"psixologiya"


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175
Bog'liq
psixologiya

 
 
xarakat va 
kinestik 
muvozanat 
vibratsiya 
Sezgi
Eksterepseptorlar
Propioseptorlar 
kirish 
organik 
eshitish 
hid bilish 
ta’m-maza 
bilish 
Interioseptorlar
teri 


206 
 
3- guruh uchun tarqatma material 
Idrok to’g’risida tushuncha. Idrokning xususiyatlari va turlari.
Idrok deb narsa yoki xodisalarning inson ongiga bevosita ta’sir etishi
natijasida tartibga solinib, Alohida sezgilarni narsa va vokealarni yaxlit bir 
obrazi tarzida birlashtirib aks ettirilishiga aytiladi.
Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilganligi,
anglanganligi, konstantligi uning muxim xususiyatlaridir.
Idrokning predmetliligi deganda uning aniq bir predmetga qaratilishini 
tushunamiz.
Idrokning yaxlitligi deganda narsa va xodisalarni yaxlitligicha ongimizda
aks ettirishni tushunamiz. Idrok sezgi a’zolariga ta’sir kiluvchi narsalarning 
ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ularoq, narsalarning yaxlit 
obrazidir.
Idrokning konstantligi ham uning muxim xususiyatlaridan biridir.
Konstantlik tufayli biz atrofimizdagi narsalarning shakli, katta kichikligi, rangi 
va shu kabilarni nisbatan uzgarmas tarzda Idrok kilamiz Masalan, teatrda 
utirgan odamlarning yuzlariga uzokdan karasak, ular bizga uzgarmas, hakikiy 
odamlardek ko’rinadi, aslida kuz tur pardasiga uzokdagi narsalarning aksi 
kichik bo’lib tushadi. Yoki yuqori etajdan turib pastga karasak odamlar,
mashinalar juda kichik bo’lib ko’rinadi, lekin biz ularni uz xolicha Idrok 
kilamiz. Ayni bir narsa yoki xodisani ayrim kishilarning Idrok etishida 
ko’rinadigan ba’zi xususiyatlar appersepsiya bilan belgilangan bo’ladi. Bu 
xususiyatlar odamning tajribasi va bilimlariga boglik xususiyatlardir. Kishilar 
ayni bir narsa yoki xodisani yoshlari, ma’lumoti, turmush tajribasi, kasbi, 
temperament, xarakter, qobiliyat va kizikishlarida ko’rinadigan shaxsiy 
xususiyatlariga qarab xar xil Idrok etadilar.
Idrok turlariga quyidagilar kiradi: 
Fazoni Idrok qilish.
Vaqtni Idrok qilish.
Harakatni Idrok qilish.
Illyuziya deb atrofdagi narsa va xodisalarni notugri Idrok qilishga 
aytiladi. Buni geometrik illyuziyalar deb nom olgan illyuziyalarda yakkol 
ko’rish mumkin. Masalan, uzunligi barovar bo’lgan ikki chizikning boshiga
ikki xil strelkalar chizilsa, strelkasi tashqariga karagan chizik unisiga nisbatan 
uzun bo’lib ko’rinadi.
Gallyusinasiya tashki olamda yuk narsalarni Idrok qilishdir.
Yuk narsalarning kuzga ko’rinishi, yuk ovozning eshitilishi, yuk xidning 
dimokka urilishi gallyusinasiyadir. Gallyusinasiya paytida kishi guyo bir 
narsani aniq kurgandek, eshitgandek, ushlagandek, is bilgandek tuyuladi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling