Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Fanning predmeti va rivojlanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Blits-so’rov savollari
- TAYANCH TUSHUNCHALAR
1-Mavzu: PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI Reja: 1.1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari 1.2. Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi. 1.3. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari 1.4. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi. Adabiyotlar: 1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014. 3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003. 4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с. 5. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan (p14-39) 6. S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y. Blits-so’rov savollari 1. Hozirgi zamon psixologiyasining qanday sohalari mavjud? 2. Psixologiya fanidagi differensiatsiya va integratsiya jarayoni nima bilan bog‘liq? 3. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ochib bering. 4. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari 5. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlaniiga hissa qo‘shgan olimlar? TAYANCH TUSHUNCHALAR: Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan iborat. Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsulot va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon. Psixologiya – odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan. Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo‘lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi. Psixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv predmeti va fan sifatida o‘rganiladi. O‘quv predmeti sifatida ta’lim muassasi o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lib, talabalarning umumkasbiy tayyorgarligiga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari tizimidan joy olgan, uni o‘rganish uchun ma’lum o‘quv soatlari ajratilgan va turli shakldagi mashg‘ulotlar: ma’ruza, seminar va laboratoriya-amaliy, shuningdek, nazorat ishlari va imtihonlar ko‘zda tutilgan. Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va h.k.larini bilish va qo‘llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi va boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik bilimlar talabalarga o‘zlarini anglashda, o‘z ustilarida ishlashda va qiziqish, ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirishlarida, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi. Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – psixika, insonning ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti tutashib ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval inson o‘z fikrlarini tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. Bunda fikr o‘ziga qarata burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkabdir. Va, uchinchidan, psixologiyaning o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega bo‘lishidir. Axir biror narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan iborat. Insonning o‘zida kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini anglab borgani sayin o‘zini va atrofidagilarni o‘zgartirib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. SHuning uchun, psixologiya – insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan. We can divide all the Sciences into two broad categories – Positive and normative Sciences. While Physical and life sciences are termed as positive sciences, the subjects like logic, philosophy and ethecs are included in the category of natural sciences. In contrast to normative sciences, positive sciences study facts, describe “what is” and have least or no concern with “what ought to be”. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling