Psixologiya fanining o’qitish predmeti va vazifalari
Pedagogika fanini o'qitish metodikasi fanining vazifalari
Download 0.92 Mb.
|
Psixologiya fanining o’qitish predmeti va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat talim standartlarining mazmuni.
Pedagogika fanini o'qitish metodikasi fanining vazifalari.1997 yil 29 avgustda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonunda ta'kidlanishicha, ta'limning mazmuni har bir o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotiy va dunyoviy demokratik jamiyat baxt – saodati yo'lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilangan. Ushbu qonun fuqarorlarga ta'lim, tarbiya berish, kasb – hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.Ta'limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog'liq bo'lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning ma'nosi, jamiyatda insonning tutgan o'rni, ta'limtarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq ta'limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymone'tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do'stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg'ularni tarbiyalaydi.Davlat ta'lim standartlarining mazmuni.Davlat ta'lim standarti umumiy o'rta ta'lim, kasb-hunar ta'limi hamda oliy ta'lim uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti o'quvchilar umumta'lim tayyorgarligi saviyasiga qo'yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. O'z navbatida kasb-hunar ta'limi, davlat ta'lim standarti o'quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yadigan (oliy ta'lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.DTS (davlat ta'lim standarti) ta'lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta'lim mazmunining o'zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli ta'lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o'z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, qo'llanmalar, nizomlar o'quv rejasi va boshqa ma'yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Umumiy o'rta (kasb-hunar va oliy) ta'limning DTS o'zining tuzilishi va mazmuniga ko'ra davlat, hudud ta'lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi o'quvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling