Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/29
Sana30.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1733475
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
1-mavzu Fanning predmeti va rivojlanish tarixi

Shaxsni bilish testlari – individ shaxsining turli tomonlariga baho berish 
imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi. 
5. Loyihalash testlaripsixologik izohlashga, ya’ni, sub’ekt tomonidan 
xususiy xossalari va holatlarining ustun bo‘lgan ehtiyojlar, mazmunlar va 
qadriyatlar ta’sirida ongli va ongsiz ravishda tashqi ob’ektlarga ko‘chirilishiga 
asoslangan shaxsni yaxlit o‘rganish uchun qo‘llaniladigan metodikalar jamlanmasi. 
YUqorida keltirilgan testlar turlarining aniq qo‘llanilishi haqidagi 
ma’lumotlarga A.X. Yugayning «Oбщая психология: лабораторнo-практические 
занятия» (Tashkent, 2007) o‘quv qo‘llanmasi yordamida ega bo‘lish mumkin. 
13
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y 37p 


6. Suhbat metodi o‘rganilayotgan muammoni qo‘shimcha ravishda yoritib 
berish uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali 
psixologik axborotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita yo‘l bilan ega bo‘lishni ko‘zda 
tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik 
holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. 
7. Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va 
boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu 
o‘tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual 
tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik 
korreksiya jarayonida qo‘llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, etarlicha 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan psixolog yordamida so‘z iboralari, mimika, holat, tovush 
sifati, tashqi ko‘rinish, harakatlarning o‘ziga xosligi, faollik darajasi, hissiy reaksiya 
va boshqa muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson haqida katta hajmli 
axborot olish mumkin. 
8. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun 
so‘rovnoma varag‘idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-
psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita. 
9. Sotsiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning 
tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik 
tadqiq etish metodi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo‘llash uning validligi 
(oldindan belgilab qo‘yilgani bo‘yicha baholash uchun mos kelishi) va 
ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini 
beruvchi) bog‘liqdir. 
Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori 
samaradorligini aniqlash mumkin bo‘lgan mezonlar. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling