Psixologiya nazariyasi


Download 87.13 Kb.
bet8/11
Sana01.03.2023
Hajmi87.13 Kb.
#1242930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XALILOVA DILAFRUZ KURS ISHI

2.2 XX asrning psixologiyasi
XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko‘plab maxsus bo‘limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasiva boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko‘plab maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differensial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanib bordi, inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo‘lsada, ko‘plab masalalar hal etilmagan edi.
XX asrning ikkinchi yarmidailmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo‘llanila boshladi. Psixologiya tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlardan faol tarzda foydalana boshladi.
SHunday qilib, psixologiya rivojlanish yo‘lida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan holda, o‘rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o‘zgartirib bordi. L.D. Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to‘rt bosqichga ajratadi.
Birinchi bosqich. Psixologiya – ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta’rifi ikki ming avval keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar.
Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R. Dekart, B. Spinoza, D. Lokk, G. Leybnits, D. Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. Fikrlash, sezish, xohishga bo‘lgan layoqat ong deb ataldi. O‘rganishning asosiy metodi bo‘lib, insonning o‘zini kuzatishi va voqelikni bayon etishi hisoblanar edi.
Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda paydo bo‘ldi (D. Uotson, E. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari – tajribalar qo‘yish va bevosita ko‘rish mumkin bo‘lganlarni, aynan, insonning xulq-atvori, harakatlari, ta’sirlanishga javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi).
To‘rtinchi bosqich. Psixologiya ob’ektiv qonuniyatlarni, psixikaning faoliyat va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o‘rganuvchi fan sifatida.
Psixologiyaning predmeti. «Psixologiya» so’zi ikkita grekcha so’zlardan, «psyuxe» - jon, ruh va «logos»- ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z – o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, xodisalar, xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday xolatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’gri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador xodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz ba’zan o’z – o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob’ektiv xodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallashi, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatlaridan samarali foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan bohabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va xodisalarning mohiyatini bevosita xis qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti - harakatlarini bevosita ko’rib, baxolab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan xis qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’orishmay qolg’animizda uni soginayotganligimiz bilan bog’liq xisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash xolatlar psixologiya o’rganadigan xodisalar va xolatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli xodisalardan farq qiladi.
Mutaxasiss olimlar psixologiya fanini fan sifatida shakillanishini bir necha davrlarni o’z ichiga olishini ko’rsatib beradilar. Psixologiyani fan sifatida yuzaga kelish bosqichlarini quyidagi sxemada ko’rish mumkin.

4- bosqich

Psix psixologiya -psixikaning mexanizmlarini, faktlari vaqonuniyatlari haqidagi fan sifatida.

Ilmiy Psixologiyaning zamonaviy bosqichi.

3-bosqich

Psixologiya-inson xulq atvorini o’rganuvchi fan sifatida

XX asrda paydo bo’lgan. Psixologiyaningmaqsadi- insonning konkret xulq atvorini inson munosabatlari va xatti harakatlarini nazorat qilish va kuzatishni xazarda tutadi.

2- bosqich

Psixologiya–ong haqidagi fan sifatida

XVII asrda tabiy fanlar paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan, Bu vaqtda fikrlash, istash –ong deb olindi. Asosiy metod sifatida insonni o’zini- o’zi kuzatish jarayoni olindi.

1- bosqich

Psixologiya-ruh haqidagi fan sifatida

Psixologiyaga bunday ta’rif 2300 yil ilgari berilgan. Ruh deb inson hayotidagi barcha tushunib bo’lmaydigan narsalar qabul qilindi.




Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va xodisalar murakkab va xilma-xildir. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu xodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir - birlari bilan bog’liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo’ysinadi. 1 - rasmda psixik jarayonlarning namoyon bo’lish shakllari, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar aks ettirilgan.



Download 87.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling