Psixologiya nazariyasi


I BOB O’ZBEKISTON PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI


Download 87.13 Kb.
bet4/11
Sana01.03.2023
Hajmi87.13 Kb.
#1242930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XALILOVA DILAFRUZ KURS ISHI

I BOB O’ZBEKISTON PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI
1.1. Psixologiyaning rivojlanishida xissa qo’shgan olimlar
Psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. CHunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. YOqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.
G‘.B.SHoumarov va E.A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosaoat xususiyatlarining o‘rni belgilandi.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari ijtimoiy tasavvurlarining o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1987), E. Usmonovning o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1993), E. No‘‘monovaning o‘zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bag‘ishlangan, M.Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning o‘ziga xosligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo‘latovning o‘zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘ziga xos qirralarini o‘r­ganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.
O‘zbekistonda psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, turli yosh, demografik etnik professional guruhlarga mansub bo‘lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilishi lozim. YA’ni, ishlab chikarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o‘zbek psixologlaridan o‘z echimini kutmoqdaki, ularda ilg‘or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda xududning milliy o‘ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak.
Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o’ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, L.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik O‘zbekistonda ham yirik olimlar etishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, M.Vohidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G‘.B.Shoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlar o‘zlarining g‘oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan mustaqillik, tanqidiylikkabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar.
Dastlabki pedagogik va psixologik fikr markazlari sifatida 1918-yili Toshkent va keyinchalik Chimkent shahrida tashkil qilingan, Pedagogik mo`zey va pedagogik laboratoriya universal o`quv tarbiya muassasasi bo`lib, ta‘lim tarbiya bilan bog`liq bo`lgan hamma vazifalarni qamrab oladi. Bu yordam ta‘lim metodlari ishlab chiqarilgan, shu yerning o`zida sinalgan va respublikaning boshqa ukuv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi tadbiq qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqida nizomda ancha bu joy pedagogik fikr va ishning markazi bo`lishi lozim. Shuning ychun bir tomondan pedagogik ishning har bir yangilik uqitishdagi laboratoriyada to`plangan boy tajribadan foydalanish imkoniyati berilish kerak, bu imkoniyat bevosita maktablarga berilish kerakdir. Boshqa laboratoriya va kabinetlar bilan bir qatorda pedagogik laboratoriya va pedagogik mo`zeyda eksperimental psixologik laboratoriyani ham mavjud bo`lib, bu yerda turli xil psixologik tajribalar amalga oshirilgan 1919 yili 1 aprelda Kavman Xorvat maorif komissariga xat yullab, davlatning ko`zi ojiz, gung, ruhiy kasal va psixologik taraqqayoti hamda psixikasi muvozanatsiz bolalarni o`z tarbiyasiga olishi zarur va umumligini ta‘kidlagan. Xuddi shu maqsadda butun bir maxsus muassasalar tizimini tashkil etishni taklif etishni. Xorvatning taklifi bir necha yo`nalish bo`yicha diqqatga sazovordir. Birinchidan, bu kompleks harakteridagi, ishi bo`lib, biron bir psixonevrologik kasallik nazardan chetda kolmagan Ikkinchidan, bu rejada qattiq ketma-ketlikdan bir necha bosqich nazarda tutilgan.
1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi);
2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy darajasi);
3. Kasallarni tarbiyalash va ta‘lim berish (amaliy ta‘lim darajasi).
Birinchi darajani psixologik laboratoriya, ikkinchi darajani davolash maxsus muassasasi, uchinchi darajani maktablar amalga oshirish ko`zda tutilgan. Turkistondagi muassasalardan biri «o`zbek davlat ilmiy tadqiqot instituti», xozirgi Kori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1929 yili tashkil qilingan bo`lib, hozirgi kunga kadar bu institut uqitishning pedagogik kontseptsiyalari maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta‘lim-tarbiya nazariyasini yaratuvchi yagona markaz hisoblanadi. 30-yillar boshlarida institut tarkibida kuyidagi kabinetlar mavjud bulgan:
1. Sotsial gigiena.
2. Iktisod.
3. Pedaloga pedagogik.
4. Psixologik laboratoriya.
Institut tashkil bulgai vaktdan boshlab yerli xalq hususiyatlar va ijtimoiy muhitini chuqur tadqiq qilish bolalarning psixologik ijtimoiy-madaniy xususiyatini hisobga olgan holda darslarni yaratish bilan shug`ullandi. Institut faoliyatining asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat edi.
1. Ilmiy eskpeditsiyalar uyushtirish;
2. Bolalar harakterini urganish;
3. Pedagogik kadrlar tayerlash.
Ushbu institutning faoliyati Bendrikov, Leventuert, Zavarova, Yusupov, Tokanaev, Debenzov, Mirsharipov, Muxiddinov kabi olimlar-ning nomlari bilan chambarchas boglig`. 30 yillarda bu institutda jahon psixologiya faniga katta hissa qushgan olimlardan biri Aleksandr Romanovich Luriya ishlagan. U o`z institut doirasida o`tkazgan tadqiqotlari asosida keyinchalik «Ob istoricheskom razvitie poznavatelnix protsessov» - «Bilish jarayonlarining tarixiy taraqqiyoti haqida» degan asarini nashr qildi. O`zbekistonda psixologiya fanining shakllanishiga katta hissa qo`shgan olimlardan yana biri P.Ivanov hisoblanadi, 1927 yil Samarqanddagi o`zbek pedagogika institutida (pedakademiya) eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilgan. 1940 yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi o`quv qullanmasini nashr qilgan. Keyinchalik 1934 yili Samarkand pedagogika institutining o`zbek davlat universitetiga aylantirishi munosabati bilan Ivanov o`z laboratoriyasi bilan Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Universitetiga ko`chib o`tadi. Pedagogika ukuv muassasalarida ilmiy pedagogik potentsialning yetishmasligi tufayli dastlabki psixologiya darslari ustida tarjimonlar yordamida olib borilgan keyinchalik bu tarjimonlariing o`zlari mustaqil ravishda psixologiyadan o`zbek tilida ma‘ro`zalar uqiy boshlashgan. Aliaskar Usmonov, Toxiriyxon Askarxujaev, Bayburova, Raxmatova va boshqalar bir bo`lib o`zbek tilida psixologiya o`qituvchilari bo`lishgan Ivanov (1891-1968 yillar) psixologiyadan 75 yildan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Uning 1927 yilda nashr qilingan «Umumiy pedagogika» bo`yicha qisqa ocherk, «maktabshunoslik» tarbiyaning umumiy metoddari 40-yillar va 54-yillarda «Umumiy psixologiya», 62-yilda -«Ta‘limning psixologik asoslari» kabi asarlari O`zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda katta hissa qo`shdi. Sh.A. Boyburova, Usmonov kabidar bevosita uning rahbarligida faoliyat ko`rsatishdi. 1959 yil uning rahbarligida Davletshin, Bekboev, Mo`zaffarov, I.P. Ivanovlar nomzodlik disertatsiyalarni himoya qilishdi. 1963 yil O`zbekistonda psixologiyadan birinchi bo`lib, Krasnoboev Ilya Berov-ich (1896-1968) Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti logika va psixologi kafedrasi - mudiri «Yuqori sinf yquvchilarida e‘tiqod, axloqiy tushunchalarni shakllanishi» mavzusidagi doktorlik ishini himoya qildi. Krasnoboevni ilmiy faoliyati 20 yillarda O`zbekistonda tadqiqotlar bilan bog`liq uning rahbarligi ostida logika va psixolgiya kafedrasi azolari: 3. Mo`minova, V.Ya. Maros, A. Abdusattorov, V.I. Sofer, A. Gulyamov, R.V. Gulyamov, A. A. Yerstifirovlar turli xil ob‘ektlarda psixologiya va logika bo`yicha ilmiy tadqiqotlarini olib bordilar. Bu tadqiqotlar O`zbekistonda xalq ta‘limi bilan bog`liq muammolarni hal qilishga yordam berdi. M.Voxidov (1927-1989 yillar) 1955 Leningradda nomzodlik ishini himoya qilgan, Dastlab Andijon pedagogika institutida, so`ngra Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1966 yil Toshkent Davlat universiteti psixologiya kafedrasi mudiri etib saylangan. 1973 yili Ministrlar Soveti topshirig`iga binoan tarix fakulteti tarkibida tashkil etgan, Zinin, L.I. Sofer, M.Mamatov ishtirokida va markazning istedodli olimlari yordamida
bu yerda o`quv eksperimental laboratoriya tashkil qilingan. M.Voxidov tomonidan maktabgacha pedagogika bilim yurtlari uchun, pedagogika institutlari uchun darsliklar yozilgan, oxirgi yillarda Voxidov Petrovskiy tahriri ostidagi «Umumiy psixologiya» darsligi tarjima qilingan va ayni paytda milliy va mintaqaviy hususiyatlarni hisobga olgan holda o`zbek tilida darslik yaratish bilan mashhur bo`di.
Davletshin Gabdulgalimovich 1923 yilda tug`ilgan. Toshkent Davlat universitetining psixologiya kafedra mudiri psixologiya fanlari doktori, 1957 yilda «5» va «7» sinf o`quvchilarida texnik qiziqishlarini shakllanishi mavzusida 1971 yil o`quvchilarni texnik qobiliyatlar psixologiyasi mavzusida doktorlik disertatsiyasini ximoya qilgan. 1968 yildan beri psixologiya kafedrasida mudirlik qilmoqda, M.Davletshin raxbarligida uning bevosita maslahatlari yordamida O`zbekistonda 100 dan ortiq nomzodlik va doktorlik ishini himoya qilgan. O`zbekistonda har xil muammolar bo`yicha umumiy, yosh pedagogika sotsial psixologiya bo`yicha F.S. Ismoilova, D.Z. Zaynobiddinov, Majidov, B. Gagshirov, I.Maxmudov, L.K. Saytov, M.I. Musaeva, V.G. Gorobets, D. D. Sharipov, R.K. Shoxnazarov, J.U. Mavlonov, A. Epgptov, A.V. Majitova, M.I. Sagatov, D, Egamberdieva, G, Abdusamatov, K.Sobirov, A.Sindarov va boshqalar yetishib chikdilar. Bundan tashqari har xil muammolar bo`yicha 25 ta ish himoya qilindi. Bulardan nutq psixologiyasi bo`yicha 7 ta ish: (P.P Zamin, N.N. Nigmatov, A.I. Arjonova, X. Ochilova va boshqalar), xotira psixologiyasi bo`yicha 4 ta ish: (P.I. Ivanov, M.V. Voxidov, X.M. Gafurova, V.P. Ivayova); diqqat bo`yicha M.X. Raxmonova; Ta‘lim tarbiya bo`yicha 14 ta ish (Goziev, Kodirov, Rasulov, Usmonova, Krasnoboev, Tokareva va boshqalar);
Mehnat psixologiyasi bo`yicha 4 ta ish (Turgunov, Sotiboldiev, Yeliseev, Xolmatov); Shaxs bo`yicha 3 ta ish (Gofurov, Saidullaev, Shapovolov); Differentsial psixodiagnostika bo`yicha 1 ta ish (Madmarov); Yuridik psixologiya bo`yicha 2 ta ish (Ibragimova, Zapryagaev); Sport psixologiya bo`yicha 3 ta ish (Gapparov, A.Gaynutdinov, R.Gaynutdinov); Neyropsixologiya bo`yicha 1 ta ish (Bobojonova); psixologiya tarixi bo`yicha (S.Raximov) sotsial psixologiya bo`yicha 3 ta ish (Karimova, Abdumuminov, Tursunov); va boshqa turli psixologiya bo`linmalari ko`pgina olimlar ish olib borib, O`zbekistonga psixologiya fanini, ya‘ni psixologiya tushunchasini olib kirib, tulaligicha ochib berdi.

Download 87.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling