Psixologiya tarixi faniga kirish


Psixologiya tarixi fanining vazifalari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1163399
1   2
Bog'liq
6 slayd

Psixologiya tarixi fanining vazifalari:  

1. Psixika haqidagi bilimlar rivojlanish qonuniyatlarini 
o‘rganish, qanday qilib bir kategoriya va tushunchalar 
boshqasiga aylanadi, har bir iqtisodiy formatsiya 
mazukr davrga xos bo‘lgan psixik hayot manzarasini 
qanday aniqlab beradi, ana shu masalalarni hal etish.

2. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligini 
ochib berish.

3. Bilimlarning vujudga kelishi va idrok qilinishining 
jamiyat talablariga bog‘liqligini aniqlash.

4. Fanning vujudga kelishida shaxs va uning individual 
hayotiy yo‘lining tutgan rolini o‘rganish. 


Jamiyat taraqqiyoti natijasida kishilarning hayotiy 
faoliyatlari kengayib, aqliy zakovati ham boyib boradi. 
Binobarin, ularning falsafiy dunyoqarashi ham tarixiy 
davrning in’ikosi sifatida jamiyat taraqqiyotining muhim 
omiliga aylanadi. SHu sabab insoniyat taraqqiyotining 
turli davrlari falsafaning turli shakllari paydo bo‘lishiga 
olib keladi.


Qadimgi hind falsafasida chorvak maktabi alohida 
o‘rin tutadi. Chorvak falsafasi miloddan avvalgi VI 
asrlarda kelib chiqqan. Chorvak falsafasi 
namoyondalarining ta’limoticha, olam moddiydir. 
Moddiy dunyo esa to‘rt unsur -suv, havo, tuproq va 
o‘tdan tashkil topgan. Organik tabiat va shu jumladan 
inson ham ana shu moddiy unsurlarning birikmasidan 
iborat. Insonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u 
avvalo aqlli mavjudotdir. 


Konfutsiy Li tushunchasini hatto ilohiylashtirishga 
borib etadi. Keyinchalik qadimgi Xitoyda 
konfutsiychilar ta’limotiga qo‘shilmagan moistlar 
maktabi vujudga keladi. Bu maktabning asoschisi Mo-
szi (Mo Di) hisoblanadi. U miloddan avvalgi 479-400 
yillarda yashagan. Uning fikricha inson o‘z hayoti 
davomida ilohiy kuch belgilagan qoidalarga mos holda 
yashashi kerak. Ularga amal qilgan kishini Iloh 
baxtiyor qiladi, amal qilmaganlarni jazolaydi. 


Psixologiya tarixi tarixiy hayotning 
bosqichlarida, fan va madaniyatning 
umumiy taraqqiyoti munosabati bilan 
psixologik bilimlar sohasi qanday 
kengayib borganligi hamda dastlabki 
yakkayu-yagona bo’lgan psixologiya 
qay tarzda taraqqiy etib, butun bir 
psixologiya fanlar sistemasi darajasiga 
ko’tarilganligi haqida ham ma’lumot 
beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning 
yanada chuqur va aniq bilish 
imkoniyatini beradi. Psixologiya fani 
taraqqiyotga ko’maklashadigan foydali 
ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va 
yaratishda katta o’rin tutadi. 


Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va 
materializm o’rtasida kurash kechgan. Bu kurash 
psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi 
psixik va fiziologik xodisalarni o’zaro munosabatlarini 
tushunishda 
hamda 
psixologiya 
predmetini 
tushunishda ifodalangan. Albatta, psixologiya tarixida 
turlicha 
qarashlar 
va 
yo’nalishlar 
bo’lishiga 
qaramasdan bu fanning predmeti, ya’ni inson va 
hayvonga 
xos 
bo’lgan psixika, psixik hayot 
birdayligicha qolaveradi. 


Psixologiya tarixining manbalari bo’lib psixologik 
bilimlarni to’plashni aks ettiruvchi barcha materiallar 
eng avvalo o’tmish-psixologlarning faylasuflarning 
asarlari. Tibbiyotga ayniksa, psixatriya sohasiga oid 
bilimlar. Shuningdek boshka fanlar tabiatshunoslik
jumladan fizika, ximiya, astronomiya, tilshunoslik, 
etnografiya, antrapologiya kabi fanlarning ma’lumotlari 
ham psixologiya tarixining manbai hisoblanadi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling