"psixologiya"
Diqqat bir necha xususiyatga ega bo’ladi
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Diqqat bir necha xususiyatga ega bo’ladi:
Diqqatning ko’lami. Diqqatning kuchi va barqarorligi. Diqqatning bo’linishi. Diqqatning ko’chishi. Diqqatning tebranishi. Parishonxotirlik. Diqqatning barqarorligi deganda biror faoliyat ustida uzoqroq vaqt ushlanib turishligini tushinamiz. Diqqatning barqarorligi uning kuchi bilan chambarchars bog’langandir. Odatda kuchli diqqat o’z navbatida barqaror ham bo’ladi. Diqqat tebranish xususiyatiga ham egadir. Agar juda kuchsiz, zo’rg’a eshitiladigan ovozga quloq soladigan bo’lsak, masalan, soatning chiqqillashiga quloq solsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bo’lishiga qaramay, bu ovoz goh 99 baland, goh past eshitiladi. Bir – biriga yaqin bo’lgan yorug’lik farqini ajratishda ham xuddi shunday xodisa yuz beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo’lishicha, diqqat tebranishning davomiyligi uncha katta bo’lmay, 1, 5 sekunddan 2, 5 sekundgacha yetadi. Diqqatning bo’linishi – psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning o’zida diqqatimiz ikkita va undan ortiq narsalarga qaratiladi. Diqqat haqiqatan ham bo’linadimi? Bu sohada ko’plab tajribalar o’tkazilgan. Natijada, ayrim tadqiqotchilar diqqat bo’linadi desalar, boshqalari u bo’linmaydi, aksincha bir faoliyatdan ikkinchi faolyaiga tez ko’chadi degan xulosaga kelganlar. Albatta, diqqatning bo’linishi uchun bajarayotgan ishlarimiz ma’lum darajada avtomatlashgan bo’lishi lozim. Masalan, rulga yangi o’tirgan shofyor tormozni bosaman deb gazni bosib yuboradi yoki mashinani boshqarishga diqqat qilgan holda yo’ldagi chuqurlikni ko’rmay qoladi. Diqqat xususiyatlaridan yana biri uning ko’chishidir. Diqqatning ko’chishi deganda uning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tez o’tishini tushunamiz. Masalan, talabaning diqqati ma’ro’za tinglashdan uni yozishga, so’ng yozganini tushunishga, yana ma’ro’za tinglashga tez ko’chib turadi. Diqqatning ko’chishini olimlar komplikasiya degan asbob bilan o’lchaydilar. Parishonxotirlik – bu diqqatning kerak bo’lganida boshqa obyektga tez ko’chmasligidir. Parishonxotirlik diqqatning salbiy xususiyati bo’lib hisoblanadi. Uni ikki xil ma’noda tushinish mumkin: biri kerak bo’lganida diqqatning ko’chmasligi bulsa, ikkinchisi, aksincha, uning bir faoliyat ustida tuxtab turmasdan chalg’ib ketaverishidir. Birinchi xil parishonlik ko’proq yozuvchilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi fikrga astoydil berilganligi sababli atrofidagi narsalarni, hatto yonidagi odam murojaat qilayotganini ham sezmaydi. Ikkinchi xil parishonxotirlikda odam biror narsa ustida diqqatini uzoq to’play olmaydi, bir narsadan ikkinchi narsaga, bir xodisadan ikkinchi xodisaga tez o’tib turadi. Bu holat yosh bolalarda tez uchrab turadi, ya’ni ular aytilgan gapni tez unutib qo’yadi. Diqqatning salbiy xususiyatlaridan yana biri uning chalg’ishidir. Diqqatning chalg’ishi deganda uning asosiy faoliyatdan ikkinchi darajali narsalarga o’tib ketaverishi tushuniladi. Masalan, sinfda o’tirgan o’quvchi diqqatini qo’ldan tushib ketgan kalam tovushi ham, deraza orqasida eshitilayotgan odam tovushi ham chalg’itishi mumkin. Diqqatning xususityalariga uning ko’lamini ham qo’shish mumkin. Diqqat ko’lami jihatdan tor va keng bo’lishi mumkin. Buni biz taxistoskop degan asbobda o’lchab bilishimiz mumkin. Diqqat bolaning birinchi yoshidanoq taraqqiy eta boshlaydi. Dastlab ixtiyorsiz diqqat namoyon bo’ladi. Chunki bola rangdor narsalarga, shaqildoq ovoziga diqqat qiladi. Ixtiyorsiz diqqatning o’sishi extiyoj va qiziqishlar bilan bog’liqdir. Lekin inson faoliyatining asosiy qismi ixtiyoriy diqqat asosida amalga oshiriladi. Ixtiyoriy diqqat esa bolada ikki yoshlardan boshlab ko’rina boshlaydi. Uning shakllanishida kattalarning roli beqiyosdir. Masalan, ular bolaga «buyoqqa qara», «gapimni eshit», «musiqaga quloq sol» deb 100 gapiradilar. Kattalar tomonidan diqqat mana shunday yo’llar bilan o’sib boradi. 3-5 yoshlardan boshlab esa diqqat bolaning o’z tashabbusi bilan usa boshlaydi. Bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o’sishida o’yin katta ahamiyatga egadir. Chunki o’yin qoidalarini va etaplarini bilib olish uchun bola unga ixtiyoriy diqqat bilan razm solib turishi lozim. Bundan tashqari, uydagi ba’zi bir ishlarga qatnashtirish, o’z-o’ziga xizmat qilish kabilar ham ixtiyoriy diqqatni o’sishiga yordam beradi. Maktab yoshidan boshlab esa ixtiyoriy diqqat juda tez o’sa boshlaydi. O’qish ishida – darsni eshitish, kitob o’qish, masalalarni yechishda ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Bundan tashqari, o’qish ixtiyoriy diqqatni o’stirib qolmasdan, balki uning kuchi, barqarorligini o’sishiga ham yordam beradi. Iroda diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turuvchi asosiy faktordir. Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlarning keyingi taraqqiyoti ham iroda taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling