Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Download 149.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi149.11 Kb.
#1601022
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza

Psixika - yuksak darajada tashkil topgan materiyaning aloxida xossasi 
bo‘lib, oboektiv olamni sub’ektiv xolatda aks ettirishdan iborat. 
Tirik organizm nerv sistemasining tuzilishi qanchalik murakkab bo‘lsa, 
uning psixik taraqqiyot darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, kaptar 
psixikasi taraqqiyot darajasi jixatidan quyon psixikasidan past. Bu ajablanarli 
emas, quyon miyasining tuzilishi ancha murakkab. Tuzilish jixatidan inson 
miyasi eng murakkabdir, u faoliyatning eng yuksak bosqichi xisoblangan inson 
ongining moddiy asosi xisoblanadi. 


Psixik funksiyaning bosh miya ishi bilan chambarchas boliqligini shunday 
xollarda ko‘rish mumkinki, bosh miya ayrim qismlarining ishi buzilganda inson 
psixik faoliyatining maolum tomonlari o‘zgarib yoki butunlay yo‘qolib ketadi. 
SHunday qilib, psixika materiyaning xususiyati xisoblanadi. 
Borliqni aks ettirishni o‘ziga xos formasi bo‘lib, xisoblangan psixikani turli 
tuman formada namoyon bo‘lishini asosan uch guruxga bo‘lish mumkin psixik 
protsesslar, psixik xolatlar va shaxsning psixik xususiyatlari. 
Psixik protsesslarga avvalo bilish faoliyatiga boliq bo‘lgan xodisalar: 
sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol kiradi. 
Psixika kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong 
tushunchasi yuzaga keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat 
qilish imkoniyati tug‘ildi. Masalan, rumolik shifokor Galen (eramizdan oldingi II 
asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik 
asoslari to‘g‘risidagi tasavvurlarni yanada boyitdi. Uning ilgari surgan g‘oyalari 
«ong» tushunchasi talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi. 
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari taraqqiyoti uchun muhim davr 
bo‘lib hisoblanadi. Jumladan, fransuz olimi Dekart (1596-1650) tomonidan xulq-
atvorning reflektor (g‘ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, 
yurakdagi mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi 
bilan boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 
refleks (lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta’sirga qonuniy 
ravishdagi javob reaksiyasi sifatida talqin qilinish, asab-mushak faoliyatini 
ob’ektiv tarzda bilish vositasiga aylandi, sezgi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga 
kelishini izohlashga imkon yaratildi. 
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-
1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, 
uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. 
Uning negizida epifenomenalizm (yunoncha epi o‘ta, phainomenon g‘ayritabiiy 
hodisa) vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari 
ro‘y beradigan ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi ta’limotga aylandi. 
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko‘lamga ega 
materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb tushuntirdi. U 
determinizm (lotincha demerminara belgilayman) prinsipining, ya’ni tabiat, 
jamiyat hodisalarining, shu jumladan, psixik hodisalarning ob’ektiv sabablari bilan 
belgilanishi haqidagi ta’limot targ‘ibotchisi edi. 
Nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716), ingliz faylasufi Jon Lokk (1632-
1704), ingliz tadqiqotchisi Gartli (1705-1757), fransuz Didro (1713-1784) kabilar 
g‘oyalar assotsiatsiyasi (bog‘lanishi) qonuni, idrok va tafakkurning paydo bo‘lishi, 


qobiliyatlar psixologiyasi haqida muhim ta’limotlarini yaratish bilan fanning 
rivojlanishiga muhim hissa qo‘shdilar. 
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi 
(Galler, Proxazka), buning natijasida psixika miyaning funksiyasi ekanligi 
haqidagi ta’limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi CHarlz Bell va fransuz 
Fransua Majandi tomonidan yozuvchi va harakat nervlari o‘rtasidagi tafovut ochib 
berildi, uning negizida reflektor yoyi degan yangi tushuncha psixologiya fanida 
paydo bo‘ldi. Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor 
turlari kashf qilindi. YUqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta’sirida rus olimi I.M. 
Sechenovning (1829-1905) reflektor nazariyasi ro‘yobga chiqdi va ushbu nazariya 
psixologiya fanining fiziologik asoslari, mexanizmlari, bosh miya reflekslarining 
o‘ziga xos xususiyatlari tabiatini ochib berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 
Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik, empirik, 
epifenomenalistik, geshtalt, assotsiativ, vyursburg, psixogenetik, reduksionizm, 
solipsizm, gumanistik, biogenetik, sotsiogenetik kabi yo‘nalishlari tomonidan 
to‘plangan ma’lumotlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi. Xuddi shu 
yo‘nalishlarning rang-barang metodikalari, metodlari umumiy psixologiya fanining 
predmetini va uning tadqiqoti prinsiplarini aniqlab berdi. Umumiy psixologiya - 
umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab ichki bog‘lanishlar, 
nazariy va metodologik prinsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va 
ontogenetik o‘zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini 
amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha. Umumiy psixologiya boshqa 
sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan nomdan iboratdir. Psixologiya fanining 
ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari(shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, 
tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa 
sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. SHuning 
bilan birgalikda umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa 
sohalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy psixologiya fani asosiy 
kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-
tipologik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, 
xotira, tafakkur, xayol va boshqalar. 2. Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, 
ehtiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish kabilar. 3. Hissiy jarayonlar: his-tuyg‘ular, 
emotsiya, kayfiyat, emotsional ton, stress, affekt singarilar. Psixik holatlarga psixik 
jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining ko‘rinishlari kiradi. Masalan, hissiy 
jarayonlardan psixik holat sifatida kayfiyat, psixik xususiyatlarga qobiliyatlar va 
boshqalar kiradi. Umumiy psixologiyadagi bu bo‘linish shartli ravishda amalga 
oshirilgan bo‘lib, unda jarayon tushunchasi umumiy tadqiq qilinayotgan hodisaning 
jarayoniy xususiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi, xolos. Psixik holat tushunchasi 
psixik holatlarga nisbatan nisbiy statikligini anglatadi. Psixik xususiyat tushunchasi 


esa tadqiq qilinayotgan hodisaning mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi 
va bu narsa shaxs tuzilishida o‘z ifodasini topadi. 
Inson o‘zining kimligini anglashga intilishdan, o‘z ruhiy dunyosini va o‘zgalar 
ruhiyatini bilish istagi paydo bo‘lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini tushunishga 
ehtiyoj sezishdan, o‘tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan 
e’tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq 
o‘tmish tarixga ega bo‘lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib 
chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishga o‘sha davrda kishilik 
jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar sabab bo‘ldi, 
chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish
ya’ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida o‘sha davrda eksperimental ilmiy-
psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi. Ilk psixologik tadqiqotlar 
laboratoriyasi nemis olimi V. Vundt tomonidan 1879 yilda Leypsig universitetida 
tashkil qilindi. Xuddi shu laboratoriya andozasi bo‘yicha boshqa mamlakatlarda bir 
qancha mustaqil laboratoriyalar ochildi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga 
kelib psixologiya fani to‘g‘risidagi ilmiy tushunchalarda keskin o‘zgarishlar yuzaga 
keldi va ularning ta’siri natijasida psixologiyaning tadqiqot ob’ekti sifatida insonga 
muhitning ta’siri, uning xulq-atvorini o‘rganish muammolari tanlab olindi. SHu 
davrda psixologiya fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo‘shgan psixologiya 
maktablari vujudga keldi, jumladan, Amerika (AQSH) psixologiyasining asosiy 
yo‘nalishlaridan bo‘lgan bixeviorizm, Germaniya geshtaltpsixologiya maktabi, 
Venada Z.Freydning psixoanalizi va boshqalar. SHu maktablarning hammasi 
o‘zining nuqtai nazariga asoslanib, psixologiya fanining tarkibiy qismlarini 
o‘rganishga harakat qildi. Psixologik konsepsiyalarning rang-barangligi sababli va 
fan-texnikaning rivojlanishi ta’siri bilan psixologiya o‘zining tadqiqot ob’ektlariga 
ega bo‘lgan ko‘plab sohalarga ajrala boshlandi. Hozirgi davrda psixologiyaning 
nazariy va amaliy yutuqlari atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng qirralariga 
tatbiq qilinmoqda. 

Download 149.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling