Psixologiya fanining predmeti va rivojlanishi taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Reja
Download 54.99 Kb.
|
Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi Re
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini-o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetishmaydi. Masalan, go’dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O’quvchining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo’zg’atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xatti-harakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o’zgarishi to’g’risida ma’lumotlar to’plashga imkoniyati tug’iladi. O’spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg’usining o’zgarish xususiyatlari, g’alabaga intilishi, o’zining harakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yeg’ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o’z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o’zini tutishi, imo-ishoralari, tashqi qo’zg’atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida keng ma’lumotlar yig’iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuyg’usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir. Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganini, tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va istirobni, ko’zdagi g’ayri tabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib tafakko`rning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi. Download 54.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling