"psixologiya"
-MAVZU: SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
9-MAVZU: SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari. Talaba bu mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng: - Temperament so’zining lug’aviy ma’nosini aytib beradi; - Temperamentning tiplarini sanaydi va psixologik xarakteristika beradi; - Xarakterning psixologik strukturasiga ta’rif beradi; - Qobiliyatlar, layoqat va iqtidor masalalariga tushuncha beradi. Tayanch so’z va iboralar: Temperament, oliy nerv faoliyativ tipi, qo’zg’alish, tormozlanish, muvozanatlilik, xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik, xarakter, xarakter xislati, xarakter strukturasi, aksentuasiya, interversiya, ekstroversiya, frenologiya, qobiliyat, layoqat, mahorat, talant, iste’dod, pedagogik qobiliyat, kommunikativ qobiliyat, didaktik qobiliyat, perseptiv qobiliyat Asosiy savollar: 1.Temperament va uning tiplarining psixologik xarakteristikasi. 2. Xarakter. Psixologiyada xarakter muammosi. 3. Qobiliyat to’g’risida tushuncha. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi. 4. Qobiliyatlar va yoshlarning kasb tanlash muammolari. 1. Temperament va uning tiplarining psixologik xarakteristikasi. Ma’lumki, odamlar xulq-atvori va faoliyat motivlari nisbatan teng bo’lganda, tashqi ta’sirlar bir xil bo’lganda, ta’sirchanligi va ko’rsatayotgan energiyasiga ko’ra bir-birlaridan, sezilarli darajada farq kiladilar. Jumladan, bir xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoktiradi. Bir xil odamlarga xissiyotlarning tez qo’zg’alishi xos bo’lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma’noli mimika, boshqasini harakatlarda og’ir-bosiqlik, yuzning juda ham kam harakat qilishi ajratib turadi. So’z yuritilayotgan individual farqlar o’zlarining tug’ma asosiga ega bo’lishi shubxasizdir. Bu shu narsa bilan tasdiqlanadiki, bu farqlar bolaligidayok ma’lum bo’la boshlaydi, xulq-atvorning va faoliyatning turli sohalarida ko’rinadi va alohida barqarorligi bilan ajralib turadi. Psixikaning individual jihatdan o’ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan dinamik ko’rinishlar majmui kishining temperamenti deb ataladi. Temperament xaqidagi dastlabki nazariya antik dunyoga borib taqaladi. Masalan: eramizdan oldingi 6-asrda yashagan yunon medisinasining yirik vakili Gippokrat birinchi bo’lib odamlarning har xil xususiyatga ega ekanligiga e’tibor bergan va bu har xillikning sababini aniqlashga harakat qilgan. U kishilar temperamentining organizimdagi suyukliqlarga (qon, shilimshiq parda, o’t)ga qarab uch turga bo’ladi. Keyinchalik ham temperament va uning asosi xaqida olimlar tomonidan xilma-xil nazariyalar yaratildi. Masalan, 18-asr oxirida yashagan Immanuel Kant qonning invidual xususiyatlari temperamentning tabiiy asosi hisoblanadi, 111 degan edi. P. F. Lesgaftning g’oyasi ham shu nuqtai-nazarga yaqin edi. Bu olim temperamentning asosida qon aylanishi (jumladan, qon tomirlari kengligi va tarangligi, ularning bo’sh joyi diametri, yurakning shakli va hokazolar) xususiyati yotadi deb yozgan edi. Nemis psixiatri E. Krechmer individning psixik tuzilishi tana tuzilishiga, tananing umumiy konstruksiyasiga to’g’ri keladi, degan edi. Sezilarli psixik aktivlikka ega bo’lgan, atrofda bo’layotgan voqyealarga tez munosabat bildiruvchi, tassurotlarini ha deb o’zgartirishga intiluvchi, muvaffaqqiyatsizliklar va ko’ngilsizliklarni nisbatan yengil o’tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo’lgan kishi sangvinik deb ataladi. Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqur his- tuyg’ularga, harakatlari va nutqi bir xil maromda bo’lgan, ruxiy xolati tashqi tomonda ifoda etiladigan kishi xolerik deb ataladi. Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko’tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqyealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o’zini tuxtata oladigan harakatlar qiladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxolik deb ataladi. Aslida odamlarni to’rtta tip bo’yicha taqsimlash mumkin emasligi tushunarli. Temperamentning turli-tumanligi to’g’risidagi masala fanda hali batafsil hal qilingan emas. Temperamentning nerv-fiziologik mexanizimini ilmiy asosda tushuntirib bergan kishi I. P. Pavlov bo’ldi. U o’z umrining ko’p qismini oliy nerv sistemasi faoliyatini o’rganishga bag’ishladi. Uning tadqiqotlari natijasida odamdagi individual farqlar asosida qo’zg’alish va tormozlanish o’rtasidagi vazminlik yotishi aniqlandi. Nerv sistemasi kuchi tipning eng muhim ko’rsatkichdir. Nerv faoliyatining tipi-organizimning tabiiy xususiyatidir. U nasliydir, lekin butunlay o’zgarmas hisoblanmaydi, u rivojlanishda va ma’lum darajada atrofdagi sharoit, muhit ta’siri tufayli o’zgaradi. Temperament tiplarining kelib chiqishida, yuqorida aytganimizdek, irsiyat asosiy rol uynaydi. Agar irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil bo’lgan bitta tuxumdan paydo bo’lgan (gomozigot) egizaklarning temperament xususiyatlarini irsiy fiziologik xususiyatlari unchalik bir xil bulmagan, ikkita tuxumdan paydo bo’lgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan solishtirsak, bu narsa juda yaqqol ko’rinadi. Getrozigot egizaklarga qaraganda gomozigot egizaklar temperamentlari xususiyatlarining uxshashlik darajasi shunchalik ortiqki, temperamentning irsiyat yo’li bilan berilishi imkoniyati 85% ga tengdir. Garchi temperament tiplari, umuman olganda, irsiyatga bog’liq bo’lsada, temperamentning ayrim xususiyatlari hayot sharoitlari va tarbiyaga bog’liq xolda ma’lum darajada o’zgaradi. Temperamentning ayrim xususiyatlarining hayot sharoitlari va tarbiyaga bog’liq xolda o’zgarishini temperament tiplarining voyaga yetishidan farqlash lozim. Temperament tipi unga xos bo’lgan barcha xarakterli xususiyatlari bilan birga, tug’ilish chog’idan boshlab yoki ma’lum yoshda birdan paydo bo’lib 112 qolmaydi. Nerv sistemasining voyaga yetishidagi umumiy qonuniyatlari temperament tipining voyaga yetishiga ham ta’sir qilib, izini qoldiradi. Ma’lum temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi nomoyon bulmaydi, balki yoshga qarab sekin-asta nerv sistemasining voyaga yetishi bilan bog’liq xolda nomoyon bo’ladi. Bu jarayonni biz temperamentning voyaga yetishi deb ataymiz. Yoshlar kasb tanlayotganda temperament xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Masalan, xozirgi zamon texnikasida melanxologik uchun kiruvchi samolyotda uchuvchi bulish nihoyatda kiyin yoki bunday kishilarga tusatdan paydo bo’ladigan avariya xavfi o’z vaqtida reaksiya qilishi lozim bo’lgan murakkab energosistemalarda ishlash og’irlik qiladi. Odamning psixik xususiyatlariga nisbatan faoliyatning shunday yo’l bilan tanlashni kasbga yo’naltirish deb ataladi. Temperament tiplari xususiyatlarini mumkin qadar o’quvchilar tarbiyasi jarayonida ham hisobga olish zarur. Masalan, melanxolik o’quvchini harakatlari uchun keskin koyish uning ruxini tushurib yuboradi. O’ziga ishonmvaligini yana orttirib yuboradi va o’z kuchiga shubha bilan qaray boshlaydi. Yuqoridagi usullarni sangvinikka nisbatan ishlatib bo’lmaydi. Chunki u boshidan kechirgan kungilsiz voqyealarni tez esdan chiqarib yuborishi va o’z kuchi, qobilyatlariga ortiqcha baho berishga moyildir, Salbiy bahoga nisbatan qattiqlik va talabchanlik unga ijobiy tasir ko’rsatishi mumkin. Temperament xususiyatini hisobga olgan holda xuddi shunday individual munosabatda bo’lish mehnatni tashkil qilishda, sportchilarning mashqlarida va faoliyatning boshqa turlarida ham bo’lishi mumkin va zarur. Nihoyat, faoliyat talablariga temperamentni moslashtirishning asosiy eng unversal yo’li individual ish uslubining tarkib topishidir. Mehnat faoliyatidagi ayni bir vazifa va talablar har turli usullar va yo’llar bilan bir xil samarali amalga oshirilishi mumkin. Faoliyatning indvidual uslubi deganda biz mazkur odam uchun xarakterli bo’lgan va samarali ishlashi uchun maqsadga muvofiq bo’lgan harakatlar va yo’llarning individual sistemasini tushunamiz. Faoliyatning indvidual uslubi odamda o’z-o’zidan, stixiyali ravishda paydo bo’lmaydi. U ta’lim va tarbiya jarayonida tarkib topadi. Individual uslub tarkib topishining birinchi kurtaklari bog’cha yoshidagi katta bolalarda o’yin xarakteridagi amaliy masalalarni yechishdayok ko’rina boshlaydi. Faoliyatning indvidual uslubini tarbiyalash ishlari asoslanadigan qator alohida psixologik va pedagogik prinsiplar mavjuddir. Ta’lim va tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri shundan iboratki, indvidual uslubni tarkib toptirish yo’li bilan odamning temperamentini faoliyatning obyektiv talablariga yaxshilab moslashtirishdan iboratdir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling