tashqi va ichki muhit ta'siriga organizmning nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaktsiyasidir. Refleks terminini fiziologiya faniga chex olimi Proxaski kiritgan. Reflekslar ikki xil bo`ladi: shartli va shartsiz. Shartsiz reflekslar tugmadir, uning hosil bo`lishida markaziy nerv tizimining pastki qismlari, ya'ni orqa, uzunchoq, o`rta, oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta'minlashga qaratilgan. Masalan, ovqatni chaynash, emish, yutish, hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va boshqalar. Shartsiz reflekslar doim, odam hayoti davomida o`zgarmaydi. Bu reflekslar nasldan — naslga o`tadi. Shartli reflekslar. Shartli reflekslar odam hayoti davomida hosil bo`lib, uning markazi bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ida joylashgan. Shartli reflekslarning nerv yo`llari tarbiya, bilim olish, hunar o`rganish va boshqa hayotiy tajribalar asosida hosil bo`ladi. Muayyan refleks uzoq vaqt takrorlanmasa bu shartli refleks so`nadi. Shartli refleks shartsiz refleks asosida hosil bo`ladi. Shartli refleks hosil bo`lishi uchun oldin shartli ta'sirlovchi ketidan shartsiz ta'sirlovchi ta'sir etishi kerak. Shartli ta'sirlovchini shartsiz ta'sirlovchi bilan mustahkamlab, hosil qilingan shartli refleks birinchi tartibli shartli refleks deyiladi. Ana shu shartli refleks asosida yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Bu hosil qilingan shartli refleks ikkinchi tartib" shartli refleks deyiladi. Masalan, itda lampochka yoqib, so`lak ajralishiga shartli refleks hosil qilinsa, unga qo`shimcha ravishda qo`ng`iroq chalib, yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Vaqtga, aloqador shartli reflekslar. Muayyan oraliqda ham shartli ta'sir paydo bo`lib qolishi mumkin. Bolani har 3-4 soatda ovqatlantirib turilsa, bir necha marta ovqatlanganidan so`ng unda shu vaqtda ovqatlanish shartli refleksi paydo bo`ladi, Kun tartibi xususida ham shuni aytish mumkin. Dars tugashiga 1-2 minut qolganda bolalarning diqqati bir oz susayadi. Bunga vaqtga aloqador shartli refleks sababchidir. Maktab yoshidagi bolalarda ularning ma'lum vaqtda uxlashi, uyg`onishi, dars tayyorlashi, ovqatlanishi kabi vaqtga aloqador shartli reflekslarni qorish mumkin. Download 131.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling