Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi


Psixik jarayonlar o’z navbatida bilish jarayonlari, emmotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan qismlarga bo’lib o’rganiladi


Download 33.33 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi33.33 Kb.
#1614532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-topshiriq pedagogika psixologiya Mamatazimov Doston

Psixik jarayonlar o’z navbatida bilish jarayonlari, emmotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan qismlarga bo’lib o’rganiladi.


  • Dunyoni odamlarning o’zlari o’zgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni o’zgartirishda, uni qurishda ishtirok etishga yo’naltirilgan bo’lishi kerakki, bu ish jarayonida shaxsning o’zi ham o’zgaradi. Hozirgi zamon ilmiy-psixologiyasi kishi o’z faolligini faoliyat jarayonida va eng avvalo, birgalikdagi faoliyat jarayonida namoyon qilishi to’g’risidagi qoidani qabul qiladi. Shaxs faolligini va faoliyatini yo’naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog’liq bo’lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsining yo’naltirilganligi deb ataladi. Motivlar oz yoki ko’p darajada anglangan bo’lishi yoki umuman anglanilmagan bo’lishi ham mumkin. Shaxsning yo’naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o’ynaydi.

  1. Motivlarning anglanganlik darajalari; ijtimoiy ustanovka.

Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o`zgartirish muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag`lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo`lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, xodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik xolatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog`imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug`ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o`rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o`tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo`lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro`yobga chiqadi. Demak, motiv — har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo`lsa, ustanovka — ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.
Download 33.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling