"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarish usullarining mazmuni.
Tizimchanlik tamoyili.Bu tamoyil boshqaruvchi va boshqariluvchi
tizimchalarni ko’rsatgichlari bir-biri bilan bog’liq bo’lgan murakkab tizim holatida qarashni taqozo qiladi. Shajaraviylik tamoyili boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarga ko’p pog’onali shajara tarzida yondashishimizni tavsiya qiladi. Mos kelishlik tamoyili boshqaruvchi tizimchaning murakkabligi boshqariluvchi tizimchanikidan past bo’lmasligini ko’zda tutadi yoki oddiy ibora bilan aytganda, murakkab ishlab chiqarishga sodda boshqarish tizimini loyihalab bo’lmasligidan dalolat beradi. Qayta aloqa tamoyili boshqarish ta’siri natijasida obyektda bo’la-yotgan o’zgarishlar haqidagi axborot boshqaruv tizimiga vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi. Qayta aloqa ijobiy va salbiy boiib qaysi birini tanlashni boshqarav tizimini loyihalagan kishilar oldiga qo’yilgan maqsadlar hal qiladi. Xulosa qilib aytganda — boshqarishning hamma tamoyillari muhim bo’lib, turmush ularni amaliyotda qo’llashni taqozo etadi. O’z ishini boshqarish tamoyillari asosida olib borishlik rahbar uchun ahloq me’yori ekanligi amaliyot taqozosidir. Boshqarish usullarining mazmuni. Boshqarishning iqtisodiy usullari—mavjud Goriy) ijtimoiy tizimning obyektiv iqtisodiy manfaatini ko’zlagan holda xo’jalik yuritish usullaridir. Bu usullar tarkibiga rejalashtirish, narx-navoni shakllantirish va boshqa iqtisodiy ko’rsatgichlar kiradi. Amaliyotda xo’jalik yuritish jarayonida sharoitlar o’zgaradi.Sharoitlarning o’zgarishiga qarab, qo’yilgan maq-sadni inobatga olgan holda, xo’jalikni olib borish mexanizmini, jamiyatdagi mavjud qonunlarni buzmagan holda, o’zgartirish kerak. Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak: 1. Jamoatchilik manfaati, (qurilishlar, transport va hokazolar). 2. Tashkilot manfaati (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasi va hokazolar). 3. Shaxsiy manfaat, (malaka oshirish, ish haqi va boshqa daromad-lar). Jamiyatdagi ishlatiladigan richaglar uchchala manfaatlar bo’yicha ijobiy natijalarga olib kelishi kerak.Lekin, bu narsa doimo kuza-tilavermaydi, ya’ni ba’zida umumiy ko’rsatgichlar bajariladiyu, shaxsiy ko’rsatkichlar to’la inobatga olinmaydi.To’la xo’jalik hisobida ishlay-digan korxonalarda bu uchchala ko’rsatkich, daromadga bo’lingan holda inobatga olinishi kerak.Shaxsiy manfaat juda nozik narsa. Shuning uchun ham har bir ijrochiga rejaviy ko’rsatkichlar, molning narxi, daromad, ashyo sarfi va boshqa qiziqtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar etkazilishi kerak. Shunday bo’lganda, har bir xodimning faolligi, mas’uliyatligi keskin oshadi.Bu esa ishlab chiqarish hajmining, mol sifatining, daromadning, ish unumdorligining 75 oshishiga olib keladi.Har bir xodim ishning pirovard natijasini oshirishga da’vat qiluvchi kishiga aylanadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling