Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi
Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni va fanning asosiy tamoyillari
Download 33.33 Kb.
|
2-topshiriq pedagogika psixologiya Mamatazimov Doston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsning individual xususiyatlari.
Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni va fanning asosiy tamoyillari.
Psixologiya ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib bormoqda. Fanlar orasidagi bog‘liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o‘rnini belgilab beradi. Bizga ma’lumki, mavjud fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo‘linadi. Bir qator bir-biri bilan yondosh bo‘lgan fanlar mazkur tasniflashga kiritiladi, lekin psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo‘ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, tarixiy va ijtimoiy tomonini o‘rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o‘rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san’atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog‘liq. Shunga muvofiq, psixologiyani fanlar orasidagi bog‘liqligini tahlil qilsak. Ayniqsa, psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o‘rni xususida quyidagi jadvalda ma’lumotlar keltiriladi: Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog‘langan. Bu bog‘liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va rivojlantirish an’analarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko‘ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol g‘oyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda. Shaxsning individual xususiyatlari. Psixik jarayonlar o’z navbatida bilish jarayonlari, emmotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan qismlarga bo’lib o’rganiladi. Psixik jarayonlar o’z navbatida bilish jarayonlari, emmotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan qismlarga bo’lib o’rganiladi. Dunyoni odamlarning o’zlari o’zgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni o’zgartirishda, uni qurishda ishtirok etishga yo’naltirilgan bo’lishi kerakki, bu ish jarayonida shaxsning o’zi ham o’zgaradi. Hozirgi zamon ilmiy-psixologiyasi kishi o’z faolligini faoliyat jarayonida va eng avvalo, birgalikdagi faoliyat jarayonida namoyon qilishi to’g’risidagi qoidani qabul qiladi. Shaxs faolligini va faoliyatini yo’naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog’liq bo’lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsining yo’naltirilganligi deb ataladi. Motivlar oz yoki ko’p darajada anglangan bo’lishi yoki umuman anglanilmagan bo’lishi ham mumkin. Shaxsning yo’naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o’ynaydi. Download 33.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling