Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


Download 131.69 Kb.
bet84/88
Sana05.01.2022
Hajmi131.69 Kb.
#214920
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
2 5226836931349842463

Adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonligini, «til zehni», behisob xayolan ruhiyatga qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar.

90-Faoliyat turlari va xususiyatlari

 Faoliyat-anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig‘indisiga aytiladi. Inson faolligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatning mazmuni ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o‘zi bilan belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag‘batlantirib tursa faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi. aoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi, shu  bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamlarda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti juda ham murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faoliyati uning kamoloti davomida faqat asta-sekin ta’lim va tarbiyaning ta’siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini egallab boradi.

         Inson faoliyati asosan uch turga bo‘linadi: o‘yin, mehnat, ta’lim faoliyati. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.



O‘yin faoliyatida bola ijtimoiy voqelikni taqlid, rol orqali ijro etishga harakat qiladi va shu yo‘sinda atrof-muhit to‘g‘risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlarni o‘zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali ijro qiladi. So‘z bilan harakatning birikuvi natijasida o‘yin faoliyati tusini oladi va muayyan ma’noda axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ta’lim faoliyati o‘yin faoliyatining pirovardida yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma’lum axborotlarni, bilimlarni, harakatlar va amallarni o‘zlashtirishdan iboratdir. Odamning o‘z maqsadiga ko‘ra batamom o‘rganish va o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan mana shunday maxsus faoliyati ta’lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta’lim faoliyati o‘z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma’lum bir nazariya va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob’ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o‘zlashtirish. Bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. 

Mehnat faoliyati – ma’lum ijtimoiy foydali, moddiy yoki madaniy, ma’naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma’lum maqsadga qaratilgan har doim ijtimoiy tabiatga ega bo‘ladi Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste’mol qilinadigan narsalarni, ya’ni non, mashinalar, turli ishlab chiqarish mahsulotlarini tayyorlash, ya’ni kiyim-kechak oziq-ovqat va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.


Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling