"psixologiya"


Liderlik va superliderlik


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175
Bog'liq
psixologiya

Liderlik va superliderlik. Amerikalik tadqiqotchi Linda Djuell o’zining 
«Industrialno-organizatsionnaya psixologiya» (2001 yil) kitobida ijtimoiy 
psixologik xodisalardan muhimi bo’lmish liderlik masalasiga o’zining o’ziga 
xos yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi 
talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko’rsatish uchun ochiq maydonlar yo’q bo’lgan 
sharoitda liderlik xislatlarining namoyon bo’lish xususiyatlarini ochishga 
urinadi. Uning fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng 
avvalo xodimlar rolini oshirib, liderlarnikini aksincha, pastlashtirish, yoki 
aniqrog’i, kamaytirish hisobiga ro’y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha 
bo’g’inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya’ni amerikaliklar rahbarni lider 
fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, vazifasi – guruhning samarali faoliyat 
ko’rsatish yo’llarini belgilab berishdir. 
Bu kitobda ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli bo’lgan 
tushunchadan biri bu – «superlider» tushunchasidir. Superlider kim va qachon 
oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mants va Simslarning 
fikricha, eng yaxshi lider – bu «superliderdir». Bu shunday shaxski, u o’z 
xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o’zlari uchun liderlarga 
aylantira oladi. Bundagi asosiy g’oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo 
o’zi uchun lider bo’la olsa, o’zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga 
etkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-saot etib keladiki, jamoa o’zi 
mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga 
muhtoj bo’lmagan mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir.
Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda 
kechadi (pr. ): 
I – o’zi uchun lider bo’lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o’zini o’zi 
kuzatish, o’zini o’zi rag’batlantirish , hayoliy repititsiyalar va kognitiv tahlillar 
orqali o’zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o’zida boshqalarga o’rnak 
bo’luvchi sifatlar borligini anglash; 
II – yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o’zgalarga namoyish etib
uning afzalliklariga ishontira olish; 
III – xodimlariga o’zlarida tashabbus va o’ziga ishonchni namoyon etish uchun 
sharoit yaratish; 
IV – mustaqil qobilyat egalari bo’lgan xodimlarni rag’batlantirish, kerak 
bo’lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish; 
V – o’z-o’zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va 
ishlarga xadeb aralashaverishdan o’zini tiyish. 
Demak, samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta’sirni amalga oshirishning 
eng namoyishkorona ko’rinishidir. Shu ma’noda, liderlik – avval shaxsning 
o’ziga, so’ngra o’zgalarga bera oladigan ta’sirida ko’rinadigan fazilatlar 
majmuidir, deb ta’riflanadi. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling