Psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya
Download 140.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Psix. Xizmat. Atayave R^
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Sharof Rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya yo’nalishi talabasi Abdukarim Abduqayumovning psixologik xizmat fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko’rinishlari O’qituvchi: Atayeva R Reja: 1. Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat, uning turlari. 2. Psixodiagnostika-psixologik xizmat vazifalaridan biri sifatida. 3. Diagnostik-korreksion ishning o'tkazish bosqichlari • Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat, uning turlari Psixologik xizmat faoliyati yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan otishlari lozim. Maslahat berish psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlaridan biridir. Lekin inmaligi haqida yagona tush psixologik maslahat ozi nimaligi haqida yagona tushuncha yo'q Kollejlardagi yoki akademik litseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq oquv muassasasidagi o'qituvchilar va o'quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlari rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida boladi. U har bir o'quvchi yoki o'qituvchining ozinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistemasini ham koradi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi. Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi: 1. Bolalar, oqituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat, direktor, rektor, mudir, o'qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish. 2. Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, ozaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, Jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish. 3. Ma'muriyatga, bolalar, o'quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar boyicha bolalar, o'quvchilar, talabalarning psixik osishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o'g'il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarning g'amxo'rlik va vasiylik togrisidagi qabul qilgan qarorlariga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim. .4. Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o'zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi boyicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi. 5. Yangi tipdagi maktablarga orta-maxsus va kasb-hunar kolleji oquvchilari, akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli togrisida ilmiy- amaliy xususiyatga molik konsultatiy ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish. Maslahat berish ishlari amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari oqituvchilar, oquvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bolishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni korsatadiki, oqituvchilar ko'pincha psixologga quyidagi muammolar boyicha murojaat qiladilar: turli fanlar boyicha oquvchilarning ozlashtirishdagi qiyinchiliklari, bolalarning o'qiy olmasligi va istamasligi, guruhdagi nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta'sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo'llari, oquvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yollari, oquvchilar bilan kasbga yonaltirish ishlarini olib borish. Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar berish 60 yildan koproq vaqt ichida chet elda rivojlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda maslahat berish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotini murakkablashtiradigan qator notogri fikrlarning kuchayganligi bilan duch kelmoqda. Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning qarama-qarshi ta'sir korsatishi sezilarli o'rin egallaydi. Masalan, ota-onalarning, ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishda bandligi sezilarli ozgarishlarni vujudga keltirmoqda.Bundan tashqari, kopchilik bolalaming bolalar muassasalarida tarbiyalanishi ota- onalar psixologiyasida ma'lum ma'noda o'z izini qoldiradi. Ota-onalar ozlarining funksiyalarini bog'chalarga, keyinchalik maktablarga ag'darib qo'ymoqdalar. Ota- onalarning ajralishi bola psixikasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, oilaning buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib qo'yadigan kuchli psixologik omil bolib, unga ko'nikish uchun bolaga kamida 2 yil kerak. Tarbiyaviy xavfli guruhga yolg'iz bolali oilalarda tarbiyalanuvchi bolalar ham kiradi. Xilma-xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab ham muhim o'rin egallaydi. Misol uchun tibbiyot mezonlariga qaraganda maktab yoshidagi bolalarniing 15-20 foizi qisqa muddatli yoki doimiy psixoterapiyaga muhtojlar. Maktabda keng tarqalgan psixologik muammolar juda kop: ichki oquv motivatsiyasining sustligi, past ozlashtirish, o'qituvchilar va tengdoshlari bilan nizoli munosabatlar, o'z-o'zini past baholash, jamiyatga qarama-qarshi guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar. Yuqorida sanab korsatilgan muammolarning kopchiligiga shaxs rivojlanish bosqichlarida ehtiyojlarni va chuqur qonuniyatlarni yetarlicha hisobga olmaslik, barcha bolalarga bir xil talab qoyish, ularning individual psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini e'tiborga olmaslik sabab bo'lmoqda. Bolaning kopgina ijobiy xususiyatlari, masalan, she'riyatga, matematikaga, musiqaga va boshqalarga nisbatan erta koringan layoqatilik yoki umumiy psixik taraqqiyotining juda oldindaligi kopgina psixologik va pedagogik muammolarning manbai bo'lishi mumkin. Amaliyotchi psixologga oquvchilar ham kattalar va tengdoshlari bilan ozaro munosabatni yaxshilash masalalari, o'z-o'zini tarbiyalash, kasbiy va shaxsiy oz ozini bilish, aqliy mehnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar boyicha murojaat qiladilar. ar bilan bevosita aloqada ulard Psixolog oquvchilar bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to'g'ridan-to'g'ri maslahat berish deb ataladi. Ba'zan oquvchilarga va ota-onalarga oqituvchilarning u yoki bu muammolari boyicha maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda ma'lum qoidalarga amal qilishga togri keladi Maslahat berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning o'zaro ta'sir jarayoni, ular orasida ishonchli o'zaro munosabatni o'rnatish yotadi. Bunda psixolog maslahat beruvchi; o'qituvchi, otaona maslahat beriluvchi; oquvchi- mijoz rolida boladi. Maslahat berish ishini quyidagicha sxematik tasvirlash mumkin. 1. Maslahat 2. Muammolar 3. Sabablarni bola bilan aniqlash ishlash Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va oqituvchi o'z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon boladi. 1. O'quvchi muammolari boyicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda. 2. Psixolog o'quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularningqiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni organadi, mutaxassis va yyetuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam korsatadi. 3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, oquvchilar, kollej o'quvchilari yangi tipdagi maktab, oliy o'quv yurti talabalarida uchraydigan o'quv malakalari va konikmalarini egallashdagi nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlari diagnostika qiladi. UZ 4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differentsial diagnostikani amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulqatvor sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksikomanlik, alkogolizm, ogrilik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi. 5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda qatnashish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi. Psixolog ta'lim-tarbiya ish rejasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab chiqishda, oquv dasturi va qo'llanmasini yaratishda faol ishtirok etishi, bosh maqsad bolgan shaxsning intellektual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish konikmalari vamalakalari, mutaxassislik lik fazilatlarini shakllantirishdek muqaddas ishga oziniig munosib ulushini qo'shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi. Yangi tipdagi maktablarga, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy oquv yurtlariga o'quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning Imkoniyati, istiqboli togrisida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni olib borishi yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalardan iborat Psixologning maslahat berish ishlari asosan shaxs bilan birgalikdagi kelishuvi asosida shakllanadi. Psixolog maktabda, litsey, universitetda yoki tashkilotda faoliyat yuritmasin shaxs bilan ish olib boradi. Ishlash jarayonida ularga maslahat yoki yollanma beradi. Maslahatni mijozga berishdan avval uni yaxshilab eshitadi va suhbat olib boradi. Mijoz psixolog oldida muammo bilan keladi, psixolog uni har tomonlama o'rganishi lozim. Shunda kutilgan natijaga erishishi mumkin. Psixolog maslahatni asosan hayotiy misollar bilan, shaxslarga bog'lab, obrazlar orqali mijozlar ongiga singdirishi va uning tanlash huquqi erkinligini eslatib o'ziga qo'yib berilsa, kutilgan natijaga erishish mumkin Foydalanilgan adabiyotlar WWW.ARXIV.UZ Document Outline
Download 140.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling