"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
H a yo l t u r l a r i. Hayol yaratgan obrazlarining mazmuni jihatdan
tasavvur hayol va ijodiy hayolga bo’linadi. Tasavvur hayol deb xozir yoki o’tmishda bo’lgan bo’lsada, lekin hali bizning tajribamizda uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va xodisalar to’g’risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan hayol turiga aytiladi. O’quvchilar bilimilarni o’zlashtirishda tasavvur hayol obrazlaridan keng foydalanadilar. Chunki o’qituvchining tarix, geografiya, adabiyot materiallarini gapirib, tasvirlab berishi asosida o’quvchilar u narsalarning obrazlarini ko’z oldilariga keltiradilar va o’zlashtiradilar. 125 Ijodiy hayol deb bizning tajribamizda bo’lmagan va voqyelikning o’zida ham uchramagan narsa va xodisalar haqida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan hayol turiga aytiladi. Ijodiy hayol tufayli san’at, adabiyot, texnika sohalarida yangiliklar yaratiladi. Chunki ijodiy hayol obrazlari tamoman yangi, original obrazlar bo’ladi. Ijodiy hayolning o’ziga xos xususiyati shundaki, avvalo yaratilayotgan obraz haqiqatda yo’q, biron yangi obraz bo’ladi. So’ngra jamiyatning yoki shu kishining extiyojlari shu obrazning yaratilishiga kishini rag’batlantiradi. Ijodiy hayol so’zlarda va moddiy narsalarda gavdalantiriladi. Orzu va shirin hayol surishlar ijodiy hayolning alohida turlaridir. Orzu ijodiy hayolning kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Demak, u orqali istiqbol obrazlari yaratiladi. Hayol o’zining paydo bo’lishiga ko’ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo’ladi. Ixtiyorsiz hayolda oldindan belgilangan maqsad bo’lmaydi, unda iroda faol ishtirok etmaydi, obrazlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Ixtiyorsiz hayol avvalo shu paytda qondirilmagan extiyoj tufayli hosil bo’ladi. Masalan, kishi chulu-biyobonda ketayotib qattiq chanqasa, uning ko’z oldiga vodaprovod, buloq, ariq suvlarining obrazi kelaveradi. Shirin hayol surish va orzu ham ixtiyorsiz vujudga keladi. Kechasi uxlab yotgandagi tush kurish tufayli xilma-xil obrazlarning ko’z oldimizga kelishi ham ixtiyorsiz hayol materiallaridir. Ixtiyoriy hayol surishda kishi oldiga qo’ygan maqsadi asosida hayol surib, ataylab obrazlar yaratadi. Masalan, yozuvchining yangi asar yaratishida surgan hayollari ixtiyoriy hayoldir. Umuman olganda, san’at asarlarining barchasi ixtiyoriy hayol natijasidir. Ixtiyoriy hayol birovlarning turtkisi, topshirig’i bilan ham vujudga kelishi mumkin. Hayol tasavvurlari xotira tasavvurlariga asoslangan holdagina paydo bo’ladi. Masalan, biz shu yerda suvlar, muzlar, sovuqlarni ko’rmaganimizda, ular haqida tasavvurga ega bo’lmaganimizda edi, shimoliy muz okeanini ham ko’z oldimizga keltira olmagan bo’lar edik. Lekin hayol tasavvurlari xotira tasavvurlarining ko’z oldimizda gavdalanishidangina iborat emas, balki xotira tasavvurlari qayta ishlanib, mutlaqo yangi tasavvurlar vujudga keladi. Hayolning sintez qiluvchi faoliyatining oddiy shakli agglyutinasiyadir. Agglyutinasiya ayrim elementlarni yoki bir necha buyumlarning qismlarini bitta obraz qilib qo’shish va shularning kombinasiyasidir. Xotira tasavvurlarini kayta ishlab hayol obrazlari yaratishda narsalarni kattalashtirish yoki kichraytirish jarayonlari vujudga keladi. Masalan, ertaklarda ayrim kishilar hayol obrazlari tufayli bo’yi terakday, qorni bo’chkaday, beliga qirq gaz arqon yetmaydigan qilib tasvirlanadi. Hayol natijasida buyumning faqat bir qismini kattalashtirish yoki kichraytirish aksentirovka deb aytiladi. Bu ko’proq karikatura asarlarida uchraydi. 126 Tip – individual obrazdir, ammo bu obrazda butun bir guruh, sinf, millat kishilarining eng xarakterli belgilari birga qo’shilib yaxlit aks ettiriladi. Hayolning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, u uzoq-uzoqlarga parvoz qila oladi. Hayol obrazlari orqali biz uzoq o’tmishga nazar tashlab, tarixiy voqyealarni, tarixiy shaxslarni ko’z oldimizga keltirishimiz yoki kelajakka nazar tashlab, o’z baxtli kelajagimizning obrazlari va ideallarini yaratishimiz mumkin. Bu jarayonlarning hammasi nutqimiz va tafakkurimiz bilan birga bo’ladi. Shuning uchun hayol jarayonlarida nutq va tafakkur katta rol o’ynaydi. Hayol obrazlarining vujudga kelishi – bu inson miyasi faoliyatining natijasidir. Hayol va boshqa barcha psixik jarayonlar katta yarim sharlar po’stining faoliyatidir. Hayol kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi jihatdan kishilarda farq qiladi. Hayolning kengligi voqyelikning kishilar hayol faoliyati uchun obyekt bo’ladigan sohalari doirasi bilan belgilanadi. Alisher Navoiy, Hamza Hakimzodaning hayoli ana shunday keng hayolga misoldir. Masalan, Hamza adabiyotning turli sohalarida unumli ijod qila olgan. Chupon hayoti, paxtakorlar, bog’bonlar, ishchilar hayotidan asarlar yozadigan yozuvchilarni ham keng hayolli deb aytishimiz mumkin. Hayolning mazmundorligi biror obyektga nisbatan hayolda tug’ilayotgan tasavvurlarning boyligi, xilma-xilligi va ma’nodorligi bilan belgilanadi. Hayolning kengligi ko’pincha mazmundorlik bilan bog’liq bo’lib, keng hayol mazmundor ham bo’ladi. Hayol kuchli va kuchsiz bo’ladi. Uning kuchi idrok obrazlariga qanchalik yaqin turishiga qarab belgilanadi. Hayol kuchi xissiyotga bog’liq bo’ladi. Kishining xissiyoti qanchalik kuchli, extirosli bo’lsa, hayol obrazlari ham shunchalik kuchli, yorkin va jonli bo’ladi. Hayol obrazlari kishining umumiy holatiga ham bog’liq. Kishi kasal vaqtida hayol obrazlari kuchlirok, jonliroq bo’ladi. Natijada gallyusinasiya yuz beradi. Gallyusinasiya aslida kuchli hayol obrazlaridir. Voqyelikni to’g’ri aks ettiradigan hayol real hayoldir, noto’g’ri aks ettiradigan hayol xom hayoldir. Inson faoliyatining hamma turlarida: o’yinda, o’qishda, mehnatda, fan va ijodiyotda hayolning ahamiyati kattadir. Bolalikdagi o’yinlar – asosan, bolalar fantaziyasining namoyon bo’lishidir. Bolalarning ijodiy o’yinlarida ularning organizmi kamol topadi va mustahkamlanadi, aqli, irodasi, ma’naviy va estetik xislari o’sadi. Hayolning bo’lishi insonning har qanday ishni ijodiy bajarishga yoki bu ishga ijodkorlik elementlarini kiritishga imkon beradi. Aks holda mehnatning har bir turi ilgari o’rganib olingan usullar va harakatlarni shunchaki takrorlash yo’li bilangina bajarilishi mumkin. Ilmiy tadqiqotlarda ham hayol katta rol uynaydi. Chunki turli ilmiy gipotezalar hayol tufayli yaratiladi. Hayol bo’lmaganda edi qishloq xo’jaligida novatorlik, texnikada ixtirochilik va san’atda yangiliklar yaratish mumkin 127 bo’lmagan bo’lur edi. Albatta, real va ijodiy hayolgina inson faoliyatida ana shunday ijobiy rol o’ynaydi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling