"psixologiya"
- guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
3- guruh uchun tarqatma material
Hayol jarayonida analitiko-sintetik faoliyat. Hayol jarayonida yangi obrazlar yaratishning agglyutinasiya, anologiya (o’xshatish), kattalashtirish yoki kichiklashtirish, tipiklashtirish kabi usullari mavjud. Xayolning sintez kiluvchi faoliyatining oddiy shakli agglyutinasiyadir. Agglyutinasiya ayrim elementlarni yoki bir necha buyumlarning kismlarini bitta obraz qilib kushish va shularning kombinasiyasidir. Xotira tasavvurlarini kayta ishlab xayol obrazlari yaratishda narsalarni kattalashtirish yoki kichraytirish jarayonlari vujudga keladi. Masalan, 215 ertaklarda ayrim kishilar xayol obrazlari tufayli buyi terakday, korni buchkaday, beliga kirk gaz arkon yetmaydigan qilib tasvirlanadi. Xayol natijasida buyumning faqat bir kismini kattalashtirish yoki kichraytirish urg’u berish (aksentirovka) deb aytiladi. Bu ko’proq karikatura asarlarida uchraydi. Tipiklashtirish – bir qahramon obrazida butun bir gurux, sinf, millat kishilarining eng xarakterli belgilari birga qo’shilib yaxlit tipik obrazda aks ettiriladi. Xayolning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, u uzok-uzoklarga parvoz qila oladi. Xayol obrazlari orkali biz uzoq o’tmishga nazar tashlab, tarixiy vokealarni, tarixiy shaxslarni kuz oldimizga keltirishimiz yoki kelajakka nazar tashlab, uz baxtli kelajagimizning obrazlari va ideallarini yaratishimiz mumkin. 9 -amaliy mashg’ulot mavzusi: Emotsiya va iroda psixologiyasi. Reja: 1. Emotsiya, his tuyg’u so’zlarini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar iboralar keladi. (Aqliy xujum) - 5 daqiqa 2. Emotsiya, his tuyg’ularning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlar munozarasi (3x4 pedagogik texnologiya asosida) -20 daqiqa 3. Vaziyatga bog’liq bo’lgan xavotirlikni baholash darajasini o’rganish testini o’tkazish bo’yicha amaliy mashq -10 daqiqa 4. Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va xususiyatlari. Sezgi va Idrok. Sezgilarning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari. Idrok to’g’risida tushuncha. Idrokning xususiyatlari va turlari. Xotira. Xotira to’g’risida tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari (Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali) - 40 daqiqa 5. Darsga yakun yasash – 5 daqiqa Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik tarqatma materiallar 1. Emotsiya, his tuyg’u so’zlarini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar iboralar keladi (Aqliy xujum) 2. Emotsiya, his tuyg’ularning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi fikrlar munozarasi 3x4 pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4ta kichik guruhlarga bo’linadi. Xar bir gurux uchun bir varaq qog’oz olinib, uning yuqori qismiga Emotsiya, his tuyg’ularning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda, bu fikrlar yozilgan qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga uzatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr bilan to’ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, xar bir qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach, guruxlar bu fikrlarni tahlil etib, guruxning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi. 216 3. Vaziyatga bog’liq bo’lgan xavotirlikni baholash darajasini o’rganish uchun testlar Vaziyatga bog’liq bo’lgan xavotirlikni baholash KO’RSATMA: «Ayni paytda o’zingizni qanday his qilayotganingizga qarab o’ngdagi raqamlardan birini belgilang» 1 O’zingizni erkin his qilayapsiz. 1 2 3 4 2 Asabiylashayapsiz 1 2 3 4 3 Asabiy zo’riqishni his qilayapsiz. 1 2 3 4 4 Mamnunsiz. 1 2 3 4 5 Tashvishdasiz. 1 2 3 4 Natijalarni qayta ishlash. 2 - nchi va 5 - nchi ta’kidlar ballari yig’indisidan 1, 3 va 4 - ta’kidlar ballari yig’indisini ayrib tashlab, 15 sonini qo’shing hamda natijani 4-ga ko’paytiring. 20—30 ball past darajadagi xavotirlanish; 31—45 ball o’rta darajadagi xavotirlanish; 46 va undan baland ball bo’lsa, yuqori darajadagi xavotirlanishni bildiradi. 4. Emosional xolatlar va ularning shakllari. Stress haqida tushuncha, uning ijobiy va salbiy oqibatlari. Xis-tuyg’ular va ularning turlari. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 4 ta kichik guruhga bo’linadi va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib, Ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi. Takdimot tayyorlash uchun 20 daqiqa va xar bir gurux taqdimoti uchun 4 daqiqadan Taqdimotlar muhokamasi uchun 4 daqiqa ajratiladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling