I-mavzu. Kasb psixologiyasining predmeti, maqsadi va asosiy kontseptual qoidalari
Foydalanilgan adabiyotlar - Ф. Р. Абдурахманов, З.Э. Абдурахманова. Касб психологияси (Дарслик).:Т.:«Баркамол файз медиа» нашриёти,- 2018.-352б.
- Умаров Б.М., Шойимова Ш.С. Касбий психология. Дарслик. Тошкент., 2018 й.
- С.Х. Жалилова, Ф.И. Хайдаров, Н.И. Халилова. “Касб психологияси”. Ўқув қўлланма. -Тошкент, ТДПУ – 2010.
- Э.Ф.Зеер. Психология профессий: Учебное пособие для студентов вузов.— 2-е изд., перераб., доп.— М.: Академический проект; Фонд «Мир», 2005 г.
- В. А. Бодров. Психологические основы профессионалной деятельности: хрестоматия [Электронний ресурс]/-М.:ПЕР СЕ,2007.-844с.
REJA
Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari.
1
Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
2
Fanlar tizimida kasb psixologiyasi, kasb psixologiyasi mutaxassislik fani haqida tushuncha va ilmiy tasavvur hosil qilish
NavDKI Shamiyeva O.R.
3
- Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin. 1. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir. 2. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. 3. XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarini hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |