Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi
Download 149.11 Kb. Pdf ko'rish
|
Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya (klinika) metodi
- Tajriba (ekspement)
Eksperiment metodi o‘z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga
ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo‘llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta’riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o‘qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o‘zgarishlari, o‘zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitlarda inson psixikasini o‘rganishda sinaluvchilar (bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy xodimlar va hokazolar)ning o‘zlari bexabar bo‘lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya (klinika) metodi ko‘pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, ko‘rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o‘zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displeylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o‘lchashda qo‘llanadi. Ko‘pincha detektorlar, elektron va radio o‘lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomatoskop, taxistoskop, audiometr, esteziometr, elektromnogramma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi. Tajriba (ekspement) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat) qismlariga bo‘linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o‘yin, mehnat, o‘qish kabi faoliyatlarda tadqiq qilinadi. Tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ektiv ta’sir o‘tkazmaydi. SHu pallada sinaluvchiga hatto, yo‘llovchi savollar ham bermaslik eksperimentning prinsipi hisoblanadi. Download 149.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling