Shaxs haqida tushuncha


Download 30.81 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi30.81 Kb.
#1107277
Bog'liq
Yunus


Shaxs haqida tushuncha
Reja:
1. Shaxs togrisida umumiy tushuncha
2. Shaxs , individ, individuallik.
3. Shaxs strukturasi.
4. Shaxsning motivatsion sohasi.
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub'ektga aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya'ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson
zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "Psixologiyadan qisqacha izohli lug’atda" individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma'nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi.
Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.
Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish lozim.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q, inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir. Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼlatvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiytarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson Sh. sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.
Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lo-tincha pkZts! — ajralmas, alohida zot degan mano anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy soglom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yoq, oddiy malakalarni ozlashtira olmaydigan akli za-iflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash anana tusiga kirib qolgan, chunki osha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bola oladi. Individ sifatida yorug dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit tasirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-dir. Ilk bolalik chogidanoq individ muayyan ijtimoiy munosabat-lar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bolib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila azolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (ki-shilarning ogushida, ularning qalb torisida) odamning bundan ke-yingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bogliq bolmagan har xil xu-susiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faol-likni inkor etish ota bahsli fikrdir. Shuni alohida takidlab otish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani ozlashtirish jarayoni odamning ozicha amalga oshirayotgan faolsyatiga va uning bilan qan-day maqsad kozlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ru-hiy dunyosi orqali namoyon boladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy konik-malarida kozga tashlanadi. Boshqacha soz bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan say-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning oz istiqbo-li uchun yol-yoriqtanlashda, uni ozlashtirishda, hayotda oz mavqei va ornini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllari-ni yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoni yatiga ega. Hayetda biron bir tanbeh berishning ozi kimdadir ruhiy hisni uygotsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga tasir qiluvchi barcha tashqi qozgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismla-ri (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yigin-disi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil boladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, yani yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yigin-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan oxshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qaygu-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bolmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning man-gulikka yonalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs ozining qadr-qim-mati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qili-shi, talim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan ozining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatdaturli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, kopincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, ozaro hech bir oxshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zoravon» bola oz tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, ozini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qoshilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida kelti-rilgan masalalardan bitta odamning ozi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bolgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu singarilarida oz zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ozaro hamohang tarzda oynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biri-ga mosligi shaxsning yaxlitligini korsatuvchi alomatlardan biri bolib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning korsatkichi uningturli vaziyatlarda bajariladigan rollarning ozaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi.

Inson jamiyatningturli guruhlarida odamlarning oz zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bolmasin, tur-mushdagi mavqei kop mano, kop qirrali xususiyatga ega bolishidan qati nazar, inson shaxsiga tola mos keladigan haqiqiy tavsif be-rish imkoniyati saklanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning oynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining indivi-dualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, bal-ki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni^ozlashtirishga nis-batan munosabatini organish orqali beriladi. Ozbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.


Jahon psixologiya fanining ilgor taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida korsatilishicha, shaxsning psixo-logik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, tempe-rament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, akliy qobiliyatlari, is-tedoddarajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-hida odamda betakror, barqaror, turgun birlikni tashkil etadi. Bu esa, oz navbatida gsh.xsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qatiyligi, stereotipligi togrisidagi fikrni qatiy tasdiqlashga imkon yaratadi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, yani yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yigin-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan oxshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qaygu-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bolmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning man-gulikka yonalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs ozining qadr-qim-mati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qili-shi, talim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan ozining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, kopincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, ozaro hech bir oxshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zoravon» bola oz tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, ozini tamoman boshqacha tutadi.
Tabiiy omilga (asosga) ega bolgan «endopsixika» biolo-gik shart-sharoitlarga bogliqdir, aksincha, «ekzopsixika» ijtimo-iy voqeliklar tasiri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va tako-millashib boradi.
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bogliqdegan naza-riyaning namoyandalari bolmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini osha ikkita asosiy omil-larga, yani biologik va ijtimoiy (sotsial) voqeliklarning tasi-riga bogliq bolgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordir-lar. Obyekt-subyekt munosabatini belgilaydi. «Endopsixika» oz navbatida shaxsning tasirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafak-kur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zor berish xis-latlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazi-latlarini aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa oz tarkibiga xos munosa-batlariningtizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslg.gi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi.
Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal suratlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqoridataxlil qilingan qosh (ikki) omil-lik konsepsiyasiga qanday munosabatda bolish maqsadga muvofiq?
Jumladan, dialektik materializm dargalarining iborasi bilan aytganda, inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yigindisidan iborat, bu ifodaga ota keskin etiroz bildirishga hojat yoq. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod bolganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasa-da) uchun unda tabiiy-biologiktuzi-lish alomatlari saklanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy (sotsial) omillarni birlamchi deb etirof qilish muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni ularning ozaro munosabatla-rini qay tarzda tushunishda oz ifodasini topadi. Kopgina psixo-loglarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qosh omillik nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik voqelikni, muhit bilan biologik tuzilish-ni, «ekzopsixika» bilan «endopsixika»ni mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qoyadi, ozaro tasir etish muammosiga loqayd-lik bilan munosabatda boladi. Mazkur konsepsiya vakillari shaxs-ning shakllanishi va uning tuzilishiga tasir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini hisobga olmaydilar.
Ehtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush sharoitlariga bogliqligi motivlar tizimi (motivatsiya) sifatida ozining faol jabhalari bilan ifodalanadi. Motivlar malum ehtiyojlarni qon-dirishga qaratilgan faoliyatga nisbatan moliklikdir, degan ta-riflanishga mutlaqs mosdir. Psixologiya fanida qiziqishlar de-ganda, odamlarning bilish jarayoniga yonaltirilgan ehtiyojlarning hissiy aks etishidir. Bilish ehtiyojlarini shaxs tomonidan qondi-rilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini toldirishga, talim vaziyatlariga togri moslashishga hamda ularni tushunishga zarur im-koniyatlar yaratadi va yordam beradi.
Etiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulq-atvor tamoyillari, ilmiy dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi angla-shilgan ehtiyojlar majmuidir. Etiqod shaklida yuzaga keladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni qurshab turgan tabiat va u yashay-digan jamiyat haqidagi bilimlar hamda ularni muayyan darajada shaxs tomonidan anglash hosil qiladi va asta-sekin turli tashqi tasir-lar yordamida takomillashib boradi.
Insonda vujudga keladigan tilaklar say-harakatlar motivlari Hisoblanib, bu motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namo-yon bolmagan turmush va rivojlanish sharoitlarida ehtiyojlar ifo-dalanadi.
Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayoti-faoliyati davomida ozgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishninghaqiqiy imkoniyatlari ortasidagi qara-ma-qarshiliklar bolib hisoblanadi. Bular togrisida jahondagi il-miy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy materiallar mavjuddir.
Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib topti-rish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zor berish, zoriqish, tanglik, jid-diylik holatlarini boshqarish, ozini qolga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishningoqilona, omilkor vositalarini (yolla-ri, usullari, operatsiyalari, konikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, say-harakatlari kabilarni) ozlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya (taqpid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, talim, oqitish, oqish, organish, orgatish, saboq olish, ozlashtirish, musta-qil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksak-roq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bolgan ehtiyojni tugdira-di.
Shunday qilib, ehtiyojlarning tugilishi, taraqqiyoti, ularni sa-ralash va shakllantirish hamda mustaqil, demokratik, huquqiy ja-miyat kishisiga xos bolgan milliy, hududiy manaviyat, ruhiyat va qadriyatlarning qonuniyatlariga, xossalariga, mexanizmlariga asos-langan sharqona, ozbekona yuksak axloqiy hislarga ega insonlarni voyaga yetkazish respublikamiz psixolog olimlarining oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Buning uchun psixologlar kop taj-ribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, me-todlar (innovatsion xususiyatli), metodikalar (ularning invariant-lari, variatsiyalari, modifikatsiyalari), muayyan kasbiy malakalar, uslubiy qurollar (korsatmalar, tavsiyalar, ishlamalar, modul va reyting tizimlari), zamonaviy texnik vositalar bilan tola-tokis qurollanishlari, nazariy vaamaliy bilimlarni egallashlari, olin-gan natijalarni kop qirrali (sifat, miqdor, korrelyatsion, disper-sion, faktor va hokazo) tahlil qila bilishlari, chuqur talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz shaxsni komil inson sifatida shakllantirish, kamol toptirish mumkin emas, binobarin, ikkiyoklama ozaro tasir bunday imkoniyat yaratishga qodir.
Download 30.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling