Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 0.59 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1536631
Bog'liq
Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Reja:

  •  1. Psixologiya nimadan baxs qiladi.
  • 2. Psixik hodisalar.
  • 3. Ilk psixologik bilimlar.
  • 4. Psixologiyaning maqsadi.
  • 5. Psixologiya fanining vazifalari.

Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko`ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o`rin egal-lashiga barcha obyektiv shart va sharoitlar yetarlidir. Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki psixologiya fani insoniyattomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkab bo`lib, biosferikta`limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o`rganilib kelingan.

  • Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko`ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o`rin egal-lashiga barcha obyektiv shart va sharoitlar yetarlidir. Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki psixologiya fani insoniyattomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkab bo`lib, biosferikta`limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o`rganilib kelingan.
  • Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shun-dan iboratki, uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo`lib, ij-timoiy turmushning barcha jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta`sir o`tkazadi. Psixologiya boshqa fanlardan farqli o`laroq o`ztatbiqiy ma`lumotlari, natijalarining ko`pqirra, ko`pyoklama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat ko`rsatki-chiga ega. Ayniqsa, bu borada o`zini o`zi boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o`rganish ilmidan tafovutlanib, o`zining psixik jarayonlari, funksiyalari, holatlari, hissiyoti, iro-dasi, xarakteri, temperamenti kabilarni boshqarishda o`z aksini to-padi. Inson o`zini anglay borib, o`z insoniy xislati, xususiyati, si-fati, xulqini o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladi.
  • Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o`zini o`zi boshqarish va takomillashtirish, o`zini o`zi qo`lga olish, o`ziga o`zi buyruq berish, o`zini o`zi tarbiyalash bo`yicha boy materiallar to`plagan, bu esa o`z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o`zgari-shi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma`lumotlar bera-di, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta`minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniklash, shakllantirish, yangi sharoitga ko`chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinami-kasini ta`minlash, yangi sifat bosqichiga o`tishini qayd qilish im-koniyati borligi bilan o`ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, kli-nik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixo-logiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o`z pred-metiga ega bo`lib, amaliy sotsial psixolog, injener (muhandis) psi-xolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o`z ichiga qamrab olgandir.
  • Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta`kidlab o`tish kerakki, psixologiya fani ko`hna tarixga ega bo`li-shiga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leypsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi eksperimental labora-toriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina refleksiyani (lotincha gepexiz o`zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) il-miy jihatdan o`rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga ki-ritish davri (mavridi) keldi.
  • Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo`lgan bo`lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi anikdangani yo`q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo`nalishdagi sohalar bo`yicha to`plangan ma`lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash mumkin. Ammo psi-xologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar mav-jud bo`lishidan qat`i nazar, u alohida xususiyatga ega bo`lgan musta-qil fandir. Bizningcha, (E.G`), uning mohiyatini yoritish uchun boshqa manbaga murojaat qilish haqiqatga yaqinroq ma`lumot berishi ehti-mol.
  • Chunki psixologiya fani yaqqol inson fazilati, muayyan taraq-qiyot xususiyatlari, mexanizmlari, qonuniyatlari, o`ziga xoslik, alo-hidalik, yakkahollik tabiati yuzasidan bahs yuritadi. Psixologiya fanini taxdil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini aniq-lashdan ko`ra ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o`rtasidagi munosabat to`g`risida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma`-lumki, har qanday fan negizida odamlarning turmush va amaliy taj-ribasi muayyan darajada o`z aksini topgan bo`ladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning zichligi, og`irligi, o`zaro birikuvi to`g`risidagi kundalik turmush bilimlariga suyanadi, matematika fani sonlar, miqsoriy munosabatlar, geometrik shakl-larning xossalari, trigonometrik funksiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi. Lekin psixologiya yuzasidan ana shun-day mulohazalar yuritish yoki bildirish mumkin emas, chunki, uning zamirida tubdan boshqacha o`ziga xoslik yotadi.
  • Har qaysi shaxs kunda-lik turmushning o`ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo`lib, o`z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko`rsatkichiga egadir, hatto turmush tajribasida to`plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq turishi ham mumkin (Qari bilganni — pari bilmas). Chunki yirik yozuvchilar (shaxslararo munosabat va muomala, muloqot xususiyatlari yuzasidan kuzatuvchanlikka egadirlar), vrach-lar, o`qituvchilar, ruhoniylar, savdogarlar uzluksiz ravishda kishi-lar bilan muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyo-si va xulq-atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada qurollan-gandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko`pmi psixolo-gik bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir -birlarini tushunishlari, ta`sir o`tkazishlari, xulq-atvor oqibati-ni oldindan bashorat qilish, kishining yakkahol xususiyatlarini hisobga olgan holda unga yordam ko`rsatishni ta`kidlab o`tishning o`zi kifoya.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling