Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana30.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1733475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
1-mavzu Fanning predmeti va rivojlanish tarixi



1-Mavzu: 
PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA 
RIVOJLANISH TARIXI 
 
Reja: 
1.1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari 
1.2. Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi. 
1.3. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari
1.4. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi. 
Adabiyotlar: 
1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 
2. Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014. 
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для 
вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с. 
5. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan (p14-39) 
6. S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.
Blits-so’rov savollari 
1. Hozirgi zamon psixologiyasining qanday sohalari mavjud? 
2. Psixologiya fanidagi differensiatsiya va integratsiya jarayoni nima bilan 
bog‘liq? 
3. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ochib bering. 
4. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari 
5. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlaniiga hissa qo‘shgan olimlar? 
TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi. Uning 
mohiyati tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks 
ettirishdan iborat. 
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsulot va natijalarni (psixik obrazlar, 
xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va 
rivojlantiruvchi jarayon. 
Psixologiya – odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot 
va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan. 
Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga 
aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik 
v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo‘lib, ularning muayyan xususiyatiga 
ham aylanib qoladi. 
 


Psixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv 
predmeti va fan sifatida o‘rganiladi. O‘quv 
predmeti sifatida ta’lim muassasi o‘quv 
rejasiga 
kiritilgan 
bo‘lib, 
talabalarning 
umumkasbiy tayyorgarligiga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari tizimidan joy olgan, uni 
o‘rganish uchun ma’lum o‘quv soatlari ajratilgan va turli shakldagi mashg‘ulotlar: 
ma’ruza, seminar va laboratoriya-amaliy, shuningdek, nazorat ishlari va imtihonlar 
ko‘zda tutilgan. 
Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, 
xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim 
va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan muloqot 
amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning 
fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va 
h.k.larini bilish va qo‘llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar 
talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi va
boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik bilimlar talabalarga
o‘zlarini anglashda, o‘z ustilarida ishlashda va qiziqish, ijodiy imkoniyatlarini 
dolzarblashtirishlarida, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi. 
Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari 
o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan 
sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan 
hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – psixika, insonning ichki 
olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti tutashib 
ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval inson o‘z fikrlarini 
tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. Bunda fikr o‘ziga qarata 
burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalari bilan 
taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkabdir. Va, uchinchidan, psixologiyaning 
o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega bo‘lishidir. Axir biror narsani 
anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan iborat. Insonning o‘zida 
kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni 
o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa 
bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini anglab borgani sayin o‘zini va atrofidagilarni 
o‘zgartirib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. SHuning uchun, psixologiya – 
insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan. 
We can divide all the Sciences into two broad categories – Positive and 
normative Sciences. While Physical and life sciences are termed as positive sciences, 
the subjects like logic, philosophy and ethecs are included in the category of natural 
sciences. 
In contrast to normative sciences, positive sciences study facts, describe “what 
is” and have least or no concern with “what ought to be”. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling