"psixologiya"


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana01.08.2020
Hajmi1.77 Mb.
#125252
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
psixologiya


 
 
 
 

 
102 
3. Idrok to’g’risida tushuncha.  Idrokning xususiyatlari va turlari. 
 
Idrok  deb  narsa  yoki  xodisalarning  inson  ongiga  bevosita  ta’sir  etishi 
natijasida  tartibga  solinib,  alohida  sezgilarni  narsa  va  voqyealarni  yaxlit  bir 
obrazi tarzida birlashtirib aks ettirilishiga aytiladi.  
 
Idrok  qo’zg’atuvchilarning  ayrim  xususiyatlarini  aks  ettiruvchi 
sezgilardan  farq  kilib  narsani  butunligicha,  uning  hamma  xususiyatlari  bilan 
birgalikda  aks  ettiradi.  Bundan  idrok  ayrim  sezgilarning  oddiy    yig’indisidan 
iboratdir  degan  xulosa  kelib  chiqmaydi.  Idrok  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega 
bo’lgan  xissiy  bilishning  sifat  jihatidan  yangi  bosqichidir.  Idrokning 
predmetliligi,  yaxlitligi,  ma’lum  tartibda  to’zilganligi,    anglanganligi,  
konstantligi uning muhim xususiyatlaridir.  
 
Idrokning    predmetliligi  deganda  uning  aniq  bir  predmetga    qaratilishini 
tushunamiz.  
 
Idrokning yaxlitligi deganda narsa va xodisalarni yaxlitligicha ongimizda 
aks  ettirishni  tushunamiz.    Idrok    sezgi    a’zolariga  ta’sir  qiluvchi  narsalarning 
ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ularoq, narsalarning yaxlit 
obrazidir.   
 
Idrokning  konstantligi  ham  uning  muhim  xususiyatlaridan  biridir. 
Konstantlik tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shakli, katta kichikligi,  rangi 
va  shu    kabilarni  nisbatan  o’zgarmas  tarzda  idrok  qilamiz  Masalan,    teatrda 
o’tirgan odamlarning yuzlariga uzoqdan qarasak,  ular bizga o’zgarmas,  haqiqiy 
odamlardek  ko’rinadi,  aslida  ko’z  tur  pardasiga  uzoqdagi  narsalarning  aksi 
kichik  bo’lib  tushadi.  Yoki  yuqori  etajdan  turib  pastga  karasak  odamlar,  
mashinalar  juda  kichik  bo’lib  kurinadi,    lekin  biz  ularni  o’z  xolicha  idrok 
qilamiz.  
 
Yukorida  bayon  qilinganlardan  ma’lumki,  odamning  tajribasi,  bilimi, 
hayol  va  tafakkurining  faoliyati,  hissiyot  va  diqqati,  umuman  odam 
psixikasining  hamma mazmuni idrokda namoyon bo’ladi.  Bu  psixik hayotning 
idrokda  aks  etuvchi va idrokka  ta’sir ko’rsatuvchi  mazmuni    appersepsiya  deb 
ataladi.  
 
Ayni  bir  narsa  yoki  xodisani  ayrim  kishilarning  idrok  etishida 
ko’rinadigan  ba’zi  xususiyatlar  appersepsiya    bilan  belgilangan  bo’ladi.  Bu 
xususiyatlar  odamning  tajribasi  va  bilimlariga  bog’liq  xususiyatlardir.  Kishilar 
ayni  bir  narsa  yoki  xodisani  yoshlari,    ma’lumoti,    turmush  tajribasi,  kasbi, 
temperament,  xarakter,    qobiliyat  va  qiziqishlarida  ko’rinadigan  shaxsiy 
xususiyatlariga qarab har xil idrok etadilar.  
  Idrok turlariga quyidagilar kiradi: 
1. Fazoni idrok qilish.  
2. Vaqtni idrok qilish.  
3. Harakatni idrok qilish.  
Fazoni idrok qilish to’g’risida gapirar ekanmiz, biz narsalarning fazodagi 
shakllarini,    katta-kichikligini  va  fazodagi  o’zaro  munosabatlarini  tushunamiz. 
Ma’lumki,    fazodagi  shakllarga  qarab  uch  burchakli,    to’rt  burchakli,  kub,  
silindir  kabilarga  ajratiladi.    Narsalar  katta  -  kichikliga  qarab  katta,    kichik, 

 
103 
o’rtacha  deyiladi.    Fazodagi  munosabatlariga  qarab  bizga  nisbatan  yaqin  yoki 
uzoq,  bizdan o’ng tomonda yoki chap tomonda,  yuqorida yoki pastda deyiladi.   
 
Biz  fazoni  asosan  ko’zimiz  orqali  idrok  qilamiz.    Uni  bir  ko’z  bilan 
(monokulyar) va ikki ko’z bilan (binokulyar) idrok qilish mumkin. 
 
Ko’z  gavharining,    umuman,    ko’zning  ravshan  kurish  uchun 
uyg’unlashuvini akkomadasiya deb ataymiz.  
 
Konvergasiya  ma’lum  bir  narsaga  qaraganda  ikkala  ko’z  soqqasining 
kanshar  tomon  barobar  burilishidir.    Idrok  qilinayotgan  narsa  qanchalik  yaqin 
tursa,  ko’z  soqqalari  bir-biriga,  ya’ni  kanshar  tomonga  shunchalik  yaqin 
buriladi,  ko’rish  o’qlari  ham  bir-birini  shunchalik  yaqin  kesib  o’tadi.  Ko’z 
konvergensiyasi  ayniqsa  masofani,  yiroqni,  chuqurlikni,  eng  aniq,    raso  idrok 
qilishga imkon beradi.  
 
Fazoni  biz  faqat  ko’rish  orqali  idrok  qilmasdan  balki  teri-tuyg’u  va 
muskul-harakat  sezgilari  orqali  ham  idrok  qilamiz.  Maydaroq  narsani  shaklini, 
ularning  katta-kichikligini,  holatini  teri  sezgisi  bilan  ya’ni  ushlab  ko’rib  idrok 
qilamiz.   
 
Biz  idrok  qilib  turgan  narsa  va  xodisalar  ma’lum  bir  vaqt  (zamon) 
davomida  paydo  bo’ladi,  taraqqiy  qiladi  va  o’zgarib  boradi.  Vaqtni  idrok 
qilishni  vaqt  «bo’laklarini  »  soat  va  xronometrik  asboblar  yordamida  o’lchash 
deb  tushunish    yaramaydi.    Kishi  xuddi  bir  xilda  bo’lgan  vaqt  bo’lagi  «minut,  
soat  yoki  kun»  ning  obyektiv  davomini  hamisha  bir  xilda  sezavermas  ekan.   
Ba’zan  bir  soat  bir  daqiqaday  tez  o’tib  ketadi  yoki  bir  kun  bir  yildek  tuyuladi.  
Biz  vaqtni  «uning  to’xtovsiz  borishi,  cho’zilishi  va  davomini»  idrok  qiladigan 
maxsus bir organga ega emasmiz. O’tayotgan vaqt avvalo atrofimizdagi narsa va 
xodisalarning  o’zgarib  va  almashinib  turishidan  bilinadi.    Shu  sababli  vaqtni 
idrok  qilish  hamma  sezgi  a’zolarimiz  faoliyati  bilan  bog’langan  deb  aytish 
mumkin.  
 
Maxsus mashq qilib, o’tayotgan vaqtning ayrim xissalarini mumkin qadar 
aniq belgilay bilish qobiliyatini o’stirish mumkin.  I.P.Pavlov itlarda ovqatning 
kelish  vaqtini  his  qiladigan  shartli  reflekslar  hosil  qilgan  edi.  Bunday  refleksni 
odamlarda  hosil qilish mumkin.  
 
Harakatni  idrok  qilish  deb  narsalarning  fazoda  o’rin  almanishini  idrok 
qilishga aytiladi. Harakatni idrok qilish hayotiy muhim ahamiyatga egadir.   
 
Harakatni  idrok  qilishga  imkon  beradigan  usullardan  ikkinchisi 
obyektning  harakatiga  ko’z  bilan  qarab  turishdir.    Bunda  harakat  qilayotgan 
obyektning  tasviri  ko’z  to’r  pardasiga  nisbatan  bir  oz  harakatsiz  bo’lib  qoladi.  
Biroq biz,  shunday bo’lsa ham,  obyektning harakatini ko’ramiz. 
 
Eshitish  analizatori  yordami  bilan  ham  harakatni  idrok  qilish  mumkin. 
Bunda  tovush  manbai  bizga  yaqinlashgan  sari  tovush  baland  eshitiladi.  
Aksincha  manba  uzoqlashgan  sari  tovush  pasayib  eshitiladi.  Masalan,  uyning 
ichida turib ko’chadan mashina o’tayotganligini bilamiz.  
 
Illyuziya  deb  atrofdagi  narsa  va  xodisalarni    notug’ri  idrok  qilishga 
aytiladi.  Buni  geometrik  illyuziyalar  deb  nom  olgan  illyuziyalarda  yaqqol 
ko’rish  mumkin.    Masalan,    uzunligi  barovar  bo’lgan  ikki  chiziqning  boshiga  

 
104 
ikki  xil  strelkalar  chizilsa,  strelkasi  tashqariga  qaragan  chiziq  unisiga  nisbatan 
uzun bo’lib ko’rinadi.  
 
Idrok qilib turgan shaxsning psixikasida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan 
bog’liq  tasodifiy  illyuziyalar  ham  bo’ladi.    Masalan,    cho’lda  suvsagan  kishi 
uzoqda  yarqirab turgan shurxok  yerni ko’l deb  o’ylashi  yoki o’rmondagi tunka 
qurqoq odamning ko’ziga bironta yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi mumkin. 
Illyuziyalar  hatto  nutqda  ham  uchraydi.  Masalan,  goh  vaqtda,  kishi  «men 
boshqacha tushunibman» deydi. 
 
Gallyusinasiya  tashqi  olamda  yo’q  narsalarni  idrok  qilishdir.  Yo’q 
narsalarning ko’zga ko’rinishi, yo’q ovozning eshitilishi,  yo’q hidning dimoqqa 
urilishi  gallyusinasiyadir.  Gallyusinasiya  paytida  kishi  go’yo  bir  narsani  aniq 
ko’rgandek,  eshitgandek,  ushlagandek,  is bilgandek tuyuladi.  
 
4.Xotira.  Xotira to’g’risida tushuncha.  Xotira jarayonlari va turlari.  
Xotira va faoliyat. 
Xotirada  esda  olib  qolish,    esda  saqlash,    esga  tushirish  va  unutish  kabi 
asosiy jarayonlar mavjud bo’ladi.  Shu jarayonlarning har biri alohida mustaqil 
psixik  xususiyat  hisoblanmaydi.  Ular  faoliyat  davomida  shakllanadi  va  o’sha 
faoliyat bilan belgilanadi.   
    
Muayyan  bir  materialni  esda  olib  qolish  hayot  faoliyati  jarayonida 
indiviual  tajriba  orttirishga  bog’liqdir.    Esda  olib  qolingan  narsani  keyinchalik  
faoliyatda  qo’llanish  uchun  uni  esga  tushirish  taqozo  etiladi.    Muayyan  bir 
materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi.  
Materialni  esda  saqlash  uning  shaxs  faoliyatidagi  ishtirokiga  bog’liq  bo’ladi.  
Chunki  har  bir  muayyan  paytda  kishining  xulq  –  atvori  uning  butun  hayotiy 
tajribasi bilan belgilanadi.   
    
Xotira  psixologiyaning  eng  ko’p  o’rganilgan  bo’limlaridan  biri  bo’lib 
hisoblanadi.    Lekin  hozirgi  paytda  xotiraning  qonuniyatlari  yanada  o’rganilishi 
uni fanning tag’in ham muhimroq  muammosiga aylantirib qo’ydi.   
     
Xozirgi  kunda  xotiraning  mexanizmlari  va  qonuniyatlarini  o’rganish 
buyicha  uchta  nazariya  mavjuddir.    Bo’lar  psixologik,    neyrofiziologik  hamda 
bioximik nazariyalardir.   
    
 Psixologik  nazariya.    Bu  nazariya  tarixiy  jihatdan  eng  eski  nazariya 
bo’lib,    u  fanda  ko’p  va  turli  –  tuman  nazariyalarning  olg’a  surilganligi  bilan 
mashhurdir.  Bu  nazariyalarni  xotira  jarayonlarining  shakllanganida  insonning 
faolligi  qanday  rol  o’ynashligi  va  bunda  faollikning  mohiyatiga  kanday 
yondoshuv zarurligi bilan baholash mumkin.   
    
Nazariyaning  birinchi  guruhi  assosiativ  nazariya  deb  yuritiladi.    Bu 
nazariyaga  ko’ra,    muayyan  psixik  hosilalar  ongda  bir  vaqtning  o’zida  yoki 
bevosita  birin-ketin  paydo  bo’lsa,    u  holda  hosilalar  o’rtasida    assosiativ 
boglanishlar  tarkib  topadi  va  bu  boglanishlarni  biron  bir  qismi  takroran  paydo 
bo’lishi  ongda  uning  barcha  elementlari  muqarrar  ravishda  gavdalanishiga  olib 
keladi.    Assosiasiyalar  uch  turli  bo’ladi:  o’xshashlik,    yondoshlik  va  qarama  – 
qarshilik assosiasiyalari.   

 
105 
     
Neyrofiziologik  nazariyalar.    Bu  nazariyalar  xotiraning  mexanizmlari 
haqidagi  fiziologik  nazariyalar  bilan  bog’liqdir.    Bu  nazariyaning  asosini  I.  P. 
Pavlovning  «Oliy  nerv  faoliyati  qonuniyatlari  haqida»  gi  ta’limotining  eng 
muhim qoidalari tashkil etadi.  Bu ta’limotga ko’ra xotiraning nerv – fiziologik 
mexanizmini bosh miyada hosil bo’ladigan muvaqqat bog’lanishlar tashkil etadi.  
Ana  shu  bog’lanishlar  qanchalik  mustahkam  bo’lsa,    esda  olib  qolish  ham 
shunchalik  yaxshi  bo’ladi.    Ana  shu  muvaqqat  bog’lanishlarning  qaytadan 
jonlanishi  esga  tushirishga,    so’nib,    yo’q  bo’lib  ketishi  esa  unutishga  sabab 
bo’ladi.   
Bioximik 
nazariya. 
Hozirgi 
kunda 
xotiraning 
mexanizmlarini 
o’rganishning  neyrofiziologik  usuli  bioximik  tadqiqotlar  darajasiga  tobora 
yaqinlashib  va  qo’shilib  ketmoqda.  Bu  usul  ushbu  fanlarning  o’zaro  tutashgan 
joyida olib borilayotgan ko’plab tadqiqotlarda o’z tasdig’ini topdi. 
Bioximik  nazariyaning  moxiyati  quyidagidan  iborat.  Birinchi  bosqichda 
(qo’zg’atuvchining  bevosita  ta’siridan  sung)  miya  xo’jayralarida  asl  xoliga 
qaytuvchi  fiziologik  o’zgarishlarni  keltirib  chiqaradigan  qisqa  muddatli 
elektroximik  reaksiya  yuz  beradi.    Ikkinchi  bosqich  birinchi  bosqich  negizida 
yuzaga  kelib,    aslida  u  yangi  oqsil  moddalarning  xosil  bo’lishi  bilan  bog’liq 
bo’lgan  bioximik  reaksiyadan  iboratdir.  Birinchi  bosqich  sekundlar  yoki 
minutlar  maboynida  davom  etadi  va  uni  qisqa  muddatli  esda  olib  qolishning 
fiziologik  mexanizmi  deb  hisoblaydilar.  Xo’jayralarda  qaytarilmaydigan 
o’zgarishlarga  olib  keladigan  ikkinchi  bosqich  uzoq  muddatli  xotiraning 
mexanizmi  hisoblanadi.  Bu  nazariya  tarafdorlari  tashqi  qo’zg’atuvchilar  ta’siri 
ostida nerv xo’jayralarida ro’y beradigan o’ziga xos ximiyaviy  o’zgarishlarning 
izlarini  mustahkamlash,    esda  saqlab  qolish  va  yana  qayta  esga  tushurish 
jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi. 
Xotira turlari.  
    
Xotiraning  esda  olib  qolish  va  qayta  esga  tushirish  jarayonlari  sodir 
bo’ladigan  faoliyatining  xususiyatlariga  bog’liqligi  xotiraning  har  hil  turlarini 
ajratish uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi.  Bunda xotira uchta mezonga 
muvofiq bo’linadi:  
1.  Psixik  faollik  xususiyatiga  ko’ra  harakat,    emosional  obrazli  va  so’z-
mantiqli turlariga bo’linadi.   
2.  Faoliyat maqsadiga ko’ra ixtiyorli va ixtiyorsiz turlarga bo’linadi. 
3. Materiallarni  qancha  vaqt  esda  olib  qolish  va  esda  saqlash    muddatiga 
ko’ra, qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira turlariga bo’linadi.   
    
 Harakat xotirasi – turli hildagi ish-harakatlar va ularning sistemasini esda 
olib qolish,  esda saqlash,  yana qayta esga tushirishdan iboratdir.  
    
Emosional xotira – his – tuyg’uga g’os xotiradir.  His – tuyg’ular hamisha 
bizga  ehtiyojlarimiz  va  qiziqishlarimiz  qanday  qondirilayotgani,    bizning 
tevarak  –  atrofdagi  olamga  munosabatimiz  qanday  yo’lga  qo’yilganligi  haqida 
xabar berib turadi.  Shuning uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va 
faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. 

 
106 
    
Obrazli xotira tasavvurlarni,  tabiat va hayot  manzaralarini,  shuningdek,  
tovushlarni,  hidlarni,  ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi.  U 
ko’rish,  eshitish,  hid bilish,  ta’m bilishga oid xotiradir.  
     
So’z  –  mantiq  xotira  bizning  o’y  –  fikrlarimiz  mazmunini  tashkil  etadi.  
Fikrlar esa nutqsiz mavjud bo’la olmaydi,  shuning uchun ham ularga oid xotira 
ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so’z – mantiq xotira deb ataladi.   
     
Xotirani ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’lgan edik.  Biron narsani esda 
olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad qo’ymagan holda esda olib qolish 
va  yana  qayta  esga  tushirish  ixtiyorsiz  xotira  deb  ataladi.    Oldimizga  bironta 
maqsad qo’yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira bo’ladi. 
Uchinchi  guruh  xotiraga  qisqa  muddatli,  uzoq  muddatli  va  operativ 
xotiralar  kiradi.  Qisqa  muddatli  xotira  materialni  ko’p  martalab  takrorlash  va 
qayta esga tushirishlar orqali uzoq vaqt esda olib qolinishi bilan ajralib turadigan 
uzoq muddatli xotiradan farqli ularoq,  bir martagina juda qisqa vaqt maboynida 
eslab qolish bilan belgilanadi. 
Operativ  xotira  tushunchasi  kishi  tomonidan  bevosita  amalga 
oshiralayotgan  dolzarb  vazifalar,  harakatlar,  ishlarga  xizmat  qiladigan  mnemik 
jarayonlarni  anglatadi.    Qachonki  biz  biron  murakkab  harakatni,    misol  uchun 
arifmetik  amalni  bajarayotgan  bo’lsak,    u  holda,    uni  qismlarga  bo’laklarga 
ajratgan xolda bajaramiz. Bunda ishni bajarish davomida ayrim oraliq natijalarni 
«yodimizda» saqlab boramiz.  
Esda  olib  qolishni  xotiraning  yangi  materialni  ilgari  o’zlashtirilgan 
material  bilan  bog’lash  orqali  esda  saqlab  qolinishiga  olib  keladigan  jarayon 
sifatida  ta’riflash  mumkin.    Bu  shaxs  tajribasini  yangi  bilimlar  va  xulq-atvor 
shakllari  bilan  boyitishning  zarur  shartidir.  Esda  olib  qolish  hamisha  tanlangan 
bo’ladi.    Sezgi  a’zolarimizga  ta’sir  qiladigan  barcha  narsalar  ham  esda  olib 
kolinavermaydi.  
Esda  olib  qolish  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli  hamda  ixtiyorsiz  va 
ixtiyoriy turlarga bo’linadi.  
Operativ  esda  olib  qolish  deb  ataladigan  eslab  qolishni  qisqa  va  uzoq 
muddatli eslab qolish o’rtasidagi oraliq darajalaridan biri deb hisoblash mumkin. 
Operativ  esda  olib  qolishni  kishining  odatdagi  harakatlariga  xizmat  qiluvchi 
xotira jarayoni deb ta’riflash mumkin.  U kishi bajarayotgan harakatning har bir 
konkret jarayonida biron natijaga erishish sharoitlaridan biri sifatida yuz beradi. 
Uzoq  muddatli xotiraga shaxs  faoliyatining hayotiy  muhim  maqsadlariga 
erishishda taktik jihatdagina emas, balki strategik jihatdan ahamiyat kasb etgan 
axborot  kelib  turadi.  Psixologiyada,  yuqoridagilardan  tashqari,    ixtiyorsiz  va 
ixtiyoriy esda olib kolish farq kilinadi.  
Ixtiyorsiz  esda  olib  qolish  –  bilish  va  amaliy  harakatlarni  amalga 
oshirishning  maxsuli  va  shartidir.    Bunda  esda  olib  qolish  o’z  xolicha  bizning 
maqsadimiz  sifatida  yuzaga  chiqmaganligi  sababli  beixtiyor  esimizda  olib 
qolingan  jamiki  narsalar  xususida  odatda  «o’zidan-o’zi  esda  saqlanib  qolgan 
ekan» deymiz.  
Ixtiyoriy  esda  olib  qolish  –  maxsus  mnemik  harakatlar,  ya’ni  asosiy 
maqsadi  esda  olib  qolishdan  iborat  bo’lgan  harakatlar  maxsulidir.  Maxsus 

 
107 
o’tkazilgan tadqiqotlar materialni aynan, tula va izchil eslab qolish vazifasining 
aniq  qilib  qo’yilishi  ixtiyoroiy  esda  olib  qolishning  asosiy  shartlaridan  biri 
ekanligini ko’rsatdi.  
Qayta esga tushirish.  
O’tmishda idrok qilingan narsalarning, his-tuyg’u, fikr va ish-harakatlarning 
ongimizda  qaytadan  tiklanishiga  esga  tushurish  deyiladi.    Esga  tushurishning 
nerv-fiziologik  asosi  miya  po’stida  ilgari  xosil  bo’lgan  nerv  bog’lanishlarining 
qaytadan qo’zg’alishidir.  
Esda tushurish bir necha xil bo’ladi: 

  tanish.  

  eslash.  

  bevosita eslash.  

 
oradan vaqt o’tkazib eslash.  

  ijtiyorsiz eslash.  

  ixtiyoriy eslash.  
Tanish  deb  ilgari  idrok  qilgan  narsalarni  takror  idrok  qilganda  u  narsaning 
esga tushishiga aytiladi.  
Eslash narsani, uning o’zini shu paytda idrok qilmay turib esga tushurishdir.  
Bevosita  esga  tushurish  materialni  o’qib  chiqish  bilanoq,  boshqa  Hech 
narsani o’ylamasdan,  shu paytning o’zidayoq esga tushurishdir. 
Oradan vaqt o’tkazib  esga tushurishda biror material oradan bir necha kun,  
hatto bir necha oy o’tkazib esga tushiriladi.  
Biror  narsani  esga  tushurish  beixtiyor  va  ixtiyoriy  bo’lishi  mumkin. 
Ixtiyorsiz  esga  tushirish  deganda  kishining  o’z  oldiga  maqsad  qo’ymasdan, 
irodaviy kuch sarf etmasdan esga tushirishga aytiladi.  
Ixtiyoriy    esga  tushurish  biror  maqsad  bilan  esga  olinishi  kerak  bo’lgan 
materialni tanlab,  ataylab harakat qilib,  maxsus esga tushirish demakdir.  
Esda saqlash va unutish.  
Esda saqlash deyilganda ilgari paydo bo’lgan taassurot,  fikr,  xis-tuyg’u 
va  ish-harakatning  jonlanib,    takrorlanib  turishiga  moyillik  paydo  qilishi  va 
mustahkamlanishini  tushinamiz.  Shunday  mustahkamlanishga  sabab  nerv 
sistemasining plastikligidir.  
Biz  o’qib  olgan  material  uni  esda  olib  qolgan  vaqtda  mazmunan  va 
shaklan  qayday  bo’lgan  bo’lsa,    albatda  aynan  shundayicha  saqlanib 
turavermaydi.  Lekin  ayrim  formulalar,    ta’riflar,    ko’paytirish  jadvallari,  
mashina va telefon nomerlari miyamizda aynan saqlanishi ham mumkin. 
Unutish  –  ilgari  esda  olib  qolgan  narsalarimizning  ongimizdan  qisman  yoki 
tamoman  yo’qolishidir.    Unutish  qisman  va  butunlay  bo’lsa  ham,    u  qachondir 
yana esga tushadi.  
Unutushni  tamoman  salbiy  xodisa  deb  tushunish  yaramaydi.    Chunki 
keraksiz  narsalar  unutilib,  miya  bo’shashi  ham  lozim.  Ayniqsa,  turli  g’am-
g’ussalar tezda unitilmasa,  kishini umr bo’yi qiynashi,  azoblashi mumkin.  
Shunga  qaramay,  unutishga  qarshi  kurash  olib  borish  lozim.  Buning 
uchun  materialni  tez-tez  takrorlab  turish,  uni  turmushga,    amaliy  faoliyatga 

 
108 
tadbiq  kilib  borish,    o’rganilayotgan  materialni  oldingilari  bilan  bog’lab  borish 
va boshqa usullarni qo’llash zarur.  
Xotira tiplari.  
Har  kimning  o’ziga  xos  xotira  xususiyatlari  mavjud.    Xotiradagi  bu  farq 
uning  kuchida  ifodalanadi.    Birovda  xotira  kuchli  bo’lsa,  boshqa  birovda 
kuchsizdir.   
Xotiraning  kuchli  yoki  kuchsiz  bo’lishini  biz  esda  koldirish  va  unutishning 
tezlik  darajasiga  qarab  belgilaymiz.    Tez  esga  olib,  juda  sekin  unutish  kuchli 
xotiraning  belgisi  bo’lsa,  sekin  esda  olib  qolib,  tez  unutish  kuchsiz  xotira 
belgisidir.  Shunga qarab kishilardagi xotirani to’rt tipga bo’lamiz: 
 
Esda qoldirish 
 
Unitish 
Tez 
 
Sekin 
Sekin 
 
Sekin 
Tez 
 
Tez 
Sekin  
 
Tez  
 
 
 
 
Xotirani yana ko’rish, eshitish, harakat degan tiplarga ham ajratish mumkin.  
Lekin sof xotira kam uchrab,  ko’proq aralash xotira (ko’rish- harakat,  ko’rish-
eshitish,  harakat-eshitish kabi) xillari uchraydi.  
Xotiraning yuqorida sanagan bu tiplari tug’ma, o’zgarmaydigan narsa emas,  
balki uni tarbiyalash,  o’zgartirish,  kuchli xotira qilish mumkin.  
                                                 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
 
1. Ongimizning bir nuqtaga to‘planib muayyan ob’ektga faol qaratilishi bu:  
A) idrok, B) sezgi, C) diqqat, D) abstraksiya 
2. Ongimizning bir nuqtaga to‘planib, muayyan manbaga faol qaratilishi?   
A) idrok, B) diqqat, C) sevgi, D) mavhumlik 
3. Quyidagi ta’riflarning qaysi biri sezgi mazmunini to‘laroq ifodalaydi?  
A) ob’ektiv olamidagi predmet va xodisalarning sezgi a’zolariga ta’sir etishi 
B) qo‘zg‘atuvchilarning tegishli retseptorlarga bevosita ta’sir etishi 
C) organizmdagi analizatorlar kompleksining faoliyati 
D) insonning fikrlash orqali xodisalarning oldindan his qilishi 
4.  O‘rtoqlaringiz  bilan  kinoga  tushdingiz,  kino  boshlanib  ketganidan 
o‘rinlaringizni  topishga  qiynaldingiz.  YOrug‘likdan  birdan  qorong‘ulikka 
kirganda kurish sezgisida uchraydigan bunday xodisa qanday ataladi? 
A) sezgilarning quyi chegarasi, B) sezgilarning yuqori chegarasi,  
C) sensibilizatsiya, D) adaptatsiya 
5. Qo‘zg‘atuvchilarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’siri tufayli tartibga 
solinib alohida sezgilarni yaxlit bir obraz sifatida birlashtirib aks ettirilishi 
bu qaysi psixik jarayonni bildiradi?   
A) sezgini, B) xayolni, C) idrokni, D) xotirani  
6. Agar biz narsalarning shakllarini, katta-kichikligini o‘zaro 

 
109 
joylashishlarini, relefini, ular turgan uzoq yoki yaqinligini va yo‘nalishini 
Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling