"psixologiya"


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   175
Bog'liq
psixologiya

A. Tashqi faollik — bu tashqaridan va o’z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida 
bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz,
mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik.
B. Ichki faollik — bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish 
mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas 
olish, bosim o’zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik 
jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir 
ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi.


28 
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq 
ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning 
bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko’zlaridan oqqan 
sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik — o’sha ko’z yoshlarini keltirib 
chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayriliq 
muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok 
qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko’z 
bilan ilg’ab bo’lmaydigan emosional holatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu 
manzarani bevosita guvohi bo’lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko’rsak ham,
taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil 
etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib 
tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning 
jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati 
hisoblanadi.
2. Ehtiyojlar va ularning turlari. 
Ehtiyoj turlari haqida Abraham Maslou konsepsiyasi. Olimlarning fikricha,
har qanday motivasiyaning asosida ehtiyoj yotadi. Ehtiyoj – bu individning 
rivojlanishi va faol darajada o’zini namoyon qilishining sharoitlarga bog’liq 
bo’lgan omilidir. Ehtiyojlar quyidagicha farqlanadi: biologik; fiziologik; 
psixologik; ijtimoiy.
Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur 
qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish 
mumkin: 
1. 
Biologik ehtiyojlar — bu — fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu),
jinsiy, moslashuv ehtiyojlari.
2. 
Ijtimoiy ehtiyojlar — bu — mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy-
ma’naviy ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani 
unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan 
bo’ladi, ya’ni, ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar 
va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, eng tabiiy va 
tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u 
ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol 
uchun, to’y marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima 
uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu 
tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi xashar bo’lsa-chi, bir burda issiq non ham 
butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo’lib, ochlikni bilintirmaydi.
Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o’rgangan kishi oz-oz yeyishga o’rgansa,
yoshligidan normadan ortiq yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun 
ozdiruvchi dori-darmon so’rasa so’raydiki, lekin uyda o’zi yemishini nazorat 
qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila 
muhitiga bevosita bog’liq narsa ekan-da.
Abraham Maslou (Abraham Maslow) (1908-1970) – mashhur amerikalik 
psixolog, psixiatr va gumanistik psixologiya vakili bo’lib, u gumanistik 


29 
psixologiyaning asosiy g’oyalaridan saqlanib qolingan psixotahlil va 
bexiviorizm yo’nalishlarini o’zaro bir-biridan namoyishkorona ajratib turuvchi 
“uchinchi kuch” atamasini kiritgan olimdir.
A. Maslou “Sabablar va shaxs” (1954) kitobida o’ziga xos, noyob 
konsepsiyani taklif etgan bo’lib, unga ko’ra insonlar – ehtiyojlar, mayllar va 
qobiliyatlarning nasliy psixologik tizimiga ega bo’lib, ular odatda jamiyat 
ravnaqi uchun xizmat qiladilar.
A. Maslouning fikricha, sog’lom rivojlanish uchun bizning 
qobiliyatlarimizni faoliyatlarda amalga oshirish, ko’rsatish darkor, zero, psixik 
bo’zilishlarning alomati ana shu ichki imkoniyatlar, qobiliyatlarni tormozlash 
yoki shu qobiliyatlarni ro’yobga chiqarmaslik natijasida paydo bo’ladi.
A. Maslou mashhur ehtiyojlar iyerarxiyasi chizmasini yaratgan bo’lib, bu 
unga ko’plab e’tirozlar va e’tiroflarni olib keldi. Unga ko’ra dastlabki shart,
ya’ni asosiy fiziologik ehtiyojlar (ochlik, chanqoqlik) yuqori ustun hisoblangan 
ehtiyojlardan (o’z-o’zini hurmat qilish va o’zini ro’yobga chiqarish) oldin 
qondirilishi kerakdir. O’zini o’zi ro’yobga chiqarishning aniq turlari inson 
xarakteriga bog’liq holda o’zgarib boradi.
A. Maslou nazariyasining tanqidchilari uning fikrlaridagi validlik 
darajasiga ishonqiramay qaradi. Ularning fikricha, tashqi chiroyiga qaramay,
A. Maslou nazariyasi ilmiy asosga ega emas va dalil, isbotlar bilan qo’llab-
quvvatlanmagan. A. Maslouning o’zi esa bu nazariyani eksperimental 
tomondan muvaffaqiyatli deya olmasa-da, lekin u ko’p odamlarning shaxsiy 
tajribalari bilan mos keladi va ularga hayot mazmunini anglashga yordam 
bergan, deb ta’kidlaydi.
A. 
Maslou 
ehtiyojlar 
iyerarxiyasi 
bo’yicha 
bixevioristlardan 
birinchilardan bo’lib o’z ishlarida insoniy ehtiyojlarni qanchalik murakkab 
ekanligini va motivasiyaga ta’sirini yaratib beradi. 1940 yilda o’zining 
motivasiya nazariyasini yarata turib, A. Maslou shuni tan oladiki, insonlar turli 
xil ehtiyojlarga ega va bu ehtiyojlarni beshta asosiy toifaga ajratish mumkin.
Shunday qilib, A. Maslou ehtiyojlarning iyerarxik modelini yaratgan (1-
rasm). Uning tushunishicha, odamlar ehtiyojning ko’plab turlarini boshlaridan 
kechiradilar. Muallif ularni bir necha guruhga bo’lib tahlil qilgan: 
1-rasm. A. Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling