I-mavzu. Kasb psixologiyasining predmeti, maqsadi va asosiy kontseptual qoidalari Foydalanilgan adabiyotlar Ф. Р. Абдурахманов, З. Э. Абдурахманова. Касб психологияси (Дарслик).: Т.:«Баркамол файз медиа»


Download 0.64 Mb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1385139
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kasb psixologiyasi

Fanning maqsad va vazifalari.

  • Fanning maqsadi: Talabalarga fan soxasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha va tasavvularni shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma'lumotlar manbaini berish.
  • Fanning vazifalari: Talabalarni ilmiy ma'lumotlar bilan tanishtirish asosida kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liklikni asoslash; kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish; shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalarini o’rganish.

Kasb psixologiyasining predmeti: shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir. Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, - deb aytish mumkin.

  • Kasb psixologiyasining predmeti: shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir. Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, - deb aytish mumkin.
  • Kasb psixologiyasining ob‘ekti: shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat.

Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi

  • Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob‘ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari bilan bog’liq, ammo ularning ob‘ekti va predmetidan farqlanadi.
  • Mehnat psixologiyasi - inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi.
  • Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informasion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘idir.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling