"psixologiya"


- guruh uchun tarqatma material


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175
Bog'liq
psixologiya

 
1- guruh uchun tarqatma material 
Tafakkurning turlari.
Tafakkur quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. Kurgazmali – harakat tafakkuri.
2. Kurgazmali – obrazli tafakkur.
3. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy tafakkur.
4. Konkret va abstrakt tafakkur.
Tafakkur
Yangiligiga 
ko’ra 
Xarakteriga 
ko’ra
Ijodiyligiga ko’ra 
Shakliga 
ko’ra 
Ko’rgazmali 
xarakat 
Ko’rgazmali 
obrazli 
Mantiqiy
Amaliy
Nazariy
Konvergent
Divergent
Reproduktiv
Produktiv
(ijodiy) 


213 
5. Ijodiy tafakkur.
Inson tomonidan bevosita Idrok kilinayotgan predmetlar emas, balki tasavvur 
kilinayotgan obrazlar hakida fikr yuritish kurgazmali – obrazli tafakkur deyiladi.
Bogcha yoshidagi bolalar ilmiy tushunchalarga ega bo’lmaganligi uchun 
bilish faoliyatida asosan kurgazmali – obrazlarga suyanib fikr yuritadilar,
muloxaza bildiradilar, xukm chikaradilar.
Ixtiyorsiz tafakkur deb mantikiy tafakkur yordamida ko’p Vaqtlar 
davomida xal kilinmagan akliy vazifalarning tusatdan, kutilmaganda xal kilinib 
kolishi prosessiga aytiladi.
Ixtiyoriy tafakkur jarayoni muloxaza, muxokama, isbotlash, gipoteza 
qilish kabi shakllarda kamoyon bo’ladi. Matematika, fizika, ximiya,
psixologiya va boshqa fanlardagi muammo va masalalarni yechish jarayonlari 
bunga yorqin misol bo’la oladi.
Abstrakt tafakkur narsalarning moxiyatini aks ettiruvchi va suzlarda 
ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir.
Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa va xodisalarni Idrok va tasavvur qilish 
mumkin bo’lsa, bunday tafakkur KONKRET tafakkur deyiladi.
Nazariy tafakkur deb xodisalarni izoxlashga faraz qilishga qaratilgan 
tafakkur turiga aytiladi.
Vokelikni uzgartirish vositasi bilan real narsa va xodisalarni yaratishga 
yunaltirilgan fikr yuritish amaliy tafakkur deyiladi. Amaliy tafakkur «Qanday 
qilib?», «Kaysi yo’l bilan?» kabi savollarga javob berish jarayonidir.
Konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta bo’lgandagi fikrlashni 
nazarda tutsa, divergent tafakkur — fikrning shunday turiki, u shaxsga bir 
muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo’lishini 
taqozo etadi. Aynan ana shunday ijodiy tafakkur divergent shaklda bo’lsa, u 
ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga asos bo’ladi.
Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib tadrijiy ravishda,
izchil uzaro boglangan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval savollar tugiladi,
vazifa aniqlanadi, masala yechish uchun savollarga javob kidiriladi. Ijodiy 
tafakkurning navbatdagi komponentlari quyidagicha aks ettiriladi: kuyilgan 
savollarga javob izlash, masalani yechishga yordam beradigan yo’llar, usullar,
vositalar, koidalar va kunikmalarni kidirish, ularni tanlash va faoliyatga tadbik 
qilish va boshqalar.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling