"psixologiya"
- guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
4- guruh uchun tarqatma material Xotira. Xotira jarayonlari va turlari. Xotira va faoliyat. O’tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo’lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki tanishdir. 207 U quyidagi psixik jarayonlardan: esda olib qolish, o’zlashtirilgan materialni esda saqlash, tanish va esga tushirish va unitishdan iboratdir. Hozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganish bo’yicha psixologik, neyrofiziologik hamda bioximik nazariyalar mavjuddir. Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jihatdan eng eski nazariya bo’lib, u fanda ko’p va turli – tuman nazariyalarning olg’a surilganligi bilan mashhurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol o’ynashligi va bunda faollikning mohiyatiga qanday yondoshuv zarurligi bilan baholash mumkin. Nazariyaning birinchi guruhi assosiativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga ko’ra, muayyan psixik hosilalar ongda bir vaqtning o’zida yoki bevosita birin- ketin paydo bo’lsa, u holda hosilalar o’rtasida assosiativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir kismi takroran paydo bo’lishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assosiasiyalar uch turli bo’ladi: o’xshashlik, yondoshlik va qarama – qarshilik assosiasiyalari. Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog’liqdir. Bu nazariyaning asosini I. P. Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqida» gi ta’limotining eng muhim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko’ra xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada hosil bo’ladigan muvaqqat bog’lanishlar tashkil etadi. Ana shu bog’lanishlar qanchalik mustahkam bo’lsa, esda olib qolish ham shunchalik yaxshi bo’ladi. Ana shu muvaqqat bog’lanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, so’nib, yo’q bo’lib ketishi esa uno’tishga sabab bo’ladi. Bioximik nazariya. Hozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o’rganishning neyrofiziologik usuli bioximik tadkikotlar darajasiga tobora yaqinlashib va kushilib ketmokda. Bu usul ushbu fanlarning uzaro tutashgan joyida olib borilayotgan ko’plab tadkikotlarda uz tasdigini topdi. Bioximik nazariyaning moxiyati quyidagidan iborat. Birinchi boskichda (qo’zg’atuvchining bevosita ta’siridan sung) miya xujayralarida asl xoliga kaytuvchi fiziologik uzgarishlarni keltirib chikaradigan kiska muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi boskich birinchi boskich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oksil moddalarning xosil bo’lishi bilan boglik bo’lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi boskich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni kiska muddatli esda olib kolishning fiziologik mexanizmi deb hisoblaydilar. Xujayralarda kaytarilmaydigan uzgarishlarga olib keladigan ikkinchi boskich uzok muddatli xotiraning mexanizmi xosoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashki qo’zg’atuvchilar ta’siri ostida nerv xujayralarida ruy beradigan o’ziga xos ximiyaviy uzgarishlarning izlarini mustaxkamlash, esda saklab kolish va yana kayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling