"psixologiya"
-MAVZU: EMOTSIYA VA IRODA PSIXOLOGIYASI
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
11-MAVZU: EMOTSIYA VA IRODA PSIXOLOGIYASI
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari. Talaba bu mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng: - Hissiyot va uning hosil bo’lish manbalarini biladi; - Affekt va stress o’rtasidagi farqni tushuntiradi; - Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish tushunchasiga ta’rif beradi; Tayanch so’z va iboralar: Affekt , stress, maqsad, motiv, motivlar kurashi, iroda, iroda akti, irodaviy zo’r berish, qaror, qarorni ijro etish, ijroga baho berish, dadillik, qat’iyatlilik, matonatlilik, sabr-toqatlilik. Asosiy savollar: 1. Emosional jarayonlarning umumiy xarakteristikasi. 2. Emosional holatlarning xilma-xilligi. 3. Iroda. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Irodani tarbiyalash 1. Emosional jarayonlarning umumiy xarakteristikasi. His-tuyg’ular kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg’ular o’zining kechishiga ko’ra o’zgarib turadigan psixik jarayondir. His-tuyg’ularni boshdan kechirishning turli shakllari - Emotsiya, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish /stress/, ehtiros ko’rinishlariga ega bo’ladi. His- tuyg’ular shaxsning emosional sohasini tashkil etadi. Kishida his-tuyg’ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bo’ladi. Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, his-tuyg’ularning kechishi ham miya faoliyatining natijasi bo’lib hisoblanadi. Emotsiyaning paydo bo’lishi tashqi olamda ro’y beradigan o’zgarishlardan boshlanadi. Bu o’zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo’lishiga yoki yo’qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardagi o’zgarishlarga olib boradi. His-tuyg’ular kechishiga oid fiziologik jarayonlar ham murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog’liqdir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling