Psixologiya va yoshlar psixologiyasi


Mavzu:Xotira turlari va uning jarayonlari


Download 126.3 Kb.
bet23/37
Sana16.01.2023
Hajmi126.3 Kb.
#1096068
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
Psixologiya.Mustaqil ish

Mavzu:Xotira turlari va uning jarayonlari.
Reja
1. Xotira haqida umumiy tushuncha.

2. Xotira jarayonlari.

1. Savol bayoni. Xotira haqida umumiy tushuncha.
Xozirgi davrda qo’llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta’rif berilib kelinmoqda: «Individning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta’rifda xotiraga taalluqli bo’lgan juda ko’p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o’z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hech qanday haqhuquqimiz yo’q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdanbir yo’li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta’rif berishdan iborat: «Xotira atrofmuhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexaniq yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda sakdash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mpsmik (yunoncha tpeta — xotira) faoliyatdir».
Xotirani o’rganish soxasidagi eksperimental tadkikotlarni dastavval assotsiativ psixologiya namoyondalaridan G.Ebingaus boshlab bergan. Keyinchalik xotira problemasi kup tadkikotchilarning dikkatini uziga jalb etgan. Akademik Pavlovning oliy nerv faoliyati xakidagi ta’limotiga kura, bosh miya pustidagi nerv xujayralari nixoyat darajada plastiklik xususiyatiga egadir. Bu xujayralar nozik sezgirlik va uzgaruvchanlik bosh miya pustida shartli reflekslarning, ya’ni assotsiyatsiyalarning yuzaga kelish imkonini beradi. Xotiraning fiziologik asosida bosh miya pustida turli murakkablikdagi shartli reflekslarning xosil bulishi, miyada uzoq muddat saklanib turishi tormozlanib vaqtincha sunib qolishi keyinchalik yana qaytadan tiklanishidan iborat bo’lgan murakkab jarayonlar yotadi.
Assotsiatsiya – bu biz idrok qilgan, ya’ni ongimizda aks ettirgan va xotiramizda mustaxkamlanib kolgan turlicha narsalar xamda xodisalar urtasidagi bog’lanishdir. Shartli reflekslar esa assotsiatsiyalarni moddiy, ya’ni nerv-fiziologik asosini tashkil etadilar. Bosh miya pustlogi muvakkat nerv bog’lanishlarining yuzaga kelishi, mustaxkamlanishi va keyinchalik turli qo’zg’ovchilar ta’sirida qaytadan jonlanishi xotira jarayonlari – esga olish, esda saklash va esga tushirishning fiziologik asosini tashkil qiladi. Bosh miya pustlogida yuzaga kelgan muvakkat nerv bog’lanishlar, ya’ni assotsiatsiyalar deb atalmish bu bog’lanishlar real voqelikdagi narsa va xodisalarning fazo xamda vaqt jixatidan o’zaro yondoshlik alokalarini, ular urtasiga uxshashlik va tafovut munosabatlarini va, nixoyat, sabab-natija bog’lanishlarini aks ettiradi. Bilish ob’yektlari yonma-yon to’rgan yoki ketma-ket kelgan xollarda fazo yoki vaqt jixatidan yondoshlik assotsiatsiyasi ro’y beradi va shu sababdan bunday ob’yektlar baravar esga olinadi xamda baravar esga tushiriladi.

Download 126.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling