Psixofarmakologiya. – bu turli dorilarning inson psixik faoliyatiga ta’sirini o`rganadi.
Psixoterapiya – bu kasallarni davolashda psixologik ta’sir qilishdan foydalanish yullarini o`rganadi.
Psixoprofilaktika va psixogigiena – bu kishilarni psixik tomondan soglom bo`lishini ta’minlashga oid tadbirlar ishlab chiqish bilan shugullanadi.
IV. Yuridik psixologiya. Buo`znavbatidaquyidagilargabo`linadi:
Sud psixologiyasi.
Kriminal psixologiya.
Mehnat – tuzatish psixologiyasi.
V. Xarbiy psixologiya.
VI. Sport psixologiyasi.
VII. Savdo psixologiyasi.
Bordiyu, psixologiya soxalarini klassifikasiya qilishda psixikaning rivojlanishini asos qilib olsak, unda psixologiyaning yana quyidagi soxalari mavjudligini kuramiz:
YOsh psixologiyasi. Bu o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
Bolalar psixologiyasi.
Usmirlar psixologiyasi.
YOshlar psixologiyasi.
Katta kishilar psixologiyasi.
Gerantopsixologiya. (Karilar psixologiyasi).
2. Maxsus psixologiya.
a) Patopsixologiya – miyaning o`sish davrida kasallanishi tufayli psixikada yuz beradigan o`zgarishlarni o`rganadi.
b) Oligofrenopsixologiya – bu miyasida tugma kamchiligi bor bolalar psixikasining o`sish masalalari bilan shugullanadi.
s) Surdopsixologiya – karlarning psixik tarakkiyotini o`rganadi.
d) Tiflopsixologiya – kurlar va ko`rish qobiliyati pastlarning psixologik tarakkiyotini o`rganadi.
3. Solishtirma psixologiya – bu xayvonlar psixikasi bilan inson psixikasini takkoslab o`rganadigan fandir. Uning tarmogi zoopsixologiyadir.
4. Ijtimoiy psixologiya. Bu kishilarning jamoadagi o`zaro munosabati jarayonida vujudga keladigan psixolgik xolatlarni o`rganadi. Moda va esqilik koldiklarining ta’siri, turli mish-mishlar ta’sirida hosil bo`ladigan jamoatchilik kayfiyatini o`rganish ham ijtimoiy psixologiya vazifasiga kiradi.
Uning tarmogi din psixologiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |