"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Xarakter xususiyatlarining aksentuasiyasi. Xarakterning kishida ko’rinadigan va tilimizda o’z ifodasini topgan xususiyatlari behad ko’p bo’lib, mingdan ortiqni tashkil etadi. Shu sababli xarakterning o’zgarib turadigan xususiyatlarini sanab va tasniflab berish juda qiyin. Bundan tashqari xozirgacha psixologiyada aniq bir tasniflash sxemasi ishlab chiqilgan emas. Xarakterning u yoki bu xususiyati mikdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va norma chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuasiya (ortiqcha urg’u berilishi) deb ataladigan vaziyat paydo bo’ladi. Xarakterning ortiqcha urg’u berilishi – ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi chegarasidir. Xulq-atvor va xarakterning shakllanishi. Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining xulq atvor ko’rinishlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga qarshilik ko’rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda flegmatik tipdagi odam o’zida tashabbuskorlik va qat’iylikni tarkib toptirishi qiyinroqdir. Jur’atsizlik va vahimalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bo’lib hisoblanadi. Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o’zini tuta bilishni va o’ziga takidiy ko’z bilan qarashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xarakter xususiyatlarining paydo bo’lishi, uning tabiati, o’zgarishi mumkinligi yoki mumkin emasligi psixologlarning uzoq davom etib kelayotgan munozaralari mavzui bo’lib hisoblanadi. Xarakter – ko’p jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda kishining odatlari jamlanadi. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon bo’ladi, shu bilan birga, u shu faoliyatda shakllanadi ham. Agar yigit yoki qiz o’zini - o’zi tanqid qilishni xarakterining xususiyati sifatida tarbiyalashga urinayotgan bo’lsa, ular o’zlariga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshishlari kerak. Mehnat va o’qish to’g’risida gapirmagan taqdirda ham kundalik turmush, oiladagi hayot sharoitlari insoniy xarakterlar maktabidir. Pedagoglar va ota- onalar oldida muntazam ravishda mas’uliyatli vazifa: bolalar xarakterida sezila boshlagan o’zgarishlarni o’z vaqtida sezish va ularni inobatga olgan xolda xulq- atvor va tarbiya sohasida o’z yo’lini amalga oshirish vazifasi turadi. Shunday qilib, kishiga xarakter tabiatan berilmagan. O’zgartirib va qaytadan shakllantirib bo’lmaydigan xarakter bo’lmaydi. «Mening xarakterim shunaqa va men o’zimi Hech narsa qila olmayman» deb bahona qilish psixologik jihatdan mutlaqo asossizdir. Har qanday kishi ham o’z xarakterini 115 barcha ko’rinishlari uchun javobgardir, har bir kishi o’zini-o’zi tarbiyalash imkoniga egadir. Xarakterning shakllanishi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas. Bola onadan mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki munofiq, botir yoki qurqoq, intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o’z-o’zini tarbiyalash bilan taraqqiy kilib, o’zgarib boradi. Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va xissiyotlarining taraqqiy kilib borishi bilan mustaxkam bog’liqdir. Shu sababli kishining irodasi, aql-idroki va his-tuyg’ularining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi xaqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xirakterining rivojlanishiga ham tegishlidir. Xarakterning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli. Kishining butun hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo, shu kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir ko’rsatadi. Xarakterning shakllanishida tarbiyaning roli. Xarakterning o’sishida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash asosiy va yetakchi rol uynaydi. O’sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta, mas’uliyatli vazifa ota-onalar, o’qituvchilar, bolalar bog’chalari tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Xarakterning shakllanishida jamoaning roli. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyaviy roli nihoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan ajralgan xolda tanho yashay olmaydi. U muayyan bir jamoada, chunonchi, oilada, maktabda, sexda, bog’chada hayot kechiradi. Jamoa – shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi zvenodir. Odamning faoliyati – o’yin, o’qish va mehnati xuddi mana shu jamoada voqyea bo’ladi. Jamoa shaxsning eng yaqin konkret muhiti bo’lib qolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi ham. Kishi xarakterining kerakli ijobiy xislatlari faqat jamoada tarbiyalanmog’i mumkin. O’z xarakterini o’zi tarbiyalash. Kishi xarakteri o’z-o’zini tarbiyalashning ham maxsulidir. Shu sababli har bir kishi ma’lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning ayrim sifatlari uchun javobgar hamdir. Shu bilan bir vaqtda kishi o’z xarakterida salbiy tomonlarni o’zi tan olishi, kamchiliklarni o’zi tarbiyalashi lozim. O’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarni, yaxshi idealini o’zida tarbiyalashi kerak. Xarakterning shakllanishida namunaning roli. Yuksak axloqiy va irodaviy xislatlari bilan hammaga manzur bo’lgan kishilar namunasi xarakter tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Jamiyatimizda bolalarga namuna qilib ko’rsatish mumkin bo’lgan ajoyib insonlar juda kup. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zining ishbilarmonligi, tashabbuskorligi, xalq manfaati yo’lidagi fidokorligi bilan yoshlarga ibrat bo’ladigan kishilar tobora ko’payib bormoqda. Bunday kishilarni biz ulkan qurilishlarda, chet ellar bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar ochganlar orasida, fan, texnika, san’at, adabiyot namoyandalari orasida ko’plab uchratishimiz mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling