Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Download 149.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi149.11 Kb.
#1601022
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza

Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning 
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, 
o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish 
rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi 
tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal 
qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali 
odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, 
e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi.
Suhbat metodining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. 
Qaytariq so‘zlar, «g‘aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarliligi 
muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. SHuningdek, savol-javobning bir shaklda 
emasligi sinaluvchida o‘ziga xos ishlash uslubi, oshkoralikning etishmasligi, 
iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa 
metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. 
Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, 
qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy 
psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, 
modellar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, 
texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to‘plash 
mumkin. Ob’ekt bilan sub’ekt o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixikasi 
to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga 
kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, 
moslama, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va 
malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy ma’ruza, konspekt, taqriz, 
tezis, maqola, ko‘rsatmali qurollar, loyiha, konsepsiya, san’atkor, artist va baxshi 
ijodiyoti kabilar kiradi. Bular turli yoshdagi, jinsdagi va kasbdagi odamlar tomonidan 
yaratilgan bo‘lishi va shunga ko‘ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, 
ko‘rinishi, xususiyati bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o‘quvchilar, talabalar, 
konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar, dehqonlar psixik xususiyatlari 
to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash mumkin. Lekin insondagi psixik o‘zgarishlar, kamol 
topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yig‘ish uchun bu metodning 
o‘zi etmaydi. SHuning uchun inson psixikasini o‘rganish maqsadida boshqa 
metodlardan ham foydalanish ma’qul.



Download 149.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling