Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Download 149.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi149.11 Kb.
#1601022
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza

Test metodi. Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. 
SHaxsning aqliy o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa 
psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, 
jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday 
kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, 
iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi. Test 
metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va 
qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil 
qila bilashga bog‘liqdir.
1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning 
aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a 
surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi. 
CHet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb 
bildilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. 
Ma’lumki, bir muammoning echimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga 
oshiriladi. Jahon (AQSH, Evropa va hokazo) testologlari tadqiqot ob’ektlarini 
o‘zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko‘nikma hamda malakalarni 
aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional 
holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq ittifoq 
psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan 
boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) 
bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. SHuningdek, 
tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini 
yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. 
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, 
Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining 
namunalarini kiritish mumkin. 
Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo‘llaniladi. 
Eng keng tarqalgan testlar qatoriga: 
a. 
Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga 
qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki 
pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, 
instrument kabilardan foydalanishga mo‘ljallangan), yozma testlar (maxsus 
blankalardagi savollardan bitta to‘g‘risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini 
ajratishga yo‘naltirilgan), og‘zaki testlar (savollar tizimi umumiy ta’lim va kasb 
ta’limida tayyorgarlik darajasini aniqlaydi). 
b. 
Insonning aql-idroki, aql-zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini 
o‘lchashga mo‘ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal 


shakllarda tuzilgan bo‘lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, 
aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari 
yo‘riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga 
mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.
S Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o‘rganish va 
baholashga mo‘ljallangan bo‘ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil 
qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning 
mahsuldorligi: egiluvchanligi , tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlovchanligi, 
konstruktivligi va hokazo) o‘rganishga yo‘naltiriladi.

Download 149.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling