"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ehtiyojlar va ularning turlari.
A. Tashqi faollik — bu tashqaridan va o’z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida
bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik. B. Ichki faollik — bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi. 28 Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko’zlaridan oqqan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik — o’sha ko’z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan emosional holatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo’lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko’rsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi. 2. Ehtiyojlar va ularning turlari. Ehtiyoj turlari haqida Abraham Maslou konsepsiyasi. Olimlarning fikricha, har qanday motivasiyaning asosida ehtiyoj yotadi. Ehtiyoj – bu individning rivojlanishi va faol darajada o’zini namoyon qilishining sharoitlarga bog’liq bo’lgan omilidir. Ehtiyojlar quyidagicha farqlanadi: biologik; fiziologik; psixologik; ijtimoiy. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 1. Biologik ehtiyojlar — bu — fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari. 2. Ijtimoiy ehtiyojlar — bu — mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy- ma’naviy ehtiyojlar. Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo’ladi, ya’ni, ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, to’y marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi xashar bo’lsa-chi, bir burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo’lib, ochlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o’rgangan kishi oz-oz yeyishga o’rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so’rasa so’raydiki, lekin uyda o’zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog’liq narsa ekan-da. Abraham Maslou (Abraham Maslow) (1908-1970) – mashhur amerikalik psixolog, psixiatr va gumanistik psixologiya vakili bo’lib, u gumanistik 29 psixologiyaning asosiy g’oyalaridan saqlanib qolingan psixotahlil va bexiviorizm yo’nalishlarini o’zaro bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi “uchinchi kuch” atamasini kiritgan olimdir. A. Maslou “Sabablar va shaxs” (1954) kitobida o’ziga xos, noyob konsepsiyani taklif etgan bo’lib, unga ko’ra insonlar – ehtiyojlar, mayllar va qobiliyatlarning nasliy psixologik tizimiga ega bo’lib, ular odatda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladilar. A. Maslouning fikricha, sog’lom rivojlanish uchun bizning qobiliyatlarimizni faoliyatlarda amalga oshirish, ko’rsatish darkor, zero, psixik bo’zilishlarning alomati ana shu ichki imkoniyatlar, qobiliyatlarni tormozlash yoki shu qobiliyatlarni ro’yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo’ladi. A. Maslou mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasi chizmasini yaratgan bo’lib, bu unga ko’plab e’tirozlar va e’tiroflarni olib keldi. Unga ko’ra dastlabki shart, ya’ni asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan ehtiyojlardan (o’z-o’zini hurmat qilish va o’zini ro’yobga chiqarish) oldin qondirilishi kerakdir. O’zini o’zi ro’yobga chiqarishning aniq turlari inson xarakteriga bog’liq holda o’zgarib boradi. A. Maslou nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik darajasiga ishonqiramay qaradi. Ularning fikricha, tashqi chiroyiga qaramay, A. Maslou nazariyasi ilmiy asosga ega emas va dalil, isbotlar bilan qo’llab- quvvatlanmagan. A. Maslouning o’zi esa bu nazariyani eksperimental tomondan muvaffaqiyatli deya olmasa-da, lekin u ko’p odamlarning shaxsiy tajribalari bilan mos keladi va ularga hayot mazmunini anglashga yordam bergan, deb ta’kidlaydi. A. Maslou ehtiyojlar iyerarxiyasi bo’yicha bixevioristlardan birinchilardan bo’lib o’z ishlarida insoniy ehtiyojlarni qanchalik murakkab ekanligini va motivasiyaga ta’sirini yaratib beradi. 1940 yilda o’zining motivasiya nazariyasini yarata turib, A. Maslou shuni tan oladiki, insonlar turli xil ehtiyojlarga ega va bu ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkin. Shunday qilib, A. Maslou ehtiyojlarning iyerarxik modelini yaratgan (1- rasm). Uning tushunishicha, odamlar ehtiyojning ko’plab turlarini boshlaridan kechiradilar. Muallif ularni bir necha guruhga bo’lib tahlil qilgan: 1-rasm. A. Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling