"psixologiya"
Sezgi va ularning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
2. Sezgi va ularning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari. Tevarak-atrofdagi narsalar haqida, tovushlar va ranglar, hidlar va harorat, miqdor va boshqa ko’plab narsalar to’g’risida biz sezgi organlari tufayli bilamiz. Sezgi – bu oddiy psixik jarayon bo’lib, u moddiy olamdagi narsa va xodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, moddiy qo’zg’atuvchilar tegishli reseptorlarga bevosita ta’sir etgan taqdirda organizmda hosil bo’ladigan ichki holatlarga aytiladi. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilib sezgi hosil qildiradi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi. Miya bunday axborotni benixoya katta va tuganmas oqimini har daqiqada qabul qilib va qayta ishlab turadi. Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo’llaridir. Biz moddaning Hech qanday shaklini, harakatning Hech qanday shaklini sezgilardan boshqacha yo’l bilan bila olmaymiz. Sezgi a’zolari kishiga tevarak-atrofdagi olamda mo’ljal olish imkonini beradi. Agar kishi barcha sezgi a’zolaridan maxrum bo’lib qolsa bormi, u o’zining atrofida nimalar yuz berayotganini bila olmas, atrofdagi odamlar bilan munosabatga kirisha olmas, ovqatni qidirib topa olmas, xavf-hatardan qutilib qola olmas edi. Sezgilar mohiyatiga ko’ra obyektiv olamning subyektiv siymosidir. Lekin sezgilarning hosil bo’lishi uchun organizm moddiy qo’zg’atuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o’zi ham qandaydir ish bajarishi darkor. Bu ish yo faqat ichki jarayonlardan, yoki tashqi harakatlardan iborat bo’lishi mumkin. Lekin u hamisha bo’lishi shart. Sezgilar muayyan payt davomida reseptorga ta’sir o’tkazayotgan qo’zg’atuvchining o’ziga xos quvvatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanishi jarayonida hosil bo’ladi. Sezgi nerv sistemasining u yoki bu qo’zg’atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida xosil bo’ladi va har qanday psixik xodisa kabi reflektor xususiyatiga ega. Qo’zg’atuvchining o’ziga aynan o’xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo’ladigan nerv jarayoni sezgining fiziollogik asosi bo’lib hisoblanadi. 101 Analizator uch qismdan tarkib topadi: 1. Tashqi quvvatni nerv jarayoniga o’tkazadigan maxsus transformator hisoblangan periferik bo’lim (reseptor), 2. Analizatorning periferik bo’limini markaziy analizator bilan bog’laydigan yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar, 3. Analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o’zi bilan tugaydigan) bo’limlari. Sezgining hosil bo’lishi reflektor yoyi tufayli bo’ladi. Aks etish xususiyatiga va reseptorlarning joylashgan o’rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi: 1. Eksterioseptiv sezgilar. Bularga tashqi muhitdagi narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan va tana yuzasini sezadigan sezgilar (ko’rish, eshitish, hid bilish, tam bilish, teri- tuyg’u) kiradi. 2. Tananing ichki a’zolaridagi o’zgarishlarni sezadigan interioseptiv sezgilar. Bunga organik sezgilar kiradi. 3. Mushaklar va paylardagi holatni sezadigan prorioseptiv sezgilar. Bunga muskul-harakat sezgisi kiradi. Ular gavdamizning harakati va holati xaqida axborot beradi. Eksterioseptorlar o’z navbatida yana ikki guruhga bo’linadi: kontakt va distant sezgilar. Kontakt sezgilarga teri-tuyg’u va ta’m bilish sezgilari kirsa, distant sezgilarga ko’rish, eshitish, hid bilish sezgilari kiradi. Hozirgi zamon fani ma’lumotlariga asoslanib sezgilarni tashqi va ichki sezgilarga bo’lish yetarli emas. Sezgilarning ba’zi bir turlarini tashqi-ichki deb hisoblasa ham bo’ladi. Ularga harorat va og’riq, tam bilish va tebranish, mushak-bo’g’in va statik- harkat sezgilari kiradi. Sezgilarga xos bir qancha qonuniyatlar mavjuddir. Avvalo sezgining hosil bo’lishligi uchun qo’zg’atuvchi ma’lum kuchga ega bo’lishi lozim. Qo’zg’atuvchi ta’sir etishi bilan sezga hosil bo’lmaydi, balki oradan ma’lum vaqt o’tadi. Bu vaqt 0, 02 sekunddan 0, 1 sekundga tengdir. Xuddi shu singari, sezgi hosil bo’lgach, ma’lum muddat davom etadi. Davom etish muddatiga qarab sezgilar qisqa va uzoq muddatli bo’ladi. Sezgilar kuchli va kuchsiz ham bo’lishi ham mumkin. Bu qo’zg’atuvchi kuchiga bog’liqdir. Sezgi chegaralarga ham egadir. Uning quyi va yuqori chegarasi farqlanadi. Sezgirlikni mashq yo’li bilan yoki maxsus morfiy modda ta’sirida kuchaytirishga sensibilizasiya deyiladi. Adaptasiya ham sezgiga xos xususiyatdir. Adaptasiya deb sezgi organlarining tashqi qo’zg’atuvchilarga moslashishiga aytiladi. Adaptasiyaning uch turi farq kilinadi: 1. Qo’zg’atuvchining uzoq vaqt ta’siri natijasida sezgining yo’qolib qolishi. 2. Kuchli qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgining zaiflashishi. 3. Kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgirlikning ortishi. Sinesteziya – bu ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo’lib qo’shilib ketishi demakdir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling