"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
O’zini nomoyon
qilish ehtiyoji Obru, xurmat ehtiyojlari Ijtimoiy mansublik ehtiyojlari Xavfsizlik ehtiyojlari Psixofiziologik ehtiyojlari 30 Psixofiziologik ehtiyojlar. Unga tashnalik, ochlik, dam olish, uy-joy, jinsiy aloqaga bo’lgan ehtiyojlar kiradi; xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyojlari – bu ehtiyojlar ma’lum bir guruhga xos bo’lib, unda insonlarning bir-birini tushunishi, sevgi munosabatlari, o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishimliligi, bog’liqligi, qo’llab-quvvatlashi kabilar kiradi. A. Maslou bu ehtiyojlarni o’sish ehtiyojlari sirasiga kiritadi; ijtimoiy mansublik ehtiyojlari – jamiyatda kerakligi va o’z o’rni bor ekanligini his qilish ehtiyoji. Rasmiy va norasmiy jamoalar, do’stlik rishtalari bunga yaqqol misol bo’ladi; Obro’, hurmat qozonish, o’zini ahamiyatli his etish ehtiyojlari – bunga o’zini o’zi hurmat qilish va tan olish ehtiyojlari kirib, bu ham o’sish ehtiyojiga taalluqlidir; o’zini namoyon etish, o’zidan iz qoldirish ehtiyojlari (yuksalish) – bu eng yuqori ehtiyoj pog’onasidir. Unda ahamiyatga molik, qadrlanadigan shart- sharoitlarda va rivolanishida insonning shaxs sifatida takomillashuvi nazarga olinadi. A. Maslouning ta’kidlashicha, insonning orzu va ehtiyojlari cheksizdir. Har bir inson bir marraga kelgandan so’ng darhol ikkinchi bir marrani mo’ljallay boshlaydi. “Maqsad – intilish – yetishish” jarayonini qayta-qaytadan takrorlanaveradi. Hamma yuqori ehtiyoj ko’rsatgichlari qat’iy iyerarxik to’zilishlar orqali amalga oshadi. A. Maslouning fikricha, ehtiyojning yuqori pog’onasi, qachonki ehtiyojning pastki pog’onasi (“fiziologik, xavfsizlik va himoya”) qondirilgandagina yuzaga chiqadi. Uning nazariyasi tashkilotlar boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etdi. Menejerlar ishchilar nima uchun ishlashni xohlashadi-yu, nega xohlashmaydi, degan narsani asta-sekinlik bilan tushunishadi. Ularga shu narsa ma’lum bo’ldiki, shaxsning ehtiyoj turlariga qarab motivasiyasi keng ko’lamda aniqlanadi. O’z qo’l ostidagilarni to’g’ri yo’naltira olishi, ularning muammolarini, ehtiyojlarini amalga oshirish yo’li bilan hal qilish mumkin. A. A. Maslou motivasiya nazariyasining klassik namoyandalaridan biri bo’lib qoldi. Muallifning fikricha, mazkur jarayonni, badiiy asar yaratish, sport bo’yicha muvaffaqiyatlarga erishish, hatto, ota-onalik burchining yaxshi ado etilishi misollarida ko’rish mumkin. O’zini o’zi ro’yobga chiqarilgach, shu jihat bilan bog’liq bo’lgan hayotiy kechinmalar oddiy holdek bo’lib tuyuladi. V. M. Karimova, B. T. Abdug’afforov, F. A. Akramovalarning fikricha, motivasiyalashgan tizim birligi – bu turtkidir. To’zilish jihatidan turtkilar ikki xil farqlanadi: “xohish-istakli” va “haqiqiy”. Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlarga tushadi. Ularning xulqida turli xil motivlar namoyon bo’ladi. Ko’pgina motivlar mehnat mobaynida shakllanadi. Odatda odamlarda mehnat qilish istagi foyda olish yoki foyda tushishi uchun xizmat qiladi, ya’ni shu orqali boshqalarga yordam beradi. 31 Motivlar anglangan yoki anglanmagan (qisman anglangan) bo’lishi mumkin. Birinchisida, ijtimoiy xulqning sabablari aniq, egasi uchun ravshan bo’lsa, ikkinchi holatda, amalga oshirilgan xulqning ichki psixologik sababi, ya’ni uning ortida turgan ehtiyoj, faollik mexanizmlari jarayonining o’zi anglanmaydi. Anglangan motivlar ijtimoiy xulqni o’rganishda katta ahamiyatga ega, chunki biz ko’pincha odamlar orasida, jamoat yerlarida, mehnat jamoasida o’zimizning nima sababdan aynan shu mavqyeni tanlaganimizni, aynan shunday qarorlarga kelganimizni, aynan shu odamlarni yoqtirayotgan yoki yoqtirmayotganimizni aniq bila olmaymiz. Bu holat ko’pincha ijtimoiy ustanovkalar orqali tushuntiriladi. Ijtimoiy ustanovka – u yoki bu guruhlarga nisbatan shaxsning baholari, harakat qilishga hozirligi va idrok usullaridir. Umuman tadbirkorning ijtimoiy xulq motivlari haqida gap ketganda, uning ikki elementini: harakat dasturi va maqsadni ajratish maqsadga muvofiq sanaladi. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi. Buning uchun ijtimoiy xulqning motivlari aniqlangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan, maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina tadbirkor ijtimoiy xulqi jamiyat me’yorlariga mos bo’ladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling