"psixologiya"


Xotira. Xotira to’g’risida tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175
Bog'liq
psixologiya

 
4.Xotira. Xotira to’g’risida tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari.
Xotira va faoliyat. 
Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi 
asosiy jarayonlar mavjud bo’ladi. Shu jarayonlarning har biri alohida mustaqil 
psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o’sha 
faoliyat bilan belgilanadi.
Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida 
indiviual tajriba orttirishga bog’liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik
faoliyatda qo’llanish uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir 
materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi.
Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog’liq bo’ladi.
Chunki har bir muayyan paytda kishining xulq – atvori uning butun hayotiy 
tajribasi bilan belgilanadi.
Xotira psixologiyaning eng ko’p o’rganilgan bo’limlaridan biri bo’lib 
hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari yanada o’rganilishi 
uni fanning tag’in ham muhimroq muammosiga aylantirib qo’ydi.
Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganish 
buyicha uchta nazariya mavjuddir. Bo’lar psixologik, neyrofiziologik hamda 
bioximik nazariyalardir.

 Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jihatdan eng eski nazariya 
bo’lib, u fanda ko’p va turli – tuman nazariyalarning olg’a surilganligi bilan 
mashhurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning 
faolligi qanday rol o’ynashligi va bunda faollikning mohiyatiga kanday 
yondoshuv zarurligi bilan baholash mumkin.
Nazariyaning birinchi guruhi assosiativ nazariya deb yuritiladi. Bu 
nazariyaga ko’ra, muayyan psixik hosilalar ongda bir vaqtning o’zida yoki 
bevosita birin-ketin paydo bo’lsa, u holda hosilalar o’rtasida assosiativ 
boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir qismi takroran paydo 
bo’lishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib 
keladi. Assosiasiyalar uch turli bo’ladi: o’xshashlik, yondoshlik va qarama – 
qarshilik assosiasiyalari.


105 
Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari 
haqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog’liqdir. Bu nazariyaning asosini I. P. 
Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqida» gi ta’limotining eng 
muhim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko’ra xotiraning nerv – fiziologik 
mexanizmini bosh miyada hosil bo’ladigan muvaqqat bog’lanishlar tashkil etadi.
Ana shu bog’lanishlar qanchalik mustahkam bo’lsa, esda olib qolish ham 
shunchalik yaxshi bo’ladi. Ana shu muvaqqat bog’lanishlarning qaytadan 
jonlanishi esga tushirishga, so’nib, yo’q bo’lib ketishi esa unutishga sabab 
bo’ladi.
Bioximik 
nazariya. 
Hozirgi 
kunda 
xotiraning 
mexanizmlarini 
o’rganishning neyrofiziologik usuli bioximik tadqiqotlar darajasiga tobora 
yaqinlashib va qo’shilib ketmoqda. Bu usul ushbu fanlarning o’zaro tutashgan 
joyida olib borilayotgan ko’plab tadqiqotlarda o’z tasdig’ini topdi. 
Bioximik nazariyaning moxiyati quyidagidan iborat. Birinchi bosqichda 
(qo’zg’atuvchining bevosita ta’siridan sung) miya xo’jayralarida asl xoliga 
qaytuvchi fiziologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan qisqa muddatli 
elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida 
yuzaga kelib, aslida u yangi oqsil moddalarning xosil bo’lishi bilan bog’liq 
bo’lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi bosqich sekundlar yoki 
minutlar maboynida davom etadi va uni qisqa muddatli esda olib qolishning 
fiziologik mexanizmi deb hisoblaydilar. Xo’jayralarda qaytarilmaydigan 
o’zgarishlarga olib keladigan ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning 
mexanizmi hisoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siri 
ostida nerv xo’jayralarida ro’y beradigan o’ziga xos ximiyaviy o’zgarishlarning 
izlarini mustahkamlash, esda saqlab qolish va yana qayta esga tushurish 
jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling