Psixologiya tarixi faniga kirish
Psixologiya tarixi fanining vazifalari
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq6 slayd
Psixologiya tarixi fanining vazifalari:
1. Psixika haqidagi bilimlar rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, qanday qilib bir kategoriya va tushunchalar boshqasiga aylanadi, har bir iqtisodiy formatsiya mazukr davrga xos bo‘lgan psixik hayot manzarasini qanday aniqlab beradi, ana shu masalalarni hal etish. 2. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochib berish. 3. Bilimlarning vujudga kelishi va idrok qilinishining jamiyat talablariga bog‘liqligini aniqlash. 4. Fanning vujudga kelishida shaxs va uning individual hayotiy yo‘lining tutgan rolini o‘rganish. Jamiyat taraqqiyoti natijasida kishilarning hayotiy faoliyatlari kengayib, aqliy zakovati ham boyib boradi. Binobarin, ularning falsafiy dunyoqarashi ham tarixiy davrning in’ikosi sifatida jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi. SHu sabab insoniyat taraqqiyotining turli davrlari falsafaning turli shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. Qadimgi hind falsafasida chorvak maktabi alohida o‘rin tutadi. Chorvak falsafasi miloddan avvalgi VI asrlarda kelib chiqqan. Chorvak falsafasi namoyondalarining ta’limoticha, olam moddiydir. Moddiy dunyo esa to‘rt unsur -suv, havo, tuproq va o‘tdan tashkil topgan. Organik tabiat va shu jumladan inson ham ana shu moddiy unsurlarning birikmasidan iborat. Insonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u avvalo aqlli mavjudotdir. Konfutsiy Li tushunchasini hatto ilohiylashtirishga borib etadi. Keyinchalik qadimgi Xitoyda konfutsiychilar ta’limotiga qo‘shilmagan moistlar maktabi vujudga keladi. Bu maktabning asoschisi Mo- szi (Mo Di) hisoblanadi. U miloddan avvalgi 479-400 yillarda yashagan. Uning fikricha inson o‘z hayoti davomida ilohiy kuch belgilagan qoidalarga mos holda yashashi kerak. Ularga amal qilgan kishini Iloh baxtiyor qiladi, amal qilmaganlarni jazolaydi. Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki yakkayu-yagona bo’lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko’tarilganligi haqida ham ma’lumot beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko’maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va yaratishda katta o’rin tutadi. Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm o’rtasida kurash kechgan. Bu kurash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik xodisalarni o’zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo’nalishlar bo’lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya’ni inson va hayvonga xos bo’lgan psixika, psixik hayot birdayligicha qolaveradi. Psixologiya tarixining manbalari bo’lib psixologik bilimlarni to’plashni aks ettiruvchi barcha materiallar eng avvalo o’tmish-psixologlarning faylasuflarning asarlari. Tibbiyotga ayniksa, psixatriya sohasiga oid bilimlar. Shuningdek boshka fanlar tabiatshunoslik, jumladan fizika, ximiya, astronomiya, tilshunoslik, etnografiya, antrapologiya kabi fanlarning ma’lumotlari ham psixologiya tarixining manbai hisoblanadi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling