Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari


Download 21.09 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi21.09 Kb.
#1442479
  1   2   3

1-variant
1. Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga biroz o’zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a’zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy muhit ta’sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof iymon va sog’lom dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o’rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi.
Psixologiyaning predmeti - konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq - atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir.
2. Psixofiziologiyada bo‘sag‘alarning ikki turi: absolyut sezuvchanlik bo‘sag‘asi va farqlash bo‘sag‘asini farqlaydilar.
Ceskantiruvchining eng kuchsiz ta’siri ostida dastlab paydo bo‘ladigan sezilarli darajada his etish sezgining quyi absolyut sezuvchanlik bo‘sag‘asi deb ataladi. Yirik o‘lchamli ta’sirlanish ta’sirida ma’lum sezgining mavjudligi, ta’sirlanishning borgan sayin o‘sishi natijasida sezgining g‘oyib bo‘lishi yoki og‘riqli sezgi yuqori absolyut sezish bo‘sag‘asi deb ataladi.
3. Шахс дунёқараши ва эътиқодини шакллантиришнинг психологик шарт-шароитлари. Dunyoqarash tushunchasi. har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi.
2-variant
1. 1. Психик жараёнлар ва шахснинг индивидуал псиологик хусусиятлари. Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsulot va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon. Psixik jarayonlar - sezgi a’zolariga tashqi ta’sir shakllari, inson va tashqi muhit, ichki kechinmalari o’rtasida bog’lanishlar shakli bo’lishi mumkin. Odatda psixik jarayonlar deganda sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, hissiyot, iroda tushuniladi. Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma’lumotlar keltirish maqsadga muvofiq: qobiliyatlar shaxsning psixologik xususiyatlar ekanligi; mazkur xususiyatga bilim, ko‘nikma, malaka orttirish bilan erishilishini bog‘lash muhimdir.
2. Психологияда онг тушунчаси ва унинг мазмуни. K.Djeymsning fikricha ong bu “psixik funksiyalarning xo‘jayini”. Ong – bu o‘zgacha psixik kenglik. Ong psixologiyaning sharti bo‘lishi mumkin, lekin uning predmeti bo‘la olmaydi. Uning mavjudligi psixologik fakt bo‘lishiga qaramasdan, uni aniqlash mumkin emas va faqatgina o‘zidan chiqarilishi mumkin. Ong sifatsizdir chunki uning o‘zi sifat- psixik jarayon va hodisalarning sifatidir. Sifatni bo‘lib bo‘lmaydi, u yoki bor yoki yo‘q. YUqorida keltirilgan qarashlarning umumiy xulosasi – bu psixologik sifatsiz ongga urg‘u. Vigotskiyning ongga qarashlari qiziqish 4. Zamonaviy psixologiya fanining asosiy yo’nalishlari. uyg‘otadi. Uning aytishicha “ong- bu o‘ziga o‘zi, reallikka refleksiyadir. “Ong o‘zi bilan o‘zi aloqadadir”. Ong - bu ongdir, ong faqatgina jamiyat onggi va tili mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘lishi mumkin. Ong tug‘ma bo‘lmaydi yoki tabiat tomonidan berilmaydi balki u jamiyatda rivojlanadi. SHuning uchun ong psixologiyaning sharti emas balki uning muammosi – ilmiy psixologik izlanishlar predmetidir.

Download 21.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling