"psixologiya"
2. Muloqotning tomonlari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- A) Muloqotning kommunikativ tomoni
42 2. Muloqotning tomonlari. Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o’rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni. Muloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixologik jarayon. Muloqotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri. Endi muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chiqamiz. A) Muloqotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g’oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ―til. ( yozma- og’zaki, monologik-dialogik nutq) Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo’lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog’liq bo’ladi. O’qituvchi-o’quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi. Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo’lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya kilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so’zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko’z qarashlar, to’xtashlar (pauza) ifodalari va hokazo. Buyuk rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, 85 xil ko’z qarashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigoxlarining 2000 ga yaqin ko’rinishlari bor. Bu noverbal muloqot vositalarining milliy va xududiy xususiyatlari bor. Masalan: o’zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o’zaro munosabatlarning bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko’proq ishlatilishi bilan bog’liq. Bolgarlar biror fikrni tasdiqlamoqli bo’lishsa, boshlarini chayqashadi, inkor etmoqchi bo’lishsa, bosh siltashar ekan. Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham ahamiyatga ega: Masalan, ayollar xissiyotga berilganligi uchun bir – birlari bilan yaqin turib gaplashar ekanlar, erkaklar o’rtasida masofa bo’lar ekan. O’quvchilarni partada orqama – ketin o’tqazgandan ko’ra doira shaklida o’tqazilsa, ularda javobgarlik xissi yuqoriroq bo’lar ekan, Emotsiyalar almashgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo’lib, bolalarning predmetga va bir – birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo’lar ekan. Demak ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqka e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog’laridanoq nutq madaniyatiga o’rgatish, nutqlarini o’stirish choralarini ko’rish zarur. Pedagog ham nutq madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling