"psixologiya"


-MAVZU: TAFAKKUR VA HAYOL


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   175
Bog'liq
psixologiya

10-MAVZU: TAFAKKUR VA HAYOL. 
 
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari. Talaba bu mavzuni to’la 
o’zlashtirgandan so’ng: 
- Tafakkurning mohiyati va turlarini biladi; 
- Fikrlash operasiyalarini sanaydi;
- Hayol va uning ahamiyatini tushuntiradi; 
- Hayol jarayonida “analitiko-sintetik faoliyat” tushunchasiga ta’rif beradi; 
- Sinkveyn (ma’lumotlarni yig’ish) strategiyasini qo’llaydi. 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
tafakkur, ijodiy tafakkur, amaliy tafakkur, mantiqiy tafakkur, induksiya,
deduksiya, hukm, tushuncha, xulosa chiqarish, tafakkur sifatlari, hayol,
tasavvur hayol, hayolning realligi, gallyusinasiya, giperbolizasiya, 
tipiklashtirish, aksentirovka, orzu, sxemalashtirish, qiyoslash, analitik, sintetik.
 
Asosiy savollar
1. Tafakkur haqida tushuncha. Fikrlash operasiyalari.
2. Tafakkur turlari. Muammoli vaziyat va masala yechish.
3. Tafakkurning individual xususiyatlari.
4. Hayol to’g’risida tushuncha. Hayol va muammoli vaziyat.
5. Hayol turlari. Hayol jarayonida analitiko-sintetik faoliyat.
 
1. Tafakkur haqida tushuncha. Fikrlash operasiyalar.
Tashqi olamdagi voqyeilikni sezgi, idrok va tassavur jarayonlari orqali 
bilish muhim ahamiyat kasb etadi, lekin o’rganilayotgan narsa va xodisalarni 
atroflicha chuqur aks ettirish uchun bular hali yetarli emas. Chunki ularning 
o’zaro munosabatlari, sifat va miqdor o’zgarishlari, murakkab ichki 
bog’lanishlari, o’zaro ta’sir etish xossalarini bevosita kuzatish yoki xissiy 
obrazlar yordamida aniqlash imkoniyati yo’q. 
Madomiki shunday ekan, subyektning bilish /anglash/ lozim bo’lgan 
obyekt bilan o’zaro ta’sirini bevosita aks ettirish yo’li orqali bo’laklarga ajratish 
imkoniyati cheklanganligi sababli xissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga,
ya’ni tafakkurga o’tish zarurati tug’iladi. Fikr yuritish yordamida atrof – 
muhitni chuqurroq bilish, narsalar, voqyealar va xodisalar o’rtasida mavjud 
bo’lgan o’zaro ichki munosabatlar, bog’lanishlarni aniqlash problematik tarzda 
namoyon bo’ladi. Inson oldida problema – muammo vujudga kelmas ekan, u 
holda tafakkur jarayoni xosil bo’lishi mumkin emas.
Shunday qilib, inson o’zining bilish faoliyatida voqyeilikning murakkab 
jihatlarini xissiy bosqich yordami bilan aks ettira olmay qolganda tafakkurga,
fikr yuritishga murojaat qiladi.
Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tassavur obrazlari bilan 
tafakkur o’zaro uzliksiz ravishda bir – birini boyitib turadi. Ana shunga binoan 
bilish jarayonining xissiy va aqliy bosqichlari mavjuddir.
Tafakkur, sezgi va idrokdan farq qilib, bir nechta xususiyatga egadir.
Uning birinchi xususiyati voqyeilikni umumlashgan holda aks ettirishdir. 


120 
Tafakkurning ikkinchi muhim xususiyati bog’lanishlarni bevosita aks 
ettirishdir. Bu xususiyat tufayli tabiat va jamiyatdagi turli xodisa va voqyealar 
o’rtasidagi bog’lanishlarni tushuntirish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Tafakkurning uchinchi xususiyati so’z /nutq/ orqali narsa va xodisalar 
o’rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettirishdan iboratdir. Insonnning fikr 
yuritishi bir va undan ortio’ so’zlar, tushunchalar vositasida ifodalanadi.
Shuning uchun odam o’ylayotganda o’z fikrini aytayotgandek, gapirayotganda 
esa fikr yuritayotgandek tuyiladi.
Ergash G’oziyev o’zining «Tafakkur psixologiyasi» /Toshkent,
«O’qituvchi» nashriyoti, 1990 yil/ kitobida tafakkurga quyidagicha ta’rif bergan.
«Tafakkur atrof muhitdagi voqyelikni nutq yordami bilan bavosita,
umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik prosess, sosial sababiy bog’lanishlarni 
anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo’naltirilgan aqliy 
faoliyatdir». Bizningcha, ushbu ta’rifda tafakkurning eng muhim xususityalari 
va funksiyalari sanab o’tilgan.
Fikrlash operasiyalari: 
1. Analiz va sintez.
2. Taqqoslash.
3. Abstraksiyalash.
4. Umumlashtirish.
5. Konkretlashtirish.
6. Klassifikasiyalash.
7. Sistemalashtirish.
Analiz – shunday bir tafakkur jarayoniki, uning yordami bilan biz narsa va 
xodisalarni fikran yoki amaliy ravishda bo’lib /ajratib/, ularning ayrim qismlari 
va xususiyatlarini tahlil qilamiz.
Sintez – shunday bir tafakkur jarayonidirki, biz narsa va xodisalarning 
analizda bo’lingan ayrim qismlari, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki 
amaliy ravishda birlashtirib, butun xolga keltiramiz.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustaxkam bog’langan yagona jarayonning 
ikki tomonidir. Agar narsa va xodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez 
qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun holda 
bilish asosida amalga oshirilishi lozim.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling