"psixologiya"
Mavzu yuzasidan test savollari
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Narsa va xodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutni tafakkur operatsiyalaridan qaysisi orqali aniqlanadi
- 5. Tafakkur jarayonining o‘ziga xos xususiyati tomonlarini aniqlang.
- 6. Tafakkur shakllarini aniqlang.
- 8. Fikr yuritish jarayonlari – bu
- 10. Tafakkur turlari – bu
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2.
- 2. Emosional holatlarning xilma-xilligi.
- 3.Iroda. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Irodani tarbiyalash.
- Shaxs va irodaviy harakatlar
- Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik xususiyatlari.
- Iroda akti va uning to’zilishi.
- 3. Nihoyatda kuchli, qisqa muddatli va tez orada o‘tib ketadigan emotsional holat bu
Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Mustaqil va original tarzda yangi obrazlarni hosil qilish bu: A) ixtiyoriy xayol, B) ixtiyorsiz xayol, C) ijodiy xayol, D) orzu 2. Tafakkur jarayonining o‘ziga xos xususiyati tomonlarini aniqlang. A) tafakkur voqelikni bevosita aks ettirish demakdir B) tafakkur-sezgi – idrok - tasavvur C) narsa va xodisalarning butunligicha aks ettirishdir D) narsa va xodisalar o‘rtasidagi aloqa hamda muhim bog‘lanishlarni aks ettirishdir 3. Narsa va xodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutni tafakkur operatsiyalaridan qaysisi orqali aniqlanadi? A) sintez, B) mavhum, C) umumlashtirish, D) taqqoslash 4. Quyidagi hukmlardan qaysi biri tafakkurni to‘g‘ri ifodalaydi? A) ongimizda mavjud bilimlarni birlashtirish asosida yangi obrazlar yaratish B) voqelikni umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirilishi C) voqelikni analiz va sintez qilish D) bizga ta’sir etib turgan narsa va xodisalarning ongimizda aks ettirilishi 5. Tafakkur jarayonining o‘ziga xos xususiyati tomonlarini aniqlang. A) tafakkur voqelikni bevosita aks ettirish demakdir B) tafakkur yangilikni izlash va ochish demakdir C) narsa va xodisalar o‘rtasidagi aloqa hamda muhim bog‘lanishlarni aks ettirishdir D) narsa va xodisalarni butunligicha aks ettirishdir 6. Tafakkur shakllarini aniqlang. A) hukm, xulosa, tushuncha B) mulohaza, muhokama, muammo C) xulosa, fikr, gipoteza D) hukm, umumlashtirish, taqqoslash 7. Xissiy bilish – bu: A) fikrlarni muxokama kilib narsa va xodisalarni bilib olish; B) fikirlarni amaliy faoliyatda aks ettirish; C) vokeani nutk ishtirokida aks ettirish; D) narsa va xodisalarni sezgi, idrok, tasavvurlarda aks ettirish. 8. Fikr yuritish jarayonlari – bu: A) tushuncha, xukm; B) induksiya, deduksiya xulosalash; C) analogiya; D) analiz, sintez, takkoslash, umumlashtirish. 9. Borlikni bevosita aks ettirish: A) tasavvurlar orkali; B) idrok va tasavvurlar orkali; C) tushuncha, xukm, xulosa chikarish; D) takkoslash, analiz va sintez orkali buladi. 10. Tafakkur turlari – bu: A) analiz, sintez, takkoslash; B) tushuncha, xukm, xulosa chikarish; C) konkret, 128 abstrakt, nazariy,amaliy D) mustakillik, tankidiylik. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. Dyui D. Psixologiya i pedagogika mыshleniya.- M., 1998 3. Karimova V.M. va b.k.lar Mustaqil fikrlash.- T.- SHark, 2000 4. Karimova V., Sunnatova R. Mustaqil fikrlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan uslubiy qo‘llanma.- T.: SHark, 2000 5. “Psixologiya” Uch.T-2. “Prospekt”. Moskva - 2004. 6. Psixologiya i pedagogika. Pod redaksiey A.A.Radugina. Izd. “Sentr” 2003 7. Gamilton. YA.S. “CHto takoe psixologiya”. “Piter”, 2002. 8. Ananev B.G. “CHelovek kak predmet poznaniya”. “Piter”, 2001. 9. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003. 10. Burlachuk F. Psixodiagnostika. “Piter”, 2002. 11. Ayzenk M. Psixologiya dlya nachinayuщix. “Piter”, 2000. 12. Bolotova A.K, Makarova I.V. Prikladnaya Psixologiya: Uchebnik dlya vuzov.- M.Aspekt Press, 2002 – 383 s. 13. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznanie sebya: Vliyanie na lyudey:Posobie dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003.320 s. 14. Spravochnik po resheniyu krossvordov i skanvordov .- Rostov n\D: Vladis, 2002. – 640 s. Mavzu yuzasidan internet tarmog‘i bo‘yicha veb-saytlar ro‘yhati: 1. www.expert.psychology.ru 2. www.psycho.all.ru 129 11-MAVZU: EMOTSIYA VA IRODA PSIXOLOGIYASI Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari. Talaba bu mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng: - Hissiyot va uning hosil bo’lish manbalarini biladi; - Affekt va stress o’rtasidagi farqni tushuntiradi; - Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish tushunchasiga ta’rif beradi; Tayanch so’z va iboralar: Affekt , stress, maqsad, motiv, motivlar kurashi, iroda, iroda akti, irodaviy zo’r berish, qaror, qarorni ijro etish, ijroga baho berish, dadillik, qat’iyatlilik, matonatlilik, sabr-toqatlilik. Asosiy savollar: 1. Emosional jarayonlarning umumiy xarakteristikasi. 2. Emosional holatlarning xilma-xilligi. 3. Iroda. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Irodani tarbiyalash 1. Emosional jarayonlarning umumiy xarakteristikasi. His-tuyg’ular kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg’ular o’zining kechishiga ko’ra o’zgarib turadigan psixik jarayondir. His-tuyg’ularni boshdan kechirishning turli shakllari - Emotsiya, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish /stress/, ehtiros ko’rinishlariga ega bo’ladi. His- tuyg’ular shaxsning emosional sohasini tashkil etadi. Kishida his-tuyg’ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bo’ladi. Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, his-tuyg’ularning kechishi ham miya faoliyatining natijasi bo’lib hisoblanadi. Emotsiyaning paydo bo’lishi tashqi olamda ro’y beradigan o’zgarishlardan boshlanadi. Bu o’zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo’lishiga yoki yo’qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardagi o’zgarishlarga olib boradi. His-tuyg’ular kechishiga oid fiziologik jarayonlar ham murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog’liqdir. 2. Emosional holatlarning xilma-xilligi. «Hissiyot» /«Emotsiya»/ va «his-tuyg’u» degan so’zlar ko’pincha sinonimlar sifatida qo’llaniladi. Torroq ma’noda olganda, bu qandaydir biroz doimiyrok his-tuyg’ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishdan iboratdir. «Emotsiya» so’zi ruhiy hayajonlanish, ruhiy xarakterlanish degan ma’noni beradi. Emotsiyalar stenik va astenik turlarga bo’linadi. Stenik hislar kishining g’ayratlantirsa, astenik hislar esa uning faoliyatini susaytirib yuboradi. Kishini tez cho’lgab oladigan va shiddat bilan o’tib ketadigan his-tuyg’u affekt /hissiy portlash/ deb aytiladi. Bu paytda kishi ong bilan ishlay olmaydi, 130 o’zini boshqara olmaydi, nazorat keskin susayib ketadi, iroda o’ziga buysunmaydi. Kayfiyatlar uncha kuchli bo’lmagan, lekin uzoq vaqt davom etadigan barqaror hisdir. Kayfiyat shodu-xurramlik yoki qayguli, tetiklik yoki lanjlik, hayajonli yoki mayuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik kabilar tarzida kechadi. Stress – kuchli hissiy zo’riqishdan iborat jarayon. Hissiy zo’riqish xavf- xatar tug’ilgan, kishi xafa bo’lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan vaziyatlarda ro’y beradi. Ehtiroslar deb kishi hatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan, barqaror, chuqur va kuchli hislarga aytiladi. Masalan, rassomlikka, musiqaga ehtiros, bedana urishtirish kabilarga ehtiros. His-tuyg’ular hayvonlarga ham xos. Lekin insonning his-tuyg’ulari o’z mazmuni va kechishiga ko’ra hayvonnikidan tubdan farq qiladi. Masalan, jirkanish, faxrlanish, hasad qilish, shodu-xurramlik, zerikish, hurmat qilish, burchni his etish kabilar faqat insonga xos bo’ladi. Intellektual /aqliy/ his-tuyg’ularga bilishga qiziqish, ajablanish, shubhalanish, taajjublanish, ishonch kabi hislar kiradi. Bo’larning barchasi ijobiy xarakterga ega bo’lib kishini bilishga, o’rganishga, ishtiyoq bilan ishlashga undaydi. Ma’naviy his-tuyg’ularga do’stlik-o’rtoqlik, Vatanga muhabbat, insonparvarlik, hamdardlik, sodiqlik, uyalish, mehnatni sevish kabi his- tuyg’ular kiradi. Bizning axloqiy yetukligimiz, tarbiyalanganligimiz ana shu hislar orqali belgilanadi. Estetik his-tuyg’ularga bizning go’zal, chiroyli, yoqimli narsalardan zavqlanishimiz, shodlanishimiz, ho’zur qilishimiz, rohatlanishimiz kabilar kiradi. Bu hislarning manbai go’zal tabiat, san’at, adabiyot, chiroyli turmush kabilar bo’lishi mumkin. Intellektual, ma’naviy, estetik tuyg’ularni faoliyat va muomala jarayonida boshdan kechiramiz. Sosial voqyelikka nisbatan butun hissiy munosabatlar boyligini ifodalagani uchun ularni yuksak his-tuyg’ular deb ham aytamiz. 3.Iroda. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Irodani tarbiyalash. Iroda insongagina xos muhim xususiyat bo’lib, u shaxsning turli-tuman faoliyatlarida namoyon bo’ladi. Iroda inson faolligining muhim tomonini tashkil etadi. Odam tevarak-atrofdagi olamni o’z sezgi, idroklari yordamida bilib, o’rganibgina qolmay, uni o’z ehtiyojlari, zaruriyatlariga moslab o’zgartiradi ham. U o’z aql-idroki yordamida zarur natijani qo’lga kiritish uchun qachon, qayerda va qanday kuch–g’ayrat sarf etish zarurligi, ish faoliyatini qanday tashkil etish kerakligini belgilaydi. Ko’p hollarda murakkab hatti-harakatlar natijasidagina tegishli yutuq qo’lga kiritiladi. Bunday harakat davomida obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri keladi. Kuch-g’ayratni vujudga keltirish, qancha vaqt kuch-g’ayrat zarur bo’lsa, uni o’shancha vaqt saqlab turish uchun kishiga iroda kerak. Iroda kishi ongining 131 shunday bir sohasiki, bu orqali odam o’z ishiga faol kirishadi va uni muvofiqlashtirib boradi. Iroda tufayli kishi o’z shaxsiy tashabbusi bilan, ongli zaruratdan kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yo’nalishda va oldindan nazarda tutilgan kuch-g’ayrat bilan tegishli ish harakatlarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari, odam o’z psixik faoliyatini tegishli ravishda uyushtirish hamda uni muayyan bir mazmunga yo’naltirishi ham mumkin. Odam o’zidagi emosional holatni sirtiga chiqarmaslikka, tashqi tomondan bilintirmaslikka harakat qilishi, goho tashqi tomondan mutlaqo buning aksi bo’lgan holatlarni ifoda etishi ham mumkin. Xullas, iroda, bir tomondan, odam hatti-harakatini yo’nalishga soladi yoki uni biror harakatdan saqlab qoladi, ikkinchi tomondan, mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining psixik faoliyatini uyushtiradi. Shaxs va irodaviy harakatlar. Odamning irodaviy harakatlari o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini, turli-tuman yumushlarini shunchaki bajarishdangina iborat emas. Balki irodaviy harakat o’ziga xos xususiyatga egadir. Buning ma’nosi shuki, odam o’z oldida turgan va uning uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarga o’zi uchun unchalik ahamiyatli bo’lmagan boshqa hatti-harakat motivlarini buysundiradi. Iroda kishining o’z hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarishni, bir qator intilish va istaklarni tiyib turishni taqoza etadi. Irodaviy harakat shundan iboratki, bundan odam o’zini-o’zi idora qiladi, o’zini-o’zi qo’lga oladi, o’z his- tuyg’ularini nazorat qilib turadi va kerak bo’lib qolgan paytlarda ularni bosa oladi. Irodaning namoyon bo’lishi ish-harakatlarda ongning ishtirok qilishi bilan bog’liq bo’lgan shaxs faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng miqyosda anglangan va psixik jarayonlarni amalga oshirish xarakteri jihatidan irodaviy zo’r berishni talab qiladigan bir qator ishlarni taqoza qiladi. Ko’pincha irodaviy faoliyat odamning hayot yo’lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini ko’rsatadigan qarorlarga kelish bilan bog’lik bo’ladi. Bunda burch hissi, Vatan va xalq oldidagi burchini aniq anglash namoyon bo’ladi. Bo’larga misol qilib Ulug’ Vatan urushi davridagi kishilarimizning qahramonliklarini ko’rsatishimiz mumkin. Irodaviy harakatlarning nerv-fiziologik xususiyatlari. Irodaviy faoliyat turli-tuman harakatlar natijasida amalga oshiriladi. Harakatlar esa suyak-muskul sistemasining faoliyati tufayli vujudga keladi. Ma’lumki, insonda turli harakatlarni vujudga keltiradigan 600 dan ortiq katta va kichik muskullar mavjuddir. Bu muskullarning harakati alohida-alohida, bir- biridan ajralgan holda emas, balki ularning birgalikdagi faoliyati tufayli hosil bo’ladi. Insonning istalgan bir harakatida bir guruh muskullar albatta ishtirok etadi. Bosh miya yarim sharlarida harakatlarni boshqaruvchi maxsus uchastka bor. Bu yerdan tanamizning barcha qismlariga nerv tolalari ketgan bo’ladi. Bu markaz teskari aloqa usulida ishlaydi va harakatlarimizni boshqarib, tartibga solib turadi. Bordi-yu harakat markazi ishdan chiqsa, odamning harakatlari ham bir-biri bilan uyg’unlashmaydi, izdan chiqadi, qilmoqchi bo’lgan ish- 132 harakatlarni odam to’g’ri bajara olmaydi. Buni spirtli ichimlik iste’mol qilgan kishi harakatida ko’rish mumkin. Irodaning nerv-fiziologik mexanizimi sifatida bosh miya katta yarim sharlari po’stining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan faoliyatini ham ko’rsatish mumkin. Demak, irodaviy harakatlarning mexanizmini bosh miyadagi harakat markazi faoliyati, suyak-muskul sistemasining faoliyati, shartli reflekslar va ikkinchi signallar sistemasi tashkil etadi. Iroda akti va uning to’zilishi. Irodaviy harakatlarning dastlabki boshlang’ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o’rtaga qo’yilishidir. Maqsad - kishining shu paytda kerakli va zarur deb topgan ish- harakatlarini tasavvur etishi demakdir. Maqsadni tasavvur qilish odatda, shu maqsadga erishish, istak-orzuni amalga oshirish yo’lidagi intilishga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishi qiyin ahvolga tushib qolsa, shu ahvoldan bir amallab qutilishini o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Kishi shu vaziyatni ma’lum darajada o’zgartirish, bir nimaga barham berish, bir nima qo’shish va shu kabi maqsadlarni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Hatti-harakatni maqsad qilib qo’yish kishining mehnat faoliyati, kasb- koriga bog’liq bo’lgan vazifalariga va turmushdagi burchlariga qarab belgilanadi. Kishi jamiyatda, jamoada tutgan o’rni maqsad qo’yishga ta’sir etadigan muhim omil hisoblanadi. Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol tasavvur qilinadigan maqsad tarzida hosil bo’la qolmaydi. Ko’ngilda kechayotgan ehtiyoj va intilishlar turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin. Masalan, ehtiyoj va intilishlar ba’zan istak tarzida ko’ngildan kechadi. Istak shunday holatki, bunda odam o’ziga nimadir yetishmayotganini, nimanidir istayotganini his qilib turadi-yu, o’sha narsa nima ekanini yaxshi tasavvur qila olmaydi. Tilak intilishning shunday bosqichiki, bunda kishi harakat maqsadini anglab yetadi, lekin unga erishish yo’llari va vositalarini hali tushunib yetmaydi. Ehtiyoj yana kuchayib boraveradi. Natijada intilishi maqsadlaridan tashqari, uning yo’l, usul va vositalari ham asta-sekin anglashilib boradi. Intilishning bunday to’la anglanilgan bosqichi hohish deb aytiladi. Maqsadning va unga yetishish yo’llarining ma’qul va noma’qulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb aytiladi. Kishi nega boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu maqsadni o’z oldiga qo’ymokda, shu maqsadga yetishmoq uchun boshqa yo’l va vositalar bilan emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko’rishning sababi nima degan savolga javob motiv deb ataladi. Maqsadlarni, ularga erishish yo’llari va vositalarini tanlash jarayoni ba’zan ichki kurash xarakteriga ega bo’ladi. Bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo’lgan bir necha motiv maydonga chiqadi. Bu jarayon motivlar kurashi deb yuritiladi. Motivlar kurashi ko’pincha tafakkur bilan hissiyot o’rtasidagi kurashdan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, bu burch hissi bilan unga 133 oid bo’lgan qandaydir boshqa shaxsiy his o’rtasidagi kurash tarzida ham namoyon bo’lishi mumkin. Maqsadga erishish yo’llari va vositalarini tanlash jarayoni, rejalashtirish motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo’lidagi harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Tez qarorga kelish sur’ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal qiluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga, tafakkur va hayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, dunyoqarashi, temperament va xarakteriga, boshqa kishilarning maslahati, buyrug’i, takliflariga bog’liqdir. Bundan tashqari, maqsadning ahamiyatliligiga, birorta qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga ham bog’liq bo’ladi. Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas balki, qarorni tez va dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni belgilangan muddatda bajarish – qat’iyatni namoyish qilish demakdir. Qabul qilingan qaror mustahkam yoki bo’sh bo’lishi mumkin. Bir marta qabul qilinib, keyinchalik o’zgartirilmaydigan va ma’lum vaqt davomida albatta bajariladigan qaror qat’iy va mustahkam qaror deyiladi. Qaror qabul qilinsa-yu, keyin yo o’zgartirilsa, yoki boshqa yangi qaror bilan almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday qaror bo’sh qaror deyiladi. Qat’iy va mustahkam qarorga kelish irodaning ijobiy xususiyatidir. Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko’rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o’tishni qarorni ijro etish deyiladi. Irodaning eng muhim va asosiy bosqichi qarorni ijro etishdir. Odatda irodaviy harakatlar 2 xil: jismoniy va aqliy bo’ladi. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operasiyalari, o’yin va sport mashg’ulotlari va boshqalar kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish kabilar kiradi Ko’p vaqt takrorlanib o’zlashib ketgan, ko’nikma va malakalarga aylangan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir. Qarorni ijro etish, odatda, ma’lum vaqt, muddat bilan bog’liq bo’ladi. Qaror kechikmasdan, belgilangan muddatda ijro etilsa, bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi. Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi, ayrim hollarda esa o’z vaqtida bajarilmay qoladi. Ijrosi paysalga solinadigan yoki butunlay ijro etilmaydigan qarorlar niyatlar deb aytiladi. Bir qator hollarda qarorga kelish boshqa kuchli ehtiyojlarning ta’sirini zaruriy tarzda yengish bilan bog’liq bo’lgan jiddiy xarakterdagi ichki zo’r berish bilan bog’liq bo’ladi. O’zidagi qarshiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lgan bunday jarayon irodaviy zo’r berish deyiladi. Irodaviy zo’r berish ongning, avvalo nerv-muskul apparatining maxsus zo’rikishida ifodalanadi va organizmning tashqi o’zgarishlarida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, zo’r berish uchun yana kuch sarflashga ham to’g’ri keladi. 134 Irodaviy zo’r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo’lida uchraydigan to’siqlarni yengishda namoyon bo’ladi. To’siqlar esa ikki xil: ichki va tashqi to’siqlar bo’lishi mumkin. Irodaning navbatdagi bosqichi ijroga baho berish bo’lib hisoblanadi. Baho berish qilingan ishni ma’qullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo’ladi. Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan harakatlardan mamnun bo’lish yoki mamnun bo’lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda ifodalanadi. Demak, iroda insongagina xos noyob psixik jarayondir. U insonning ongli harakatlarida namoyon bo’ladi. Iroda tufayligina turli qarshiliklarni yengib o’z maqsadimizga erishamiz. Iroda juda murakkab to’zilishga egadir. U ko’plab harakat bosqichlarini o’z ichiga oladi. Mavzu yuzasidan test savollari: 1.Qa’tiy maqsad asosida amalga oshirilgan va ayrim qiyinchiliklarni engish bilan bog‘liq harakatlar bu: A) tafakkur B) ijod C) iroda D) xayol 2. Har qanday irodaviy harakat nimadan boshlanadi? A) maqsadsiz harakatdan B) ixtiyorsiz harakatlardan C) maqsadni belgilab anglashdan D) qurqoqlikni engishdan 3. Nihoyatda kuchli, qisqa muddatli va tez orada o‘tib ketadigan emotsional holat bu: A) xotira B) affekt C) stress D) ijobiy emotsiya 4. Quyidagi sifatlar orasida ijobiy irodaviy sifatlar guruhini ajrating. A) dadillik, mustaqillik, jasurlik B) og‘ir tabiatlilik, xushchaqchaqlik, sadoqatlilik C) tashabbuskorlik, jo‘shqinlik, ehtiyotkorlik D) epchillik, ishbilarmonlik 6. Layokat – bu: A) shaxsning yakka xususiyati; B) layokat qobiliyatning shakllanishiga ta’sir kiladi C) qobiliyatning rivojlanishi tugma imkoniyat; D) tasavvurlar tuplami. 7. Istedod – bu: A) kishining muayyan faoliyatga layokati; B) instinkt; C) kunikma, malaka, bilim; D) qobiliyatlarda namoyon buladigan tugma xususiyat. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling