Psixologiya, pedagogika, menejment, maktabgacha va boshlangich ta’lim


Download 151.78 Kb.
bet4/6
Sana30.01.2024
Hajmi151.78 Kb.
#1816882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Didaktik o\'yin (kitobcha)

Didaktik o’yinlardan namunalar
Quyida matematika darslarida o'tkaziladigan ayrim didaktik o'yinlardan namunalar keltiriladi.
"Jim" o`yini
O'yinning maqsadi: O'quvchilarning o'n ichida "+", "-" belgilari haqidagi bilim va malakalarini oshirish, sinash. O'yin guruhlarda o'ynaladi.
O'yin jihozi: Raqamiar yozilgan tarqatmalar, misollar, jadval.
O'yinning borishi: Jadvallar doskaga osib qo'yiladi, doskaga bo`r bilan yoziladi. O'yin ovoz chigarmagan holda o'tkaziladi. O'qituvchi ko'rsatkich bilan 7 va 5 ni ko'rsatadi. O'quvchilar o'ylab 2 yozilgan tarqatmani ko'rsatadilar.


"Bilmasvoyning xatolari" o`yini
O'yinning maqsadi: o'quvchilarning o'n ichida "+", "-" ishoralari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, bilim va malakalarini, mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish.
O'yinning borishi: Doskaga ifodalar yoziladi. Har bir qatordan bittadan o'quvchi doskaga chiqadi va xatolarini tuzatadi.

10-7=4 10-3=6 7-3=5


3+2=6 4+3=8 4+1=6


"Kim epchil" o'yini.
O'yin maqsadi: Hozirjavoblik, topqirlik malakalarini oshirish.
O'yin jihozi: 2 ta savatcha ifodalar yozilgan olmalar 12-6; 2+8; 7+5; 4+8; 10-3 va hakozo.
Stol ustida "olmalar" yozib qo'yiladi. Doskaga 2 o'quvchi chiqadi. Stol ustidagi "olmalar"dagi ifodalarning natijalarini aytib savatga sola boshlaydilar. Ifodaning qiymatini to'g'ri topmagan o'quvchi ularni savatga sola olmaydi. Qaysi o'quvchi savatga ko'p "olma" tergan bo'lsa, o'sha o'quvchi g'olib bo'ladi.


"Zukkolar" o'yini.
O'yinning maqsadi:
Ko'paytirish va bo'lishga doir amallar yechish malakalarini mustahkamlash.
O'yin jihozi: uchta bayroqcha.
O'yinning borishi: Qatorlararo o'tkaziladi. Qatorlar nomi doskaga yoziladi va o'quvchilar soni teng bo'linadi. O'qituvchi har bir qatorning oxirida o'tirgan o'quvchiga bayroqchani beradi. O'qituvchi son aytadi. Masalan: 1- qatorga 6 soni, 2-qatorga 4 soni, 3-qatorga 5 soni.
Bayroqchalarni olgan o'quvchi 6 •1= 6 deb bayroqchani oldingi partadagi o'quvchiga uzatadi.
12 • 2 = 24 ; 24 : 3 = 8 8 •5= 40 ; 40: 4 = 10
O'quvchilar natija qaysi son bilan tugasa, shu son bilan boshlanadigan ifoda tuzishi kerak bo'ladi. Bayroqcha 1-partaga kelganda oxirgi o'quvchi 6 soni hosil bo'ladigan ifoda bilan o'yinni yakunlashi kerak bo'ladi. Qaysi qatorning bayroqchasi birinchi partaga tez yetib kelsa, o'sha qator g'olib bo'ladi. Go'lib qatorning nomi yozilgan joyda bayroqchalar biriktirilib qo'yiladi.



Download 151.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling