Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Download 149.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi149.11 Kb.
#1601022
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza

Eksperiment metodi o‘z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga 
ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo‘llanadi. Bu 
metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta’riflagan. 
Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy 
muassasalar xodimlarining, o‘qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik 
o‘zgarishlari, o‘zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari, mutaxassislikka 
yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitlarda inson 
psixikasini o‘rganishda sinaluvchilar (bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, 
ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy xodimlar va 
hokazolar)ning o‘zlari bexabar bo‘lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar 
tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir 
o‘tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va 
fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi 
lozim. 
Laboratoriya (klinika) metodi ko‘pincha individual (goho guruh va jamoa) 
shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo‘l-yo‘riqlar, 
tavsiyalar, ko‘rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson 
psixikasidagi o‘zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash 
mashinalari (displeylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi 
psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd 
qilish va o‘lchashda qo‘llanadi. Ko‘pincha detektorlar, elektron va radio 
o‘lchagichlar, 
sekundomer, 
refleksometr, 
xronorefleksometr, 
lyuksmetr, 
anomatoskop, 
taxistoskop, 
audiometr, 
esteziometr, 
elektromnogramma, 
elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi. 
Tajriba (ekspement) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va 
tekshirish (nazorat) qismlariga bo‘linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik 
xususiyat, jarayon yoki holat, o‘yin, mehnat, o‘qish kabi faoliyatlarda tadqiq qilinadi. 
Tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin 


tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ektiv ta’sir o‘tkazmaydi. SHu pallada sinaluvchiga 
hatto, yo‘llovchi savollar ham bermaslik eksperimentning prinsipi hisoblanadi. 

Download 149.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling