"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni reja asosida olib borish tamoyili.
- Xo’jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyili.
3. Boshqarish tamoyillari Boshqarish tamoyillari deganda ma’lum bir ijtimoiy -iqtisodiy sharoitlarda, boshqaruv amaliyotida ishlatiladigan asosiy qoidalar, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi tartib intizomlar, ahloqiy me’yorlarni tushunamiz.Boshqarish tamoyillari bir nechta bo’lib, ba’zi birlarini keltirishni o’zimizga o’rinli deb bildik. 71 Ishni reja asosida olib borish tamoyili.Bu tamoyil korxonadan tortib davlat darajasigacha hamma ishlar reja asosida olib borilishini nazarda tutadi. Har qanday korxona, tarmoq va vaholanki, eng rivojlangan davlatning ham imkoniyatlari cheklangan bo’ladi. Bu holat rejalash jara-yonida inobatga olinishi shart. Rejalangan mablag’larning rejalanmagan ishlarga yo’naltirilishi ajratilgan mablag’larning samaradorligini pasa-yishiga, chala ishlar, qurilishlarning ko’payishiga, ajratilgan kuch va imkoniyatlarni to’zishiga olib keladi. Ishni reja asosida olib borish tamoyiliga qat’iy rioya qilish amaliyotda katta ahamiyatga ega. Xo’jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyili. Bu tamoyil kerakli ashyoviy boyliklarni yuqori sifatda ishlab chiqarish, ko’rsatilgan yuqori sifatli har qanday xizmatlar uchun qilingan sarf-xarajatlar mi-nimum bo’lishi to’g’risida fikr yurgizadi.Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan har bir ishchi (xodim) daromadining maksimal bo’lishi tarafdoridir. Bu esa ishlab chiqarish jarayonida bo’layotgan sarf-xarajatlarni, chunonchi ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan chiqindilarni, yonilg’i, xom ashyo, issiqlik, elektroenergiya, suv va hokazolarni iqtisod qilishga da’vat qiladi. Ishlab chiqarishda bo’lgan sarf-xarajatlarni kamaytirish ishchi (xodim) laming oladigan ish xaqini, olinadigan mukofotlarni, ijtimoiy rivojlanish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, fan va texnika yutuqlarmi qo’llash uchun kerak bo’lgan mablagiarni oshirishga olib keladi, ya’ni korxonaning samaradorligini oshiradi. Xo’jalikni maqbul olib borish deganda, ishlab chiqarishda va bosh- qarishda zamonaviy fan va texnika yutuqlarini qo’llash ko’zda tutiladi. Masalan, ishlab chiqarishda, boshqarishda yangi texnologiyalar, iqti-sodiy-matematik modellashni, hisoblash texnika vositalarini, avtomat-lashtirilgan ishchi joylarini tatbiq qilish ko’zda tutiladi. Zamonaviy boshliq o’zining ish jarayonida xo’jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyiliga amal qilishi kerak. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling