Psixologiya tarixi faniga kirish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1163399
  1   2
Bog'liq
6 slayd



PSIXOLOGIYA TARIXI 
FANIGA KIRISH 
Reja: 
1. Psixologiya tarixi fanining predmeti. 
2. Psixologiya tarixi fanining vazifasi. 
3. Psixologiya tarixi fanining rivojlanish 
bosqichi. 


Ma’lumki, psixologiya tarixi fani inson psixikasi va 
psixik hodisalar haqidagi fikrlarning paydo bo‘lishi va 
uning rivoji haqida fikr yuritib, u ruhiy olam 
to‘g‘risidagi qiziqarli va bahsbop bilimlar, mumtoz 
ma’lumotlar tizimidan iborat. Tarixiy rivojlanish har 
bir fan uchun xos bo‘lib, u fandagi yangi g‘oyalarning 
ildizi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda nnsonning 
o‘zi xaqidagi bilimlarini yig‘ilib hamda chuqurlashtirib 
borishidir. Psixologiya fani tarixiga nazar solar 
ekanmiz, psixik hayotni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish 
turli tarixiy davrlarda nazariy rang-baranglik bilan 
kechganligini va psixikaning moddiy asoslari qanday 
tadqiqotlarda aniqlanganligini bilish imkoniga ega 
bo‘lamiz.


Inson psixikasi haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixi 
davomida ikki ilmiy falsafiy oqim, ya’ni idealizm va 
materializm o‘rtasidagi kurashni ko‘rish mumkin. Bu 
kurash 
psixologiya 
fanining 
mohiyatini 
turlicha 
tushunadi, undagi farqlar insondagi psixik va fiziologik 
hodisalarni o‘zaro munosabatlarini aniqlashda hamda 
psixologiya fani predmetini turlicha talqin qilishda 
namoyon bo‘ladi. Fan tarixida turlicha qarashlar va 
yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan, fanning predmeti
ya’ni inson va hayvonga xos bo‘lgan psixika, psixik hayot 
shundayligicha qolaveradi. 


Bizningcha, haqiqiy ilmiy psixologiya XIX-asr oxiri, XX-
asr boshlarida tan olingan bo‘lsa-da, antik davr va mumtoz 
qarashlar fan tarixi uchun ilk metodologik manbalar 
sanalishi ehtimoldan holi emas. Chunki nemis psixologi 
V.Vundtning 
psixologiya 
tarixida 
amalga 
oshirgan 
tajribalari shunchaki falsafiy g‘oya emas, aksincha sof 
psixologik eksperimental tadqiqot edi. Bu tadqiqot 
psixologiya fanining amaliy jihatdan tan olinishi hamda 
keyingi tadqiqotlar uchun zaruriyatning ortishiga xizmat 
qildi. Hozirga kelib psixologiya fani ham metodologik 
jihatdan, ham metodik jihatdan etuk fan sifatida 
jamiyatdagi fanlar tizimida o‘z o‘rniga egadir. Olib 
borilayotgan amaliy tadqiqotlar, fan yutuqlari ba’zi mumtoz 
nazariy qarashlarni inkor etib, uning zamonaviy tahlilini 
amalga oshirmoqda.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling